6-amaliy mashg`ulot kitob muqovasini yaratish. Ishning maqsadi
Download 308.69 Kb. Pdf ko'rish
|
6-AMALIY ISH
Loklash
Tashrifnomalar va boshqa matbaa mahsulotlari uchun lok bilan qoplash yoki UF-loklash texnologiyasi ko’plab qo’llanish topdi.UF-ya’ni ultrabinafshali loklashda [UF-lok] eruvchan akril smolalaridan foydalaniladi, qaysiki ultrabinafsha nurlari ta’sirida qattiq holga keladi. Bunday loklash an’anaviy usullarga nisbatan ofsetli izlarga alohida sifat beradi. Bu UF-loklashning an’anaviy usullarga nisbatan ofsetli izlarga alohida sifat beradi. Bu UF-loklashning an’anaviy loklash usullariga qaraganda (moyli, suvli, organik loklar) noyob xususiyatlari bilan bog’liqdir. UF-loklashning afzalliklari quyidagilardan iborat: - Chiroyli effekt; - Tez onda qurishi; - Lokni yuqori chidamliligi; - Yanada ko’proq effekt berish uchun tanlab loklashni qo’llash imkoniyati; Ushbu alohida effektlariga ko’ra loklash tez-tez VIP-tashrifnomalar, etiketkalar, qadoqlar, kitob-jurnal va bukletlar tayyorlashda qo’llanilmoqda. Bizning zamonamizda sovg’a qadoqlari, paketlar, kalendarlar va otkritkalarga bo’rtma tasvirlar, rasmlar berish moda tusini oldi. Ularning bosib ishlash yordamida bajarilishi mumkin. Bosma bosishdan keyingi jarayonlardan oxirgisi – bosib tasvirlar hosil qilish usulini ko’rib chiqamiz. Bosib tasvir tushirish – qog’oz, karton yuzasi fakturasini press yordamida bo’rtma, ezma yoki shaffof rasm tushirilishidan iborat, bu qadoq yoki etiketkani e’tiborni o’ziga tortish xususiyatini oshirish uchun bajariladi. Jarayon qizdirish orqali bosim ostida, ba’zida esa folga va bosma bo’yoqdan foydalanilgan holda ketadi. Bosib tasvir tushirishning bir necha usullari mavjud. Folga orqali bosib tasvir tushirish – bu bo’yoqli muqova folgasini qog’ozga (kartonga) maxsus apparatlar (shtamp) yordamida biriktirishdan iborat. Rasm botiq bo’lib chiqadi. Kongre bosib tasvir tushirish – relyefli (botiq) tasvirni bo’yoq va folgasiz qalin qog’oz va kartonda material qismini qizigan shtamp va kontrshtamp o’rtasida ezish orqali hosil qilinishidan iborat. Muqova qoplamalarida, qadoqlar, etiketkalar, otkritkalarda qo’llaniladi. Blintli tasvir bosib tushirish (nem. Blint – ko’r) – muqova qoplamalari, muqova ustida silliq yuzali izlar olish maqsadida shtamplar yordamida (teksturali qog’oz charmda) bajariladi. Shtamp muqovalangan materialni bosib tasvir tushiriluvchi joyida chuqurlashtirgan holda va uning fakturasini o’zgartira borib silliqlaydi, shunga ko’ra folga yoki muqovaga oid bo’yoqlar bilan bosishdan iborat bosib tasvir tushirishga qo’shimcha sifatida foydalaniluvchi tasvir hosil bo’ladi. Soddalashtirilgan ornamental va hatto syujetli tasvirlarning ramkalari, taxtachalari uchun ketidan folga yoki bo’yoqlar orqali silliqlangan fakturaga bosib tasvir tushirish uchun qo’llaniladi. Mamlakatimizda keng qo’llanish topmagan, bosib tasvir tushirishning teskari tomondan qizdirish, gologrammalarni presslash, teksturalash kabi boshqa uslublari mavjud. Shunday qilib, biz poligraf jarayonlar bilan tanishib chiqdik, uning bosqichlari va bosish usullarini ko’rib chiqdik, bosmaxonalarda foydalaniluvchi atamalarni bilib oldik. Endi to’liq ma’suliyat va tushungan holda maket yaratishga kirishamiz. Uni qanday amalga oshirish, qanday ranglar va shriftlarni tanlash, benuqson kompozitsiyani qanday yaratish to’g’risida hamda “Bosish usullarining sifati nimalarga bog’liq?”, “Qanday to’g’ri tanlov qilish mumkin?” kabi savollar yechimiga 3 bobda so’z yuritiladi. Jild va muqova xillari va qurilmasi GOST 22240 jildning xillarini belgilab bergan. Ular qurilmasi (jildlar esa shuningdek kitob taхlami bilan mahkamlanish usuli bo‘yicha), koreshogining ko‘rinishi, jiyaklarning ЬОГ yoki yo‘qligi va burchaklarining ko‘rinishiga qarab farqlanadi. Bundan tashqari, ular o‘z tartib soni va rnmiga ega (1, 2, 3-rasmlar). 2-rasm. 7 muqovaning tayyorlanishi 1- xil - mindirib yopilgan jild; 2-xil - oddiy yopilgan jild; 3-xil - tashlamli yopilgan jild; 4-xil - koreshogi o‘ralgan tarkibli jild; 5-xil - tarkibli muqova; 6-xil - yaхlit muqova; 7-xil - yaхlit qoplamali muqova; 8-xil - tavaqasi va koreshogi alohida yopilgan muqova; 9-xil - tavaqasi alohida yopilgan va o‘ralgan koreshokli muqova. 2- xil - oddiy yopilgan jild. Bu хildan kichik va o‘rtacha ishlab chiqarish korхonalarida qalinligi Tb>14 mm, Sb>224 bet bo‘lgan guruhdagi har хil nashrlarda ishlataladi, yirik korхonalarda esa, qalinligi bo‘yicha II guruhga mansub nashrlarni TeM va daftarlab ipda tikilgan taxlamlarda keng foydalaniladi. Bu хildagi jild koreshokka surtilgan yelim bilan taxlamga yopishtiriladi. Taxlamning katta qalinligi yelimlanish sifatining yetarli darajada bo‘lishini ta’minlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling