2-Amaliy mashg’ulot Mavzu: tizimli blokning asosiy qurilmalarining ishlash prinsipi. Mashgʻulotning maqsadi


Download 1.77 Mb.
bet2/4
Sana06.10.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1694042
1   2   3   4
Bog'liq
2-Amaliy ish 1

Mikroprotsessor (ingliz tilida – Central Processing Unit (CPU) – markaziy protsessor) deb ham ataladi. Yuqorida aytilgandek, kompyuterning eng asosiy qurilmasi mikroprotsessor bo‘lib, mazkur qurilmada axborotlarga ishlov berishdagi barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi, xotira bilan bog‘lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.


BIOS ning asosiy vazifasi – tizimli plataga ulangan qurilmalarni kompyuter yoqilishi bilan initsializatsiya qilish (aniqlash)dir. BIOS qurilmalarning ishga yaroqligini tekshiradi, ishlash parametrlarini (masalan, mikroprotsessor shinasining chastotasini) belgilaydi, shundan keyingina operatsion tizim yuklatuvchisini topib, boshqaruvni operatsion tizimga uzatadi.
Tezkor xotira. (ingliz. Random Access Memory (RAM)) – tanlov bo‘yicha ixtiyoriy kirishli xotira, chunki undagi istalgan adresli uyachaga to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘tish imkoniyati mavjud. Tezkor xotira – kompyuterni elektr manbasiga bog‘liq bo‘lgan xotirasi hisoblanadi. Tezkor xotira foydalanilayotgan dastur hamda unda qayta ishlanayotgan ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan, ya’ni tezkor xotirada joriy vaqtda ishlov berilayotgan axborot saqlanadi.

Doimiy xotira – (ingliz. Read onli memory (ROM)) – faqat o‘qish uchun xotira. Doimiy xotira o‘zgarmas ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Kompyuterda har safar uning ishga tushishida kerak bo‘luvchi ma’lumotlar saqlanishi zarur. “Vinchester” asosiy platada shleyf orqali ATA (IDE), SATA ulanish nuqtalariga bog‘lanadi.



Videoprotsessor platasi – (ingliz tilida Graphics adapter), – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta’minlab beruvchi plata.

Tovush platasi – (ingliz tilida Sound Adapter ya’ni
adapter – moslashtiruvchi) – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audio axborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma.

Tarmoq platasi – Tarmoq platasining vazifasi asosiy plata bilan tashqi qurilma (kabel, HUB yoki Switch) o‘rtasidagi vositachi, ya’ni kelayotgan signalni qabul qilib asosiy plataga o‘tkazish yoki aksincha asosiy platadan chiqayotgan signalni tashqariga uzatish uchun xizmat qiladi.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling