6-amaliy mashg’ulot mavzu: yer. Yerning shakli. Yerning oʻz oʻqi atrofida va quyosh atrofida aylanishi reja


Download 15.95 Kb.
Sana17.01.2023
Hajmi15.95 Kb.
#1097460
Bog'liq
6-amaliy mashg`ulot


6-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: YER. YERNING SHAKLI. YERNING OʻZ OʻQI ATROFIDA VA QUYOSH ATROFIDA AYLANISHI
REJA:
1. Yerning Quyosh atrofida aylanishi.
2. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi.
Adabiyotlar:
1. Sharipova D., Xodjayeva D. Shirinov M. Tabiatshunoslik va uni oʻqitish metodikasi. – T., 2018.
2. Nuritdinova M. Tabiatshunoslik oʻqitish metodikasi. –T.: “Oʻqituvchi”, 2005.
3. Sayfullayev G’.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -350 bet.
4. Sayfullayev G’.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -254 bet..
5. Olloqova Oʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. Buxoro: “Durdona”, 2021. -162 bet.

Odamlar juda qadim zamonlardanoq Quyosh har kuni ma'lum vaqtda sharqdan chiqib, g‘arb tomonga botishini bilib olganlar. Quyosh chiqib, botgunga qadar oʻtgan vaqtkunduzi, botgandan chiqqunicha oʻtgan vaqt esa kechasi deyiladi. Bir kecha bilan bir kunduz sutka deb ataladi. Yer bir sutkada, ya’ni 24 soat (aslida 23 soat 56 daqiqa va 4 soniya) da oʻz oʻqi atrofida g‘arbdan sharqqa tomon bir marotaba aylanib chiqadi. Kecha bilan kunduzning almashinib turishini oʻzingiz bemalol tajriba qilib koʻrishingiz mumkin. Buning uchun kechqurun qorong‘uda koptok yoki sharni olasiz. Ularni chiroq yonida tutib tursangiz, yarmiga nur tushib yorug‘ koʻrinadi, yarmi esa qorong‘u boʻladi.


Agar sharni sekin aylantirsangiz yorug‘ va qorong‘u tomonlari almashinadi. Yerda kecha bilan kunduzi ham xuddi shunday almashinadi. Chunki Quyosh nuri ham Yerni bir vaqtning oʻzida hamma tomonini yorita olmaydi.
Yer aylanish oʻqining Yer yuzi bilan tutashgan ikki nuqtasi Yerning qutblari deb ataladi. Yer qutblari ikkita – Shimoliy va Janubiy qutblar. Yer yuzida qutblardan barobar uzoqlikda oʻtkazilgan aylana chiziq ekvator deb ataladi. Ekvator Yerni ikkita yarim sharga – Shimoliy va Janubiy yarimsharlarga ajratib turadi.
Shimoliy qutb bilan Janubiy qutbni tutashtiruvchi Yer yuzasidan oʻtkazilgan yarim aylana chiziqlar meridianlar deyiladi. Yer ekvatoriga parallel qilib chizilgan aylana chiziqlar esa parallellar deb yuritiladi. Ekvatordan qutblarga oʻtgan sari parallellarning uzunligi qisqarib boradi.
Yer Quyosh sistemasidagi sayyoralardan biri boʻlib, Quyoshga yaqin-uzoqligiga koʻra Merkuriy va Venera sayyoralaridan keyin uchinchi oʻrinda turadi. Quyosh bilan Yer oralig‘i oʻrta hisobida 149 mln km. Soatiga 1000 km tezlikda uchadigan samolyot bu masofani 17 yilda bosib oʻtadi. Raketa Quyoshga 5 oyda “yetib boradi”.
Yerning shakli dumaloq, shar koʻrinishida. Oʻrtacha diametrining uzunligi 12750 km, aylanasi esa 40 000 km dan ortiqroq. Yerning qutblari salgina siqiqroq. Uning qutb radiusi ekvator radiusi dan 21 km qisqa.
Odamlar Yerning kichraytirilgan shaklini yasashgan. U globus deb ataladi. Globusda materiklar, okeanlar, orollar, yarimorollar, umuman butun Yer yuzasi kichraytirilgan holda tasvirlangan boʻladi. Globuslarda ekvator, meridianlar, parallellar chizib qoʻyiladi. Birinchi globusni buyuk bobokolonimiz Abu Rayhon Beruniy yasagan.
Globus va xaritalardan kerakli nuqta qanday topiladi? Globus va xaritalarda chizilgan parallel va meridianlar Yer yuzini toʻrga oʻxshab qoplab oladi. Bu toʻr daraja toʻri deyiladi. Daraja toʻri yordamida Yer yuzidagi xohlagan nuqtaning oʻrnini aniqlash mumkin. Bunga geografik kenglik va uzunliklar yordam beradi.
Geografik kenglik deb, meridianning ekvatordan berilgan nuqtagacha boʻlgan qismi yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi. Globus yoki xaritadagi istagan nuqtaning kengligini aniqlash uchun qaysi parallelda joylashganini bilish zarur. Masalan, Toshkent 40° va 50° parallellar oralig‘ida, aniqrog‘i 41° parallelda, Suvaysh kanali 30°, Kiyev esa 50° parallelda joylashgan. Bu parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli ularning kengligi shimoliy kenglik deyiladi. Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalarning kengligi esa janubiy kenglik deb belgilanadi. Lekin, har bir parallelda bitta nuqta emas, juda koʻp nuqtalar bor. Shuning uchun globus va xaritadagi kerakli nuqtaning oʻrnini aniqlashda kenglikni bilishning oʻzi kamlik qiladi. Buning uchun geografik uzunlikni aniqlash zarur.


Savol va toshiriqlar
1. Yerning oʻz oʻqi va Quyosh atrofida aylanishini tajribada oʻtkazib koʻring.
2. Yerning oʻz oʻqi va Quyosh atrofida aylanishiga doir videorolik tayyorlang.
3. Yerning oʻz oʻqi va Quyosh atrofida aylanishidan qanday voqea sodir boʻladi?
Download 15.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling