Ijtimoiy pedagogika integrallashgan bilim sohasi sifatida
Download 47.05 Kb.
|
IJTIMOIY PEDAGOGIKA INTEGRALLASHGAN BILIM SOHASI SIFATIDA2
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar I. Kirish Mavzuning dolzarbligi
IJTIMOIY PEDAGOGIKA INTEGRALLASHGAN BILIM SOHASI SIFATIDA Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1. Ta’lim samaradorligini oshirishda ijtimoiy pedagogikaning integrallashuvi. 2. Ijtimoiy ta’limni integratsiyalashning ahamiyati 3. Ta’lim jarayonini integratsiyalash pedagogik muammo sifatida 4. Psixologik-pedagogik bilimlar integratsiyasi III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar I. Kirish Mavzuning dolzarbligi: Fuqarolar o‘z konstitutsiyaviy huquqlariga, konkret tabiiy, iktisodiy, ijtimoiy–tarixiy, milliy ma’naviy–madaniy sharoitlarga asoslangan axloq normalariga to‘la rioya etgan holdagina rivojlana oladi. Ijtimoiy ta’lim va tarbiya tizimidan o‘tgan har bir odam–shaxs sifatida shakllanadi. Ijtimoiy vazifalarni bajarish layoqatiga ega bo‘lgan, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy namoyish eta oladigan, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirisha oladigan odam shaxs sifatida ijtimoiy mavkega erishadi. Ayni vaqtda ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar amaliy faoliyati bir–biriga juda yaqin, bu yaqinlik vazifasiga ko‘ra, mazmuniga ko‘ra va ish metodiga ko‘ra yuz beradi, ular hech kachon biri ikkinchisini kesib o‘tmaydi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kitobining kirish qismida ta’kidlaganidek, milliy davlatchilikka doimo xavf bo‘lgan, bor va bo‘ladi. Bu xavf–xatarini bartaraf etish uchun ma’naviy–ma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarish, milliy istiqlol g‘oyasini joriy etish masalasida ijtimoiy pedagogik yondashuvidan keng foydalanish: differensatsiyalashgan psixologik–pedagogik dasto‘rni, yangi darslik va qo‘llanmalarni yaratish zarur. Jamiyat, dunyo hamjamiyatining dinamik o‘zgarishi munosabati bilan o‘qitish, tarbiyalash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini o‘zviy ravishda kushish, ya’ni ma’naviy–mafkuraviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo‘lib, tadqiqot ishlarini yo‘lga kuyishda haqiqiy jo‘shqinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagoglar pedagogika universitstlarida yetishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog pedagoglik sohasida asosiy bog‘liqliklaridan biri-soha obyekti bolalardir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida esa normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan-bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining obyekti ijtimoiylashtirishga maqsad bo‘lgan bolalar, ularga akliy, pedagogik psixologik, sotsial axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, akliy,psixik tomondan bo‘z ilishga yul kuyiladigan bolalar ular hammasi jamiyatining alohida yordamiga maqsaddir. Ijtimoiy pedagog -faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo‘llanmalar bera oladigan mutaxassis bo‘lmogi kerak, shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o‘z fanini bilibgina kolmay, ayni vaktda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Download 47.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling