6 Amaliy ish Mavzu: Topografik kartalarning generalizatsiyasini o`rganish


Download 16.67 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi16.67 Kb.
#1472603
Bog'liq
6-amaliy UGKLVT


6 - Amaliy ish
Mavzu: Topografik kartalarning generalizatsiyasini o`rganish
Men taxlil qilayotgan topografik karta
1. Qirg’oq chiziqlari: qirg’oq oldi zonalarining tavsiflanish tamoyillari turli masshtabli xaritalarda tasvirlanadigan tabiiy ob’yektlarning o’lchamlari (mm hisobida); qirg’oq chiziqlarini umumlashtirish yo’llari (ba’zi qismlarini tashlab yuborish, egri – bugri chiziqlarni umumlashtirib, yiriklashtirish va h.k.);

2. Gidrografik tarmoqlar: daryo tarmoqlari tarkibiy tuzilmasi, ko’l - daryo tarmoqlari, hududning ko’llar bilan ta’minlanganligi; o’lchamlari bo’yicha daryo va ko’llarni tanlash (sm, mm hisobida); generalizatsiya jarayonida geografik tamoyillarga amal qilinishi: suv oqimlarining tasvirlanishi, gidrografik va orografik egri – bugrilikning o’ziga xosligi, daryolar quyilish joylarining tavsifi va h.k.; antropogen tip tavsiflari; kemalar qatnovi, suv oqimlarini boshqarish va h.k.; lokal ob’yektlarning xususiyatlarini va miqdorli ko’rsatkichlarini alohida qismlari bo’yicha ifodalash;


3. Relyef:asosiy gorizontallar kesim balandligining o’zgarishi, qo’shimcha va yordamchi gorizontallardan foydalanish zaruriyati; relyefning alohida shakllari tasvirining detalliligi va ularga tegishli shartli belgilarni joylashtirish yo’llari; relyefning asosiy mikro –, makro – va mezo – shakllarini tasvirlash;
4. O’simlik va tuproq – grunt qoplami (tabiiy va antropogen komplekslar) shartli belgilari bilan birgalikda hududning landshaft xususiyatlarini alohida qismlari bo’yicha ifodalash;
5. Har xil masshtabli xaritalarda aholi punktlarining tasnif ko’rsatkichlarini batafsil tasvirlash; aholi punktlarining tashqi konturlari va ularning tashqi tuzilish strukturasini alohida qismlari bo’yicha detallashgan tarzda ko’rsatish; alohida uylar va ko’chalarni tasvirlash orqali planlashtirish zonalariga o’tish; aholi punktlarini tasvirlashda punsonlar va konturning umumlashtirilgan belgilarini kiritish; har xil masshtabli xaritalarda aholi punktlarini tanlash (ba’zi aholi punktlarini tashlab yuborish, tasvirlash me’yorlari bo’yicha misollar keltirish); aholi punktlarining tabiiy yoki antropogen ob’yektlarga nisbatan bog’liq holda joylashishini tasvirlash;
6. Yo’l tarmoqlari: har xil masshtabli xaritalarda yo’l tarmoqlari va ularning qismlarini tasvirlash aniqligi; joyning antropogen o’zlashtirilishi va tabiati bilan bog’liq holda yo’llarni tanlash; aholi punktlariga yetib borishning qulaylik darajasi, yo’llar bilan joyning alohida sirtlari o’rtasidagi bog’liqliklarni ifodalash;
7. Ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’yektlarni maqsadga muvofiq tanlash; har xil masshtabli xaritalarda ushbu ob’yektlarga tegishli shartli belgilarni joylashtirishning o’ziga xosligi;
8. Har xil masshtabli xaritalarda joy tasvirining generalizatsiya qilinishi alohida elementlari bo’yicha o’rganib chiqishda tanlab olish, umumlashtirish, bo’rttirib ko’rsatish, maqsadli joylashtirish va h.k. usullardan foydalanishga alohida e’tiborni qaratish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda, har xil masshtabli xaritalarda umumiy holatni joyni tasvirlashda aniqlilik, alohida qismlar bo’yicha batafsillik va geografik jihatdan tabiatga o’xshashlikni baholash amalga oshiriladi. Ishni bajarish bo’yicha misollar keltiriladi.
Quyidagi jadvalda generalizatsiyaga uchragan ob’yektlarni to’ldiring
Topografik kartalarda generalizatsiya



Nuqtali obyektlar

Chiziqli obyektlar

Arealli obyektlar

Masshtab










Mazmun










Maqsad










Joyning o’ziga xos xususiyati










Download 16.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling