1.Nazariy ma’lumotlarni o’rganish.
2.Topshiriqni bajarish.
3.Xisobot tayyorlash.
Nazariy savollarga javob berish
9-Amaliy mashg’uloti
Mavzu: OTda xotira bilan ishlash
Ishdan maqsad: Operatsion tizimning xotirani boshqarish
Xotirani boshqarish.
Kompyuter tizimi bosh asosiy masalasi-dasturni
boshqarishdir.
Dasturlar va ularning
murojaat qiladigan malumotlari
,
bajarilish
jarayonida operativ xotirada (xech bo`lmasa qisman) joylashgan bo’lishi shart.
Operatsion tizimga xotirani, foydalanuvchi jarayonlari
va ОТ komponentalari
orasida taqsimlashga to'g`ri keladi. Operatsion tizimning bu faoliyati xotirani
boshqarish deyiladi.
Shunday qilib
, xotira (storage memory) sinchiklab boshqarishni
talab etadigan resursdir. Yaqin kunlargacha xotira eng qimmat resurs xisoblangan.
Operatsion tizimning xotirani boshqaradigan qismi xotira menejeri deyiladi.
Kompyuter xotirasini flzik tuzilishi (tashkil etilishi). Kompyuterning xotira
qurilmasi ikki turga: asosiy (bosh xotira. tezkor xotira. fizik xotira) va ikkilamchi
(ichki xotira) xotiraga bo’linadi.
Asosiy xotira bir baytli tartiblangan yacheyka massiviga ega bo’lib.
har bir
yacheyka o’zining adresiga (nomeriga) ega. Protsessor buyruqlami
asosiy xotiradan
oladi
, qayta ishlaydi va bajaradi. Buyruqlarni bajarishda asosiy xotiraning bir nechta
yacheykalariga murojaat qilishga to'gri keladi. Odatda asosiy xotira yarim
o’tkazgichli texnologiya asosida tayyorlanadi shuning uchun xotiradagi ma'lumotlar
elektr manbasidan uzilgandan so'ng o'chib ketadi.
Ikkilamchi xotira (bu asosan disklardir) bu chiziqli birlik adresga ega bo'lgan
joy va ularni ketma-ket joylashgan baytlar taslikil qiladi.
Ikkilamchi xotiraning
tezkor xotiradan farqi shundaki, u alohida energiyaga
katta hajmga va samarali
foydalanish imkoniyatiga ega. Xar xil ko'rinishdagi xotiralar ierarxiyaga
murojaat
vaqti kamayib borishi
, sig`imi oshishi tarzida birlashishi mumkin.
Ko`p bosqichli sxemalar quyidagicha ishlatiladi. Ma`lumotlar
odatda
xotiraning yuuqaori sathlaridan qidiriladi. Agar u yerdan topilmasa, ma`lumotlar
katta nomerli satxlarda ham saqlanadi. Shu sababli
u keying sathdan qidira
boshlaydi. Agar kearkli ma`lumotni topsa uni yuqori satxga yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: