2-Amaliy mashg’ulot Mavzu: tizimli blokning asosiy qurilmalarining ishlash prinsipi. Mashgʻulotning maqsadi
Download 1.77 Mb.
|
2-Amaliy ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZARIY QISM
- Tizimli plata
- Eskirgan standartlar quyidagilar
- Zamonaviy standartlar quyidagilar
2-Amaliy mashg’ulot Mavzu: TIZIMLI BLOKNING ASOSIY QURILMALARINING ISHLASH PRINSIPI. Mashgʻulotning maqsadi: Tizimli blokning tashkil etuvchi qurilmalarining ishlash prinsipi bilan tanishish, ko‘chma va ko‘chmas ShKlarning tizimli platalaridagi asosiy farqlarni ajrata olish ko’nikmalarini xosil qilish. NAZARIY QISM Tizimli blok kamida quyidagi qurilmalardan tashkil topgan bo‘ladi: (30–rasm) Korpus; Elektr ta’minoti bloki; Tizimli plata; Mikroprotsessor va uni sovutuvchi kuler; Asosiy ichki xotiralar; “Vinchester” turidagi tashqi xotira. Ulardan tashqari, tizimli blok ichida optik CD va DVD disklarni o‘qiydigan va ularga ma’lumot yozadigan qurilmalar, shuningdek, tovush platasi, video va tarmoq platalari joylashgan bo‘lishi mumkin. Tizimli blok tashkil etuvchilari Tizimli plata (ingliz tilida. System board) – ba’zida asosiy, bosh plata (main board) yoki ona plata (mother board) deb ataluvchi ko‘p qatlamli qurilma. Aynan ona plata bir – biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi Ona plataning asosiy komponentlari Ona plataning form faktori – bu ona plataning hajmi, mahkamlash joylari, protsessorning qay tartibda o‘rnatilishini aniqlovchi standart. (42–rasm.) Tizimli platalar asosiy formfaktorlari Quyida tizimli plataning nisbatan keng tarqalgan standartlari va ularning ba’zilari keltirlgan. Eskirgan standartlar quyidagilar: Baby – AT; AT to‘liq o‘lchamli platasi; LPX; WTX (hozirgi vaqtda ishlab chiqarilmaydi); ITX (flex – ATX ning turlaridan biri, ishlab chiqarilmagan). Zamonaviy standartlar quyidagilar: ATX; Micro – ATX; Flex – ATX; Mini – ITX (flex – ATX ning turlaridan biri); NLX. Tizimli plataning ko‘rinishlari Mashhur ona plata ishlab chiqaruvchi kompaniyalar: Asus, Gigabyte, MSI, Intel, Biostar, Elitegroup, ASRock. Shaxsiy kompyuterlar elektr ta’minoti manbalari (ETM) 220V/110V li o‘zgaruvchan kuchlanishdan ta’minlanadi. Chiqish kuchlanishlari esa ±5 va ±12V kuchlanishli kanallarga bo‘linadi. Elektr ta’minoti manbalari barcha kanallari quvvatlari yig‘indisi 1500 V gacha bo‘lishi mumkin. Elektr ta’minoti bloki Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling