6-amaliy ish. Axborot xavfsizligi risklarini identifikatsiyalash Axborot xavfsizligi risklarini aniqlashning umumiy tavsifi
Download 39.19 Kb.
|
6. Axborot xavfsizligi risklarini identifikatsiyalash
6-AMALIY ISH. Axborot xavfsizligi risklarini identifikatsiyalash Axborot xavfsizligi risklarini aniqlashning umumiy tavsifi Kirish ma’lumotlari: О‘rnatilgan asosiy mezonlar, ishlash sohasi va chegaralari, axborot xavfsizligi risklarini boshqarish jarayonining strukturasi. Ish: Risklar identifikatsiya qilinishi, miqdor yoki sifat jihatdan tavsiflanishi kerak, tashkilotning tegishli maqsadlariga va risklarni baholash mezonlariga muvofiq, ustuvorliklar tayinlanishi kerak. Amalga oshirish bо‘yicha qо‘llanma: Risk nomaqbul voqea-hodisadan kelib chiqadigan oqibatlar va voqea-hodisa yuzaga kelishi ehtimolligi birikmasini о‘zida ifodalaydi. Risklarni aniqlash miqdor yoki sifat jihatdan risklarni tavsiflaydi va rahbarlarga qabul qilinadigan jiddiylikka yoki boshqa о‘rnatilgan mezonlarga kо‘ra ustuvorliklarga muvofiq risklarni joylashtirish imkoniyatini beradi. Riskni aniqlash quyidagi tadbirlardan iborat: - risklarni identifikatsiya qilish; - risklarni tahlil qilish; - baholash. Risklarni aniqlash axborot aktivlarining ahamiyatini belgilaydi, mavjud (yoki mavjud bо‘lishi mumkin) qо‘llaniladigan tahdidlar va zaifliklarni identifikatsiya qiladi, mavjud boshqarish vositalarini va ularning identifikatsiya qilingan risklarga ta’sirini identifikatsiya qiladi, potensial oqibatlarni aniqlaydi va nihoyat, ustuvorliklarga muvofiq, muayyan risklarni joylashtiradi va kontekstni о‘rnatishda aniqlangan risklarni baholash mezonlari bо‘yicha ularni tasniflaydi. Riskni aniqlash kо‘pincha ikki ( yoki undan kо‘p) iteratsiyadan foydalanib о‘tkaziladi. Dastlab, keyinchalik baholashni kafolatlaydigan potensial yuqori risklarni identifikatsiya qilish uchun yuqori darajali aniqlash о‘tkaziladi. Navbatdagi iteratsiya boshlang‘ich iteratsiyada aniqlangan potensial yuqori risklarni yanada chuqurroq qarab chiqishni ichiga olishi mumkin. Ushbu ishlar risklarni baholash uchun yetarli axborot bermagan hollarda, boshqa usuldan foydalangan holda va risklarning ta’sir qilish sohasining ma’lum qismlarigagina tatbiqan, yanada batafsilroq tahlil о‘tkaziladi. Risklarni aniqlashning maqsad va vazifalari asosida risklarni aniqlashga о‘z yondashuvini tanlash tashkilotning о‘ziga bog‘liq. Axborot xavfsizligi risklarini aniqlash usullari YE ilovada keltirilgan. Chiqish ma’lumotlari: Risklarni baholash mezonlariga kо‘ra ustuvorliklarga muvofiq joylashtirilgan aniqlangan risklar rо‘yxati. Download 39.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling