6-amaliy mashg`ulot kitob muqovasini yaratish. Ishning maqsadi
Download 308.69 Kb. Pdf ko'rish
|
6-AMALIY ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg`ulotni olib borish uchun
- Umumiy ma’lumotlar Broshyuralash
6-AMALIY MASHG`ULOT KITOB MUQOVASINI YARATISH. Ishning maqsadi: Qattiq va yumshoq muqovalarni, integral muqovalarni tayyorlash, ularning tarkibiy qismlarini tahlil qilish. Amaliy mashg`ulotni olib borish uchun: zamonaviy kompyuter texnologiyalari va dasturlaridan foydalanish kerak bo`ladi. (Tayyor muqova jild, karton, qaychi, kley, doka va boshq) Ishning bajarilish tartibi: 1. Kerakli dizayn dasturlaridan foydalanib muqovalarni dizayn qilish 2. Qattiq muqova detallarini tayyorlash. 3. Turli qoplama materiallar bilan 7 tip muqova tayyorlash. 4. Muqova sifatini tahlil qilish. 5. Ish bo’yicha hisobot yozish. Umumiy ma’lumotlar Broshyuralash Broshyuralash (fra. Brocher – tikish, mahkamlash) bosib chiqarilgan varaqlarni bosma mahsulotlar: muqovali jurnallar, broshyuralar, ko’psahifali bukletlar, bloknotlar va kitoblarni mahkamlash va ularga ishlov berishdan iborat. 1-rasm. Broshyuralash va muqovalash Jarayonning o’zi quyidagicha: buklangan daftarlarga alohida bosilgan tasvirlar, vkleykalar, jadvallar qo’shiladi, shundan so’ng blok jamlanadi – daftarlarni to’g’ri ketma-ketlikda olinadi; ushbu jarayon qo’lda yoki varaq teruvchi va tikuvchi mashinalarda bajariladi. Broshyuralashni to’g’ri bajarilishiga nashrning butun ko’rinishi bog’liq, agar jarayonda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, tiraj buziladi. Blokka birlashtirilgan daftarlar ip tikuvchi yoki sim tikuvchi mashinalarda tikiladi yoki yelimlanadi (tikishsiz mahkamlash usuli), so’ng muqova yopishtiriladi va blokni uch tomonidan qirqiladi. Agar varaqlar muqovalashga tayyorlanadigan bo’lsa, u holda broshyuralash daftarlar mahkamlanishi, tubi, tikilgan joyi yelimlanishidan va uch tomondan qirqilgandan so’ng tugallanadi. Broshyuralashning bir necha usullari mavjud: yelimli, tikishsiz mahkamlash, skobalar orqali broshyuralash (bunday usulda yig’ilgan blokning avvaldan tayyorlangan egilish chizig’iga metall skobalar o’rnatiladi, maktab daftarlari birlashtiriluvchi skobachalarga o’xshash), sahifama-sahifa broshyuralash, tutash ichki beti bilan broshyuralash (yoki egarsimon). Choy qadog’ida buklov chizig’ini ezib hosil qilish kontur bo’ylab shtamp orqali zarb berish orqali bajariladi. Zarb orqali ezish figurali otkritkalar (sigaret pachkalari, qandolat mahsulotlari uchun), qadoqlar yasashda, figurali tuynuklar ochishda, jurnallardagi reklama ilovalarda qo’llaniladi. Oxirgi vaqtda ushbu usul VIP-tashrifnomalari Download 308.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling