TASHKILIY HUJJATLARGA QUYIDAGILAR KIRADI: Guvohnoma,
yo‘riqnoma, nizom-ustav, shartnoma.
GUVOHNOMA
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy
maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining
qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi
masalalarni aks ettiradi.
Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shuningdеk,
biror ishga oid vakolatini ko‘rsatuvchi hujjatdir. Uning ikki turi bor: lavozimi
ko‘rsatilgan guvohnoma va xizmat safari guvohnomasi.
Xizmat guvohnomasi davlat va xo‘jalik organlariga, mahalliy davlat
hokimiyati organlari xodimlariga beriladi. Ushbu hujjat xodimning shaxsi va
lavozimini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Xizmat guvohnomasi xodimning pasporti o‘rnini bosmaydi
Xizmat guvohnomasi 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
Quyidagi hollarda:
-xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
-xodimning lavozimi o‘zgarganda;
-xizmat guvohnomasi yaroqsizlanganda;
-xizmat guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda almashtiriladi;
Xizmat guvohnomasi blankasini to‘ldirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organi, mahalliy davlat hokimiyati organining nomi, guvohnoma egasining
familiyasi, ismi va otasining ismi, tarkibiy bo‘linma nomi, hisobga olish raqami,
amal qilish muddati, guvohnomani imzolagan rahbarning lavozimi hamda ismi va
otasining ismi bosh harflari va “lavozimdan bo‘shaganda qaytarilishi kerak” degan
ogohlantiruvchi yozuv mavjud bo‘lishi majburiy talabdir. Matn gorizontal holatda
joylashtiriladi.
Xizmat guvohnomalari blankalari kompyuterdan foydalangan holda,
lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qaror (farmoyish, buyruq va shu kabilar) va
xodimning pasporti asosida to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |