6 Adabiyot II qism 2017. p65


Qissa janrida yetarli tajriba orttirgan Tog‘ay Murod


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/73
Sana08.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1659166
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Qissa janrida yetarli tajriba orttirgan Tog‘ay Murod
1993-yilda «Otamdan qolgan dalalar» nomli yirik
romanni yozib tugatadi. Bu roman o‘zbek xalqining
chor Rossiyasi va sho‘ro bosqini ostida o‘tgan hayotini
– yuz yildan ortiqroq tarixni o‘zida mujassam etgan.


1 2 7
Asarda bir oilaning uch avlodi hayoti misolida butun millat-
ning taqdiri juda ta’sirchan bo‘yoqlarda ifoda etiladi. Oqposh-
shoning asl niyatini anglamay, bosqinchilarning uyatli qiliqlari-
dan orlanib, tug‘ilib o‘sgan yerini tashlab ketgan Jamoliddin
ketmon XIX asrning oxiri – XX asrning boshlaridagi xalq vakili
edi. Nima qilib bo‘lsa-da, yurt tuprog‘ini bosqinchilardan toza-
lash niyatida qo‘liga qurol olgan Aqrab (Chayon) XX asrning
20-yillarida milliy istiqlol yo‘lida kurashgan bobolarimiz timsoli
sifatida ko‘rinadi. Ularning avlodi Dehqonqul esa o‘sha paytdagi
hukmron Moskvaning «paxta mustaqilligini ta’minlash» siyosati
qurboni – millionlab huquqsiz kolxozchilarning umumlashma
obrazidir.
«Otamdan qolgan dalalar» romani uchun Tog‘ay Murod
Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Aynan shu roman e’lon qilingach, adibga O‘zbekiston xalq
yozuvchisi unvoni berilgan. Bu asar asosida taniqli kinorejissor
Shuhrat Abbosov ikki qismli badiiy filmni suratga olgan.
Yuqorida Tog‘ay Murodning xorijiy adiblar kitoblarini chan-
qoqlik bilan mutolaa qilganini aytgandik. U o‘zi bahramand
bo‘lgan noyob asarlarga boshqalarni ham oshno etish umidida
bir qancha tarjimalar ustida ish olib bordi. Jumladan, E. Seton-
Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarini zo‘r muvaffaqiyat bilan
ona tilimizga o‘girdi.
Afsuski, iste’dodli yozuvchi Tog‘ay Murod ayni ijodiy kuch-
ga to‘lgan paytda – 55 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Uning ijod
stoli ustida tugallanmagan qator asarlarning, tarjimalarning
qo‘lyozmalari qoldi. Shunday bo‘lsa-da, yozuvchi yaratib, xalqi-
ga yetkazishga ulgurgan ajoyib asarlari bois uning nomi va ishi
kelgusi avlodlar qalbida ham aks sado berishi shubhasizdir.


1 2 8

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling