6-Amaliy mashg`ulot Internet xizmatlari bilan ishlash. (2-soat) Reja: Ijtimoiy aloqa tarmoqlari va ularning boshlang`ich ta`lim y o`nalishidagi o’rni


Ziyonet ta’lim portali imkoniyatlaridan foydalanish


Download 27.24 Kb.
bet2/2
Sana08.02.2023
Hajmi27.24 Kb.
#1178686
1   2
Bog'liq
6 amaliy

Ziyonet ta’lim portali imkoniyatlaridan foydalanish.
Imkoniyatlar
ZiyoNET jamoat ta'lim tarmog'i 2005 yil hukumat qarorlariga muvofiq tashkil topgan. ZiyoNET tarmog'ining asosiy maqsadi ta'lim tizimida respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilarning bilim olish jarayonida axborot-kommunikasiya xizmatlarini tadbiq etishdir.

ZiyoNET tarmog'i Resurs markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


 Ta'lim muassasalarini ulash monitoringi;
 Veb-texnologiyalar orqali axborot resurslardan keng qamrovda va xavfsiz foydalanish;
 Axborot-ta'lim resurslarini birlashtiradigan texnologik maydonchani tuzish va rivojlantirish;
 Yoshlarni, o'qituvchilarni ta'lim muassasalari va ta'lim sohasiga bog'liq yoki qiziqqan boshqa ijtimoiy qatlamlarni o'zaro birlashtiradigan virtual jamiyatni yaratish.

Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega loyihalar uchun xosting


Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarning Uznetda qatnashishi maqsadida, ZiyoNET tarmog'ining resurs markazi tomonidan ta'lim muassasalari va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyixalar uchun bepul xosting xizmati taqdim etiladi.
Batafsil ma'lumotni bu yerda ko'rishingiz mumkin.
Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyixalar uchun xosting taqdim etish bo'yicha savollarga javoblar forumning maxsus bo'limida mavjud..

ZiyoNETdagi satellit-saytlarining yaratilishi


Yoshlarning, o'quvchilarning va manfaatdor shaxslarning orasida AKT dan foydalanish malakalarini rivojlantirish imkoniyatini taqdim etish uchun bepul sayt-satellitlar yaratish imkoniyati amalga oshirilgan.
Satellit-saytlar – Wordpress platforma bazasida domenning uchinchi darajasida foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan turli mavzu yo'nalishidagi saytlardir.
ZiyoNETda satellit-saytini yaratish bo'yicha savol-javoblar forumning maxsus bo'limida mavjud..

Ta'lim muassasalarini ZiyoNET tarmog'iga ulash bo'yicha savollar

Hukumat qarorlariga muvofiq barcha ta'lim muassasalari (ulanish ob'ektlari) ZiyoNET yagona axborot-ta'lim tarmog'ida birlashishlari, ya'ni ZiyoNET tarmog'iga birlashish dasturi doirasida internetga ulanishlari shart.


UZINFOCOM Markazining ZiyoNET axborot resurs markazi Tender komissiyasining ishchi guruhi vazifasini ham o'z zimmasiga olgan holda, provayderlar hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, o'quv muassasalarining internet tarmog'iga ulanishining monitoringini amalga oshiradi.
Tarmoqqa ulanish bo'yicha savollarni bu yerda o'qishingiz mumkin.
Ko'plab so'ralgan savollarga javoblar «Yordam» bo'limida ham mavjud.
Download 27.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling