Ijtimoiy pedagogika integrallashgan bilim sohasi sifatida


Download 47.05 Kb.
bet10/11
Sana14.12.2022
Hajmi47.05 Kb.
#1001304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA INTEGRALLASHGAN BILIM SOHASI SIFATIDA2

III. Xulosa
Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O‘sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o‘zgarishlarni jismoniy, ruxiy, mikdor va sifat o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechiradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga–bo‘yinning o‘sishi, vaznining og‘irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a’zolari va asab tizimining o‘zgarib borishi kiradi. Ruxiy o‘zgarishlari esa uning akliy rivojiga aloqador bo‘ladi va insonda ruxiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasining rivojlanishi–bu muhim jarayon hisoblanadi.
Tabiiyki, bu fazilatlar faqat tarbiya’ning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham inson rivojlanishini unga singdirilgan tarbiya’ning natijasi deb qarash mumkin. Shaxsini rivojlantirish vazifasini tug‘ri hal qilish uchun avvalo uning hulkiga ta’sir etuvchi omillarning tabiatini, shaxsning shaxsiy xususiyatini yaxshi urganmoq lozim. Buning uchun turli munosabatlar doirasiga qo‘yib kuzatish darkor. Ana shundagina shaxsning ijtimoiyxulqi, ma’naviy kiyofasi, insoniy fazilatlar ruyobga chikadi. «Har bir inson, degan edi Forobiy; o‘z tabiati bilan shunday tug‘ilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishmok, uchun ko‘p narsalarga muxtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga extiyoj tug‘iladi, shu sababli odam yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi, ko‘p insonlarning birlashuvi orqaligina o‘z tabiati buyicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Tarbiyachining bolaga singdirishi lozim bo‘lgan tarbiya samarali ta’sir etishi uchun uning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi muhim shartlardan biridir.
Fanning bilimlar tizimi uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar – mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta hosil qilinadi. Mezonlar yanada umumiy, fundamental “asliy” deb atalmish tushunchalarni bildiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan qolgan tushunchalar hosil bo‘ladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va o‘rinlar, ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va qoidalari haqida ko‘pgina bilimlarni o‘zlashtiradi. U shuningdek, integratsiyasi va jamiyatga kirishga yordam beradigan turli xil malaka va ko‘nikmalarni egallaydi.
Agar normal oilada normal bola (jismonan va psixik sog‘lom) tug‘ilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bola avval jismoniy makonni o‘zlashtiradi, unda yo‘lini topishga o‘rganadi: emaklash, o‘tirish, yurish, yugurish va h.k. So‘ng u ko‘chani o‘zlashtiradi. Bola yaqin kishilarni ajratadi (otani, onani, aka-ukalarini), o‘z ismiga egaligiga o‘rganadi, unga javob berishni boshlaydi, bolada ijtimoiy xush ko‘rishlar, his-tuyg‘ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi. Bola ijtimoiy rivojlanishida nutq katta ahamiyatga ega. Xalq ruhi xazinasidagi bor narsa til yordamida bola diliga o‘tadi. Tilda xalq tarixi, xarakteri, urf-odatlari, an’analari saqlanib qoladi. Tilni o‘zlashtirib, bola xalq madaniyati, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy ana’analarni ham o‘zlashtiradi.
Eng muhim bo‘lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o‘yinlarda sodir bo‘ladi. O‘yinlar yordamida bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi, “ota-onalar”ni o‘ynaydi.



Download 47.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling