6-Amaliy mashg’ulot Fiziologik akustika va uning elementlari Ishdan maqsad


Download 68.45 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi68.45 Kb.
#253016
1   2   3   4
Bog'liq
6-amaliy mashg’ulot

L = 10tg


Formula bilan aniqlash mumkin bo‘lib, mazkur kattalik tovush qattiqligi darajasi deyiladi. Uning o‘lchov birligi fon deb ataladi (baozan disibel deb ham yuritiladi).

Eshitilish diagrammasi eng keng joyida intensivlik 1012 marta o‘zgarsa-da, tovushning qattiqlik darajasi o‘zgarishi L=120 fonga teng. Chastota 100 Gs bo‘lganda eshitish bo‘sag’asi Io =10-12 Vt/m2 bo‘lib, maksimal qattiqlik darajasi L=80 fonga teng bo‘ladi.

Shunday qilib, tovushning qattiqlik darajasi muayyan chastotadagi tovush intensivligi ana shu chastotadagi eshitish bo‘sag’asidan necha marta ortiq ekanini ko‘rsatadi.

5-jadvalda baozi tovushlarning balandliklari va intensivliklari ko‘rsatilgan (1000 Gs uchun).

Tovushning oboyektiv xarakteristikasi bo‘lgan chastotaga tovush tonining yuksakligi deb ataladaigan sub’ektiv xarakteristika mos keladi. Tovush murakkab bo‘lmasa, uning yuksakligi miqdor ji’atdan baholash mumkin: chastota qancha yuqori bo‘lsa, tovush shunchalik yuksak bo‘ladi. Tovush murakkab bo‘lganda esa uning yuksakligini faqat sifat jiqatdangina baholash mumkin. Chunki tovush manbalari bir emas, bir qator chastotadagi tovushni chiqarib, energiya har xil chastotadagi tebranishlar orasida ma’lum tarzda taqsimlangan bo‘ladi. Muayyan chastotadagi tebranishga boshqa chastotalardagi tebranishlarga qaraganda ancha ko‘p energiya to‘g’ri kelsa, mazkur chastota asosiy chastota hisoblanib, tovushning yuksakligi ana shu chastota bilan belgilanadi.

Nihoyat murakkab spektral tarkibiga tembr deb ataladigan sub’ektiv xarakteristika mos kelib, uni miqdor jihatdan baholab bo‘lmaydi.


2-jadval





L, dB

I Vt/m2

Eshitish bo‘sag’asi

Pichirlash

Qattiq gapirish

Orkestr tovushi

Og’riq bo‘sag’asi


0

20

70



100

130


10-12

10-10

10-5

10-2

10

Bir xil tongdagi tovush chiqaradigan turli musika asboblari tembrlari bilan farq qiladi. Shunday qilib, tovushning tembri uning garmonik spektri bilan belgilanib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini xarakterlaydi. Masalan, royal bilan g’ijjak tovushini bir-biridan osongina ajratish mumkin, chunki ular turlicha obertonlarga ega bo‘lib, garmonik spektrlari har xil.

Tovushning tembrini aniqlash uchun uni garmonik tashqil etuvchilarga ajratish, ya’ni tovushning spektrini aniklash kerak.

Odam qulog’ining ajoyib xususiyatlaridan biri shuki, u tovushning yuksakligi va amplitudasini sezadi, lekin murakkab tovushdagi fazalar siljishini sezmaydi. Bu xususiyat Om tomonidan kashf qilingan.

Tovushning bu xususiyatini konsert zalida o‘tirgan tinglovchilardan turli musiqa asboblarigacha bo‘lgan masofalar har xil bo‘lishiga qaramay, tovushlarning hamma tinglovchilar tomonidan bir xil his qilinishida ko‘rish mumkin.

Kishining qulog’i bo‘lgan tovush manbaining kishiga nisbatan qanday yo‘nalishda joylashganini aniqlash imkonini beradi. Bu ’odisa binaural effekt deyiladi.

Tovush manbaining o‘rnini ungacha bo‘lgan masofa va vertikal hamda gorizontal tekisliklardagi burchaklar bilan aniqlanadi. Gorizontal tekislikda kishi burchakni 30 gacha aniqlikda sezishi mumkin. Vertikal tekislikdagi burchak va manbagacha bo‘lgan mosafa nisbatan ancha noaniq his qilinadi.

Muayyan unli tovushni chiqarganda (u qanday chastotada aytilishiga qaramay), uning spektrida albatta shunday bir yoki ikkita chastota bo‘ladiki, past tonlardan yuqori tonlarga o‘tganda ular deyarli o‘zgarmaydi. Bu chastotalar mazkur unli tovushning formantlari deyiladi. har bir unli tovush o‘zining formantlariga ega bo‘ladi.

Biror (masalan, 33 ayl/min) tezlikda tovush yozilgan gramm plastinkani kattaroq (masalan, 45 ayl/min) tezlikda aylantirilganda hamma chastotalar, jumladan unli tovushlarning formantlari ham (keltirilgan misolda 1,35 marta) ortadi. Mazkur o‘zgarish uncha katta bo‘lmaganda alohida tovushlar biroz yuksakroq eshitilsada, lekin nutqni tushunsa bo‘ladi.

Plastinkani yanada tezroq (masalan, 78 ayl/min tezlik bilan) aylantirilsa, hamma tonlarning yuksakligi ortishi bilan birga, nutqni umuman tushunib bo‘lmay koladi,chunki formantlarning chastotalari juda kuchli o‘zgarganidan, bir xil unli tovushlar boshqa unliga aylanadi.

Kishi nutqidagi tovushlarning hosil bo‘lishi juda ham murakkab jarayon hisoblanadi: gapirayotganda biz beixtiyor tomog’imizdagi tovush paychalari holatini o‘zgartirib, ular orqali havo chiqaramiz.

Og’iz bo‘shlig’iga chiqayotgan havo oqimi unda avtotebranishlarni hosil qiladi. Og’iz bo‘shlig’ining xususiy chastotalaritil, tish, lab hamda tanglay holatiga bog’liq bo‘ladi. Og’iz bo‘shlig’ida tovush rezonansi sodir bo‘lib, kuchli tovush chiqadi.





Download 68.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling