6-amaliy mashg`ulot Mavzu: Sarfni o`lchash vositalarining montajiga tegishli variantlarni o`rganish Ishdan maqsad
Download 129.11 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy mashg`ulot
6-amaliy mashg`ulot Mavzu: Sarfni o`lchash vositalarining montajiga tegishli variantlarni o`rganish Ishdan maqsad: Sarfni o`lchash vositalarining montajiga tegishli variantlarni o`rganish Nazariy qism Suyuqlik va gazlarning sarflarini tez, aniq va ekspress nazorat qilib borish doimo dolzarb bo’lib kelgan. Sarflarni o’lchashda ko’p usullar mavjud bo’lib, biz gaz, ifloslangan, tez kristallanadigan va agressiv suyuqliklarni o’lchashda ishlatiladigan usul va qurilmalarni ko’rib chiqaylik. Gaz va agressiv suyuqliklarni o’lchashda quyidagi usullardan foydalaniladi: 1.Ulьtratovushli sarf o’lchagichlar; 2.Optoelektron nazorat usullari: a. Integral soya usuli; b. Skanerlovchi soya usuli; c. Yorug’likni o’tkazuvchi skanerlash usuli; d. Nurni qaytishga asoslangan integral usul.; e. Ko’p parametrli usullar; 3.Radiatsiali nazorat usullari: a. Radiografik usul; b. Radioskopik usul. c. Radiometrik usul; d. Ionizatsion sarf o’lchagichlar. Ifloslangan, tez kristallanadigan va agressiv suyuqliklar, tez o’zgaruvchan va pul’slanuvchi oqimlar, ayniqsa, elektr o’tkazmaydigan suyuqliklar sarfini o’lchashda, induktsion sarf o’lchagichlarni ishlatib bo’lmagan hollarda, ulьtratovushli qurilmalardan foydalaniladi. Sarf o’lchashning ulьtratovushli usuli trubaga nisbatan ulьtratovush tezligining oqim tezligiga bog’liqligiga asoslangan. Tovush to’lqinining harakatdagi muhitda tarqalishida tovushning manbadan qabul qiluvchi qurilmaga yetib borish tezligi, faqat tezligi bilan bog’liq bo’ladi. Sarf o’lchashning ulьtratovushli printsipi shunga asoslangan. Agar tovush to’lqini oqim yo’nalishida harakat qilsa, ularning tezligi qo’shiladi, tovush oqimga qarshi yo’nalsa, tezliklar ayirmasi topiladi. Ulьtratovushning oqim bo’yicha va unga qarshi yo’nalishdagi tezligining farqi, oqim tezligiga, binobarin, oqayotgan suyuqlik sarfiga proportsional. Ulьtratovushli sarf o’lchagichlarning ishlash printsipi quyidagilarga asoslangan: ulьtratovushning oqim bo’ylab va unga qarshi yo’nalishdagi vaqt tafovutini o’lchash; 2) ulьtratovush tebranishlarining oqim bo’ylab va unga qarshi yo’nalishdagi tebranishlari fazalarining siljishini o’lchash; 3) avtotebranishlar sxemasi vujudga keltirgan va shu bilan birga oqim bo’ylab, hamda unga qarshi yo’nalishda hosil qilingan ulьtratovush tebranishlari chastotasining ayirmasini o’lchash. 1.1-rasm. Ulьtratovushli sarf o’lchagichlardan birining tuzilish sxemasi 1.1- rasmda ko’rsatilgan. Bu asbob ikki kanalli fazaviy sxema bo’yicha ishlaydi. Ulьtratovushli sarf o’lchagichlari quyidagi asosiy qismlardan iborat: UTG – ul’tratovush generatorining ta’minlash manbai, NO’2 – nurlanuvchi o’zgartirgichlar; QP1 va QP2 – qabul qiluvchi P’ezoo’zgartirgichlar; FQ- faza o’zgartiruvchi qurilma, fazaviy siljishlarni o’zgartirgichlar kanali asimmetriyasi yo’li bilan bartaraf etadi; K – elektron kuchaytirgich va O’A- o’lchash asbobi. O’lchash asbobi sarf birligida darajalanadi. Ulьtratovush Impul’slari truboprovod o’qiga shunday burchakda yuboriladiki, ularning bir kanaldagi yo’nalishi oqim yo’nalishiga mos kelsin, ikkinchi kanaldagi yo’nalishi esa, oqimga qarshi boradi. Suyuqlik harakatsiz bo’lgan paytda, Impul’sni D masofaga uzatish vaqti: = , Ca D bu yerda, - Impul’sni uzatish vaqti, s; Sa - suyuqlikdagi tovushning tarqalish tezligi, m/s. Agar suyuqlik tezlikda harakat qilsa, yo’nalishdagi tovushning tarqalish tezlik komponenti sos kabi ifodalanadi. Impulьsning nurlanuvchi manbalar orasidagi oqim yo’nalishida tarqalishi: 1 = ; cos V C D a oqimga qarshi yo’nalishda tarqalishi; 2 = ; cos V C D a ikkala kanaldagi chastotalar farqi: , cos D - chastotalar farqi, Gts: - suyuqlikda to’lqinlarning tarqalish burchagi. SHunday qilib, suyuqlik harakatining tezligini ko’rsatuvchi chastotalar farqi shu tezlikka bog’liq. Ulьtratovushli sarf o’lchagichlarni ishlatish, sarfni kontaksiz o’lchashni ta’minlaydi va boshqa usullarni qo’llab bo’lmagan hollarda foydalaniladi. Murakkabligi tufayli bu asboblar keng tarqalmagan. Ularning katta kamchiliklari: asbob ko’rsatishiga o’lchanayotgan muhitning fizika- ximiyaviy xossalarining o’zgarishi, hamda muhitning temperaturasi ulьtratovush tezligiga ta’sir etadi. Download 129.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling