6-Amaliy mashg’ulot
Download 28.74 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars vazifasi
- Umumiy ma’lumot
- Dorivor o’simliklar turlarining sistematik tahlili
6-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Nafas yo’llari, yurak qon-tomir, asab kasalliklari, jigar va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladigan dorivor o’simliklarning sistematik tahlili va tarqalishi Dars maqsadi: Talabalar dorivor o’simliklar to’g’risidagi maruza darsida olgan dorivor o’simliklar turlarini sistematik tahlil qilish to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish. Talabalarda darsga bo’lgan qiziqish hissini kuchaytirish. Dars vazifasi: Dorivor o’simliklar turlarini sistematik tahlil qilishni o’rganish. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: suhbat, “Vertushka”, guruhlar. Dars jihozlari – O’zbekiston o’simliklari aniqlagichi, dorivor o’simliklar lugo’ati, gerbariy, dorivor o’simliklarning rangli rasmlari, lupa. Dars jarayonining mazmuni: Umumiy ma’lumot: Dorivor o’simliklar fanini asosiy qismi ni o’simliklardan olinadigan dorivor mahsulotlar hamda ularni o’rganish va tahlil (analiz) qilish tashkil qiladi. Fan dasturi va rejasiga binoan o’rganiladigan dorivor o’simliklar ro’yxati ancha katta va ular tarkibi turli kimyoviy birikmalardan tashkil topgan (asosiy ta’sir etuvchi moddalar va boshkalar). Shu sababli dorivor o’simliklarni sinflarga bo’lib o’rganiladi. Dorivor o’simliklarni sinflarga bo’lishda turli omillar asos qilib olingan: ularning morfologik tuzilishi (yer ustki qismi , bargi, guli, mevasi, yer ostki organlari va boshqalar), dorivor mahsulotlarning farmakologik ta’siri, dorivor mahsulot tarkibidagi ayrim birikmalarning xossalari (masalan, saponinlarning turgo’un ko’pik hosil qilishi) va boshqalar. Natijada dorivor o’simliklarning botanik, farmakologik va kimyoviy tasniflari — klassifikatsiyalari bo’lgan va shu asosida ular o’rganilgan. Dorivor o’simliklarning botanik tasnifi quyidagi jadvalda berilgan. Dorivor o’simliklar turlarining sistematik tahlili
Download 28.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling