Mehnatni tashkil etish va normalash fani


Download 159.97 Kb.
bet1/3
Sana14.04.2023
Hajmi159.97 Kb.
#1357220
  1   2   3
Bog'liq
Mehnatni tashkil etish va normalash fani 6 pptx

Mehnatni tashkil etish va normalash

TAQDIMOT

Bajardi: Xayrullayev

Tekshirdi: Boltayev B

Mavzu: tashkilotda mehnat intizomi, uni mustahkamlash yo’llari

  • Reja:
  • 1.Ishlab chiqarish jamoasida mehnat intizomining mohiyati va ahamiyati
  • 2. Mehnat intizomini buzish turlari va sabablari hamda intizomni mustahkamlash tadbirlari

1.Ishlab chiqarish jamoasida mehnat intizomining mohiyati va ahamiyati

  • Xalqimizning “So‘z boshi salomdan, ish boshi intizomdan”, degan maqoli bor. Intizom keng ma’noda barcha jamiyat a’zolarining ma’lum axloq normalariga, albatta, rioya etishini, ijtimoiy va shaxsiy hayot hamda mehnat faoliyatida qonunlarda belgilangan yoki odat tusiga kirgan tartib va qoidalarga so‘zsiz amal qilishini, tevarak- atrofdagilarning manfaatlariga mos xatti-harakatda bo‘lishini, o‘z burchlarini astoydil bajarishini bildiradi. SHunga ko‘ra, intizom – reja intizomi, shartnoma, ishlab chiqarish intizomi, texnologiya intizomi, mehnat intizomi va hokazolarga bo‘linadi.
  • YUqorida ko‘rsatilgan intizom turlari orasida mehnat intizomi eng muhim o‘rin tutadi. Mehnat intizomi deganimizda mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni va ichki mehnat – ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish, o‘z mehnat burchlarini bajarish, mehnatga ongli munosabatda bo‘lish tushuniladi.

Mehnat intizomi – mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasiga asoslangan har qanday inson faoliyatining ob’ektiv zaruriyatidir. Mehnat intizomi bo‘lmasa, muayyan pirovard natijaga erishishga qaratilgan samarali jamoa ishi bo‘lishi mumkin emas. Mehnat intizomini buzuvchi xodim ishdagi yoki xizmatdagi ulishini vaqtida va sifatli bajarmay, o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarish jarayonining asosiy va faol qismi bo‘lgan mehnat jarayonining o‘tishini (bajarilishini) sekinlashtiradi, rejalangan topshiriqning bajarilishiga xalaqit beradi, natijada jamoaning mehnat samaradorligi umumiy darajasi pasayib ketadi.

  • Mehnat intizomi – mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasiga asoslangan har qanday inson faoliyatining ob’ektiv zaruriyatidir. Mehnat intizomi bo‘lmasa, muayyan pirovard natijaga erishishga qaratilgan samarali jamoa ishi bo‘lishi mumkin emas. Mehnat intizomini buzuvchi xodim ishdagi yoki xizmatdagi ulishini vaqtida va sifatli bajarmay, o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarish jarayonining asosiy va faol qismi bo‘lgan mehnat jarayonining o‘tishini (bajarilishini) sekinlashtiradi, rejalangan topshiriqning bajarilishiga xalaqit beradi, natijada jamoaning mehnat samaradorligi umumiy darajasi pasayib ketadi.
  • Mehnat intizomi o‘z vazifalarini halol va ijodiy bajarishdan, ish yoki xizmatning samaradorligini va sifatini oshirishda shaxsan faol ishtirok etishdan iborat. Mehnat intizomi belgilab qo‘yilgan ish kuni tartibiga qat’iyan rioya qilish, hamma norma va topshiriqlarni kun sayin bajarib borish, texnologik hamda ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, jamoada sog‘lom psixologik muhitni saqlab borish kabi qoidalarni o‘z ichiga oladi.

Download 159.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling