oqimni dasturchi boshqaradi. Ammo bu bog`lanish dasturchi vaqtini yo`qotadi. Shu
sababli bu ishni OTga yuklashga harakat qilinadi.
Mantiqiy xotira – xotirani yacheykali chiziqli to`plami ko`rinishida apparat
tashkil etish dasturchining dastur va ma`lumotlar saqlanishi ko`rinishi
haqidagi
tasavvuri bilan mos kelmaydi. Ko`pgina dasturlar bir-biriga bog`liq bo`lmagan
holda yaratilgan modullardan tashkil topgan.
Ba`zan jarayon tarkibiga kiruvchi hamma
modullar xotirada ketma-ket
joylashadi va chiziqli addresslar maydonini tashkil qiladi. Biroq ko`pincha modullar
xotiraning turli joylarida joylashtiriladi va turlicha foydalaniladi.
Mantiqiy adressning fizik address bilan bog`lanishi
dastur operatorning
bajarilishigacha yoki bajarilish vaqtida amalga oshirilishi shart.
Bu holda
ko`rsatmalarni va ma`lumotlarni xotiraga bog`lash quyidagi qadamlar bo`yicha
amalga oshiriladi.
•
Kompilatsiya
bosqichi
•
Yuklash bosqichi
•
Bajarilish boshqichi
Xotiraning boshqaruv tizimi funksiyasi:
Xotiradan samarali foydalanishni ta’minlash uchun
operatsion tizim quyidagi
funksiyalarni bajarishi lozim.
Fizik xotirani aniq bir sohasida jarayon adreslar to`plamini aks ettirish:
Qarana-qarshi jarayonlar o`rtasida xotirani taqsimlash.
Do'stlaringiz bilan baham: