6-Amaliy mashg‘ulot
Download 18.73 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-mavzu. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni aniqlash va hisobga olish
6-Amaliy mashg‘ulot Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizom Ishdan maqsad - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1997 yil 6 iyunda tasdiqlangan 286-qarori bilan «Ishlab chiqarishda baxtsiz va ishlovchilar sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi boshqa hodisalarni taftish qilish bo‘yicha nizomi» bilan tanishish hamda oddiy va og‘ir baxtsiz hodisalarni taftish qilish bo‘yicha malaka hosil qilish. 5.1.Umumiy tushunchalar. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning va kasbiy kasalliklarning sabablarini aniqlash muammosi mehnat muhofazasining asosiy masalalaridan biri hisoblanadi, chunki jarohatlar va kasbiy kasalliklar odamga va jamiyatimizga katta ijtimoiy va iqgisodiy zarar keltiradi. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa —bu o‘z lavozim vazifalarini yoki ish beruvchining buyurgan ishini bajarish vaqtida ishlovchiga havfli omilning ta’sir qilish voqeasidir. Baxtsiz hodisalar kasbiy kasallik yoki zaharlanish ko‘rinishida xam bo‘lishi mumkin. Kasbiy kasalliklar - ishlovchiga shu ish uchun harakterli bo‘lgan zararli ishlab chiqarish omili, ayrim a’zolarning zo‘riqishi va og‘ir ishlarning organizmga salbiy ta’siri tufayli kelib chiqadigan kasalliklardir. Xususiy hol sifatida kasbiy zaharlanishni misol keltirish mumkin. Ular o‘tkir va surunkali turlarga bo‘linadi. Jarohat - tashqi ta’sir natijasida kishi to‘qimalari va a’zolarining shikastlanishidir. Ish vazifasini bajarish vaqtida olingan jarohatlar ishlab chiqarish jarohatlari deb ataladi. Ishlab chiqarish jarohatlari mexanik, issiqlik, kimyoviy, elektrik, aralash turlariga bo‘linadi. Odam organizmiga rentgen, elektromagnit va boshqa nurlanishlarning salbiy ta’sirlari ham bo‘lishi mumkin. Baxtsiz hodisalarga olib keluvchi sabablar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: tashkiliy; texnik; texnologik sanitariya-gigienik; psixofiziologik. Jarohatlar kelib chiqishi bo‘yicha ishlab chiqarish bilan, ish bilan bog‘liq va maishiy turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarohatlarga korxona hududida yoki undan tashqarida lavozim vazifasini bajarish vaqtida hamda korxona transportida ishga yoki ishdan ketayotganda sodir bo‘lgan baxtsiz xodisalar kiradi. Ish bilan bog‘liq jarohatlarga esa, ishga jamoat transportida, shaxsiy transport vositasida yoki yayov ketayotgan hollarda hamda korxona hududida lavozim vazifasidan boshqa ishlarni bajarish hollarida yuz bergan baxtsiz hodisalar kiradi. Ish bilan bog‘liq jarohatlar ixtiyoriy formadagi dalolatnoma yozib, ikkita guvohga imzo chektirish bilan rasmiylashtiriladi va vaqtinchalik ishga qobiliyatini yo‘qotganligi uchun ish stajidan qatiy nazar ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan 100% haq to‘lanadi, lekin bu jarohatlar korxona iqtisodiy faoliyatiga ta’sir qilmaydi. Boshqacha aytganda, korxona bu jarohatlar uchun javob bermaydi. Bularga misol tariqasida alkogol yoki narkotik moddalar bilan mast bo‘lish, mehnat intizomini buzish, o‘z shaxsiy maqsadida ishlar qilayotganda va boshqa sh.o‘. hollarda jarohatlanish. Jarohatlar og‘irligi bo‘yicha quyilagicha tavsiflanadi: mikrojarohatlar, ish qobiliyatini yo‘qotmaydi; mehnat qobiliyatini bir kundan ortiq muddatga yo‘qotish bilan bog‘liq jarohatlar; og‘ir baxtsiz hodisalar (o‘lim bilan tugagan yoki bir guruh, ikki va undan ortiq odamlar bilan sodir bo‘lgan jarohatlar. Bu jarohatlar alohida taftish qilinadi). Nizomga binoan ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan barcha baxtsiz hodisalar, og‘irligidan qatiy nazar, taftash qilinadi. Taftish qilishdan asosiy maqsad - baxtsiz hodisaning haqiqiy sababini aniqlash va shunga o‘xshash hodisalar qayta takrorlanmasligi uchun aniq tadbirlar ishlab chiqishdir. Baxtsiz hodisalarni taftish qilish uch sutka davomida tugatilishi va N-1 formasida dalolatnoma yozilishi kerak va u korxonada 45 yil saqlanishi kerak. Nizom korxonaga boshqa tashkilotdan vaqtincha ishlashga yuborilgan, ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan talaba va o‘quvchilar, guruhli va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarni taftish qilishga alohida ahamiyat berilishi kerakligini ta’kidlaydi. 5.2.Ishni bajarish tartibi va hisobot tayyorlash. I. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni taftish qilish va hisobga olish Nizomini o‘rganish va nazorat savollariga yozma javob berish (1-ilova). 2. N-1 formasi bo‘yicha dalolatnoma to‘ldirish va o‘qituvchi bergan 2-ilovadagi 15 ta hodisadan birini taftish qilish. Etishmaydigan raqamlarni o‘zingiz mustaqil qabul qiling. To‘ldirilgan N-1 formasidagi dalolatnoma va baxtsiz hodisaning matni pastda keltirilgan. Og‘ir baxtsiz hodisalarni taftish qilish va hujjatlarini rasmiylashtirish o‘qituvchi ko‘rsatmasiga binoan 2-3 talabaga berilishi mumkin. Baxtsiz hodisani taftish qilish misolini ko‘rib chiqamiz. 1-voqea. 1999 yil 28-oktyabrda O‘zbekiston paxta tozalash zavodi qoshida joylashgan paxta qabul qilish punktida ishchilar A. Ibragimov va K. Pirmatovlar transportyorni yangi joyga ko‘chirishayotgan ekan. Buning uchun ular transportyorda joylashgan tugmani bosib elektrodvigatelni o‘chirishdi. Lskin elektrodvigatelni tok bilan ta’minlovchi to‘rt polyusli shtepsel vilkasi razetkadan uzib qo‘yilmagan edi. Transportyorni ko‘chirish vaqtida kabel taranglashib ixota qatlami transportyor qobig‘i oldida yorilib, kuchlanish qobiqqa tegdi va natijada ikki fazali qisqa tutashuv sodir bo‘ldi. Buning natijasida ishchi Pirmatov elektr zarba oldi va chap qo‘li barmoqlari ikkinchi darajali kuyish oldi. Uni vrachlar 5 kunga ishdan ozod qilishdi. Ikkala ishchi havfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomani 1999 yil 10 aprelda olishgan edi. Baxtsiz hodisani taftish qilish davomida kabel nol simi elektrodvigatel korpusiga ulanmaganligi ma’lum bo‘ldi. Paxta qabul qilish punkti mudiri Mamatovning ko‘rsatmasi. «Punkt elektr uskunalarini elektromontyor S. Saidov boshqarar edi. U hozir armiya safida xizmat qilayapti. Menimcha, u kabelning nol simini ulamagan, shuning uchun baxtsiz hodisa ro‘y bergan. SHu bilan birga javobgarlik o‘sha paytda paxta zavodi elektr xo‘jaligi muxandis-elektrigi bo‘lib ishlagan M. Qurbonovning ham zimmasida. Biroq u bundan bir yarim yil muqaddam ishdan bo‘shab ketgan, qaerda yashashi noma’lum. Hozir paxta zavodi bosh energetigi N. Latipovga bunday mas’uliyatsiz-likning qaytarilmasligi uchun elektromontyorlar orasida tushuntirish ishlari olib borishni tavsiya qilish kerak». Paxta zavodi mehnat muhofazasi muxandisi M. Nazarovning fikri: «Ko‘chma uskunalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilayotganda ta’minlovchi qayishqoq kabelni tok manbaidan uzib qo‘yish kerak, uskunaning o‘zini o‘chirib qo‘yish etarli emas. Jabrlanuvchilar bu talabni bajarmaganlar. Sababi ularga oxirgi marta olti yarim oy oldin yo‘riqnoma o‘tkazilgan. Yo‘riqnoma o‘tkazish muddati 6 oydan oshmasligi kerak. Menimcha, ayb jabrlanuvchilarni bevosita rahbari — tayyorlov punkti mudiri K. Mamatovda». Zavod kasaba uyushmasidan paxta punkti bo‘yicha mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha biriktirilgan javobgar S. Abdullaevning fikri: «M. Nazarovning fikri to‘g‘ri, lekin bu erda gap ortiqcha 18 kunda emas. Gap shundaki, punktning biror ish joyila havfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar osib qo‘yilmagan, hatto ularni rasmiylashtirish jurnalida ham aniq savollar ko‘rsatilmagan. Jabrlanuvchilarga yuqoridagi talab haqida aytilgan-aytilmaganligi noma’lum. Zavod kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zosi sifatida, o‘z-o‘zini tanqid nuqtai nazaridan men ham ushbu masalalarni nazorat doirasidan chetda qoldirganligimni tan olaman. Lekin, asosiy ayb paxta qabul qilish punkti mudirida. Yo‘riqnomalarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish hamda rasmiylashtirish kerak». Taftishda qatnashgan, paxta tozalash sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tsxnik nozimining xulosasi «Qabul punkti mudiridan tashqari, hozirgi elektr xo‘jaligi bo‘yicha javobgar ham aybdor. Ma’lumki, uskunalarni har joriy sozlash vaqtida, bir yildan oshmagan muddatda, ommetr M-372 asbob bilan himoyalovchi nol simlarining qarshiliklari (elsktr qabul qiluvchi bilan magestral orasida) o‘lchab turilishi kerak. Agar bu talab bajarilganda, bir yarim yil avval bo‘shab ketgan elsktr xo‘jaligi rahbarining o‘zgarishi davomida transportyor elektrodvigateli korpusiga nol simining ulanmaganligi sezilgan bo‘lar edi. Zavod bosh energetigi P. Latipovni jazolashni va undan zudlik bilan barcha elektr qabul qiluvchilarning himoyalovchi nol simlarini navbatdan tashqari tekshirib chiqishni tashkil qilishni, bundan tashqari barcha ish joylarida yo‘riqnomalar ko‘rinarli joylarga osib qo‘yilishini taklif qilaman. Qabul qilish punkti mudiridan har bir bo‘limda yo‘riqnomalarni rasmiylashtirish jurnallarini to‘g‘ri olib borishni talab qilaman». Download 18.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling