Yer yuzidagi biror joyni, uning o’rnini, xarita yoki globusdan
Download 13.86 Kb.
|
Hujjat (6)
Yer yuzidagi biror joyni, uning o’rnini, xarita yoki globusdan qanday topish mumkin? Bolalar, siz shaxmat, shashka taxtasini bilasiz. Undagi har bir katakning o’rni harf va raqamlar bilan belgilab qo‘yilgan. Bu harf va raqamlar yordamida kerakli katakni osongina topib olasiz. Agar sizlar geografik xarita va globusga e ’tibor berib qarasangiz, ularning katakchalar bilan qoplanganini ko’rasiz. Ular meridian va parallel chiziqlarining kesishishidan hosil bo‘lgan. Xarita va globuslarni qoplagan katakchalarni bir-biridan ajratib turgan chiziqlar to‘ri daraja (gradus) to‘ri deyiladi. Daraja to’ri yordamida Yer yuzidagi har bir shahar, tog‘ cho‘qqisi, daryo boshlanadigan, quyiladigan joylarni, okean va dengizlardagi orollar o‘rnini aniqlash mumkin. Globus va xaritalardagi parallel chiziqlar geografik kenglikni bildiradi. Geografik kenglik deb ekvatordan berilgan nuqtagacha bo‘lgan m eridian yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi. Ekvator chizig‘i 0° kenglik deb qabul qilingan. Qutblar kengligi esa 90° deb olingan. Globus yoki xaritadagi istalgan nuqtaning geografik kengligini aniqlash uchun uning qaysi parallelda joylashganini bilish zarur. Ekvatordan shimolda bulsa shimoliy kenglik deyiladi Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalar (joylar)ning kengligi esa janubiy kenglik deb belgilanadi. Lekin har bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko‘p nuqtalar bor. Shuning uchun globus va xaritalardagi kerakli nuqtaning o‘rnini aniqlashda geografik kenglikni bilishning o ‘zi yetarli emas. Buning uchun geografik uzunlikni aniqlash ham zarur. Geografik uzunlik deb Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo‘lgan parallel yoyining daraja (gradus) hisobidagi uzunligiga aytiladi. London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan o ‘tgan meridian Bosh meridian deb qabul qilingan. Geografik uzunlik shu meridiandan parallellar bo‘ylab sharq va g‘arb tomonlarga daraja (gradus) hisobidagi birlikda hisoblab boriladi. Geografik uzunlik 0° dan 180° gacha hisoblanadi. 0° li (Bosh) meridiandan g ‘arb tomondagi nuqtalar g ‘arbiy uzunlik, sharq tomondagilari sharqiy uzunlik deyiladi. Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning geog ra fik koordinatasi deb ataladi. Masalan, Toshkentning geografik koordinatasi 41° shimoliy kenglik va 69° sharqiy uzunlikni tashkil etadi. Hozirgi kunda geografik koordinatalar Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida ishlovchi zamonaviy asboblar, jumladan GPS navigatorlar yordamida ham aniqlanmoqda. Download 13.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling