6 Adabiyot II qism 2017. p65
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Tog‘ay MUROD
(1948–2003) 1 2 4 Bu yozuvchining tarjimayi holi ham o‘z qahramonlariniki singari oddiyginadir. U janubiy viloyatlarimizdan bo‘lmish Surxondaryoning Denov tumaniga qarashli Xo‘jasoat qishlog‘ida 1948-yilda tug‘ildi. Qishloqdagi o‘rta maktabda o‘n yil o‘qigach, 1966–1972-yillarda hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti- da ta’lim oldi. Bu fakultet o‘sha yillari ko‘plab yosh iste’dodlar- ga o‘z ijodiy yo‘lini topishi, jiddiy asarlar yozib dastlabki mu- vaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishida muhim maktab rolini o‘ynagan edi. Fakultetdagi qaynoq, nisbatan erkin ijodiy muhit, o‘z davrining yirik shoir va yozuvchilari bilan tez-tez o‘tkazib turila- digan uchrashuv va muloqotlar, yotoqxonalarda to tongga qadar tugamaydigan she’riyat kechalari – bularning bari iste’dod g‘un- chalarining tez yetilishi, kamol topishida jiddiy turtki rolini o‘y- nardi. Ko‘p yosh ijodkorlarning respublika matbuotida muntazam qatnashishi ham ayni shu fakultetda o‘qib yurgan yillariga to‘g‘ri kelardi. Tog‘ay Murod esa talabalik paytidayoq o‘nlab hikoyalar yozgan bo‘lsa-da, ularni e’lon qilishga shoshilmas, o‘zidan, bilimlaridan ko‘ngli to‘lmasdi. U iloji boricha ko‘proq o‘qish, bu orqali faqat o‘zimizning ijodkorlarnigina emas, balki dunyoning eng zo‘r adiblari tajribalarini ham o‘zlashtirishni istardi. U shu niyatdan kelib chiqib, tirikchilikka yetarli maosh bera- digan qanday ish taklif qilinsa, o‘sha yerga borib ishlardi. Masa- lan, 1972–1976-yillarda respublika radiosining «Vatandoshlar» (xorijiy ellarga mo‘ljallangan) tahririyatida xizmat qilgan bo‘lsa, undan keyin «O‘zbekiston fizkulturachisi» gazetasida, 1982-yil- dan 1985-yilgacha esa «Fan va turmush» jurnalida xizmat qildi. Tog‘ay Murod o‘zining ijodiy rejalariga birovlarning aralashi- shini, unga ta’sir o‘tkazishga bo‘lgan urinishlarni hecham yoq- tirmas, shovqin-suronli davralardan o‘zini olib qochar edi. Butun fikri-zikri o‘qib-o‘rganish, tinimsiz ijodiy mehnat qilish bilan band bo‘lardi. Shu tufayli ham, yozuvchi sifatida xalqqa ancha tanilib qolgan bo‘lishiga qaramay, 1985–1987-yillar ichida Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida ham tahsil olib qaytdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling