Konstitutsiyaviy huquq


Download 30.89 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi30.89 Kb.
#1059808
Bog'liq
k 11


KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ


Mavzu:Huquq va erkinliklar kafolatlari.
Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning taʼminlanishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shunga asosan, Oʻzbekiston oʻz mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq va erkinliklariga boʻlgan eʼtibor, insonlarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish kabi gʻoyalarni bosh maqsad qilib qoʻydi. Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qoʻllash amaliyoti takomillashtirildi.Qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yoʻnalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek maʼnaviy qadriyatlarimiz asoslari oʻz ifodasini topgan.Taʼkidlash lozimki, asosiy qonunimizning 13-moddasiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar markazida birinchi oʻrinda – inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari nazarda tutilganligini koʻrish mumkin.Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi “Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs boʻlib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan”.Ijtimoiy-siyosiy kafolatlar davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim bilan bogʻliq. Ushbu tizim inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash koʻpincha davlatning olib borayotgan ijtimoiy siyosatiga bogʻliq boʻladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 45-moddasiga koʻra, “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” deb belgilab qoʻyilgan. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanishi lozim.Bundan tashqari, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar inson huquqlarining umumeʼtirof etilgan gʻoyalari va qadriyatlariga, shuningdek, xalqaro majburiyatlarga sodiqlik, amalga oshirilayotgan barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich xarakterda ekanligi; demokratiya va ijtimoiy adolat gʻoyalariga sadoqatimizni namoyon etish orqali, xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash; xalq vakilligi institutlarini rivojlantirish; demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishiga asoslanganlik; insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish yoʻlida hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun yaratilganligi kabi va boshqa bir qator demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda.Koʻrsatib oʻtish joizki, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlar mazmunan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:– fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin boʻlgan harakatlarni taqiqlash hamda chegaralashning yuridik meyorlarini mustahkamlash;onstitutsiyaviy kafolatlarga bevosita mamlakat Konstitutsiyasining oʻzida mustahkamlangan kafolatlar kiradi. Inson va fuqarolarning huquqlari kafolatlari ichida fuqarolarning teng huquqliligi tamoyili alohida oʻrin tutadi. Konstitutsiyamizning 18-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar”.Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan yana biri fuqarolarning murojaat qilish huquqi siyosiy huquqlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega” ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu moddada belgilangan norma fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri hisoblanib, ularning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqlarini belgilaydi.Xulosa sifatida taʼkidlash joizki, inson huquqlari rivojlanishi uzluksiz davom etuvchi va takomillashib boruvchi jarayon hisoblanadi. Shunga koʻra, inson huquqlariga oid norma va qoidalarni har bir shaxs qalbi va ongiga singdirishi, oʻz fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishi va oʻz navbatida, milliy oʻzlikni anglashga hamda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilishiga oʻz hissasini qoʻshmogʻi lozim. Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir Davlat mustaqilligini qo`lga kiritib, O`zbekiston rivojlangan huquqiy demokratik davlatni barpo qilish va adolatli fuqarolik jamiyatni shakllantirish yo`lini tanladi.Demokratik fuqarolik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo`ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko`rsatuvchi shartlaridan biri inson huquq va erkinliklarining qonunlarda to`liq belgilanishi hamda ularning ta'minlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. O`zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurishdan asosiy maqsad — ushbu davlatda yashovchi har bir fuqarolarning huquq va erkinliklarini to`la ta'minlashdan iboratdir. Tarixiy tajriba shuni ko`rsatadiki, inson huquq va erkinliklarini Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi muhim ahamiyatga egadir, ammo ularni amalga oshirishning kafolatlangan, himoyalangan imkoniyatlari bo`lmasa, ular quruq gapligicha qolib ketadi. Mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklari to`g`risida 100 dan ortiq qonunlar, 200 dan ortiq qonun osti aktlari qabul qilindi. Inson huquqlarini himoya qilish Konstitutsiyaning bosh g`oyasi va maqsadi hisoblanadi. Inson huquq va erkinliklari kafolatlarining mazmun mohiyatini to`la tushinish uchun avvalo kafolat tushunchasiga to`xtalmoq zarurdir. O`zbek tilining izohli lug`atida bayon etilishicha: «Kafolat» so`zi bu — mas'uliyatni, javobgarlikni o`z zimmasiga olgan holda, ishontirish, kafillik, ta'minlash» ma'nosini bildiradi. Kafolat — bu fuqarolarga qonunda belgilab qo`yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirilishini ta'minlashga yordam beradigan vositalar, usullar va shart-sharoitlardir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklar kafolatlarining o`ziga xos jihatlari nimalardan iborat?Birinchidan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini belgilashda va kafolatlashda Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi va xalqaro huquqning g`oyalari asos qilib olindi. Ushbu xalqaro hujjatlarga asosan fuqarolarning ko`plab huquqlari ayniqsa, tabiiy-shaxsiy huquqlari hech kim (davlat, monarx, prezident va boshqalar) tomonidan berilmaydi. Kafolat ushbu huquq va erkinliklarning amalga oshishini, ro`yobga chiqishini ta'minlashdir. Shuning uchun ham Konstitutsiyamizga murojaat etsak, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari asosiy o`ringa ko`tarilgan hamda ularning kafolatlanishiga alohida e'tibor berilgan.Ikkinchidan. Bizning Konstitutsiyamiz bo`yicha davlat biron sinf, tabaqa yoki guruhning manfaatlari uchun emas, balki butun xalq manfaati uchun xizmat qiladi.Uchinchidan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligida belgilangan demokratik va insonparvarlik ruhi bilan sug`orilgan asosiy prinsiplardan biri bu - hokimiyatlar taqsimlanish prinsipidir. Hokimiyatlarning taqsimlanish prinsipi - demokratik davlatga xos xususiyat bo`lib inson va fuqarolar huquqlarini kafolatlashning muhim shartidir. Turtinchidan. Mulkchilik, mulkchilikka munosabat masalasida ham fuqarolarning huquqlari xalqaro huquq normalariga mos kafolatlangan.Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari to`g`risidagi Konstitutsiyaviy qoidalar O`zbekiston jahonning taraqqiy etgan va demokratiya yulidan borayotgan davlatlar tajribalaridan kelib chiqib, umum e'tirof etilgan xalqaro huquq normalari talablarini tan olib, qonunchilikning bu tarmog`ida aktiv faoliyat olib bormoqda. Respublikamiz taraqqiyot sari rivojlanib borayotgan mamlakatdir. Uning taraqqiyoti fuqarolarning huquq va erkinliklari hajmining kengayishi, ularni amalga oshirish va samarali himoya qilish kafolatlarining mustaukamlanishi bilan bog`liq uolda kechadi. Fuqarolarning huquqlarini ta'minlashda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining «Inson huquq va erkinliklarining kafolatlari» deb nomlangan X-bobi, 43-46 moddalari muuim auamiyatga egadir. Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari tug`risidagi konstitutsiyaviy qoidalar mazmunida asosan inson manfaati ustuvor bo`lib, uning qat'iy izchil amalga oshirilishi muhim o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida: «Davlat fuqarolarning Konstitutsiyasi va qonunlarda mustaukamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi», deyiladi. Bu konstitutsiyaviy qoidaning ahamiyati shundan iboratki, huquqiy demokratik davlat qurayotgan O`zbekiston davlati uzining qonun chiqaruvchi organi uisoblangan Respublikasi Oliy Majlisi orqali inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarining huquqiy kafolati uisoblangan umum e'tirof etilgan xalqaro huquq normalari talablariga mos normativ hujjatlar qabul qiladi. Konstitutsiyaning 44-moddasida «Har bir shaxsning uz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g`ayri qonuniy xatti-uarakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi», deyilgan. Bu qoidaga ko`ra, fuqarolar Konstitutsiyada belgilangan uzlarining huquq va erkinliklari buzilgan deb uisoblasalar uz huquqlarini sud orqali himoya qilishlari mumkin. Bu fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklovchi eng samarali vosita uisoblanadi. Sudga shikoyat qilish huquqi shaxsning huquq va erkinliklarining kafolati uisoblanib, sud organlarigina, Konstitutsiyasiga asosan boshqa davlat uokimiyati organlaridan, jamoat birlashmalaridan uoli, mustaqil uarakat qiluvchi va faqat qonung buysunuvchi organdir. Konstitutsiyaviy kafolatni yana bir qoidasi Konstitutsiyamizning 45moddasida belgilangan bulib, Voyaga yetmaganlar, meunatga layoqatsizlar va keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir» deyiladi.Mehnatga layoqatsizlar, nogironlar va yolg`iz keksalarning huquqlari ham davlat tomonidan himoya qilinadi. Davlatimizda ijtimoiy himoyaning aniq chora tadbirlari ishlab chikilib, amalga oshirilmoqda. Bunda, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o`zini –o`zi boshqarish idoralari mavqei oshirilmoqda. 1999 yil 3 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini aniq yo`naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta'minlashda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari rolini oshirish to`g`risida» farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonning ijrosini ta'minlash uchun fuqarolarning o`zinio`zi boshqarish organlari orqali quyidagilar amalga oshirildi: 1-ishlamaydigan onalarga bolasi ikki yoshga yetguniga qadar uni parvarish qilish bo`yicha nafaqalar tayinlash va to`lash ; 2-o`zgalarning parvarishiga muxtoj bo`lgan yolg`iz nafaqaho`rlarni asosiy oziqovqat maxsulotlari bilan ta'minlash. Inson huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari deyilganda shaxslarning Konstitusiyada belgilab qo`yilgan huquq va erkinliklarini amalda haqiqiy bajarish uchun zarur sharoit va barcha imkoniyatlarni yaratish tushuniladi. Kafolat, kafolatlash bu - Konstitutsiya, qonunlarda ko`rsatilgan imkoniyatlarni hayotda amalga oshirish, huquq va erkinliklarga ega bo`lish demakdir. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash Konstitutsiyada ko`rsatilgan huquq va erkinliklarga egalik qilish bilangina cheklanmasdan, ulardan to`liq foydalanish va ularni har qanday noqonuniy buzilishdan muhofaza qilish hamdir. Konstitutsiyamizning mohiyati insonga munosib uayot sharoitlarini yaratish, uni baxtli qilishdan iborat. U jamiyat va uning a'zolari oldidagi buyuk maqsadlar qo`yadi. Ana shu ezgu maqsadga erishishning yo`llarini o`zida mujassam etadi. Shu o`rinda davlat oila va jamiyat manfaatlari, sodda qilib aytsak, davlat va inson manfaatlari uyg`unlashib borgan sari jamiyat rivojlanib, olg`a siljib boradi. Inson Huquqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasin hamma uchun bir hildir. Bu huquqlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal qilinib, xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan doktrinadir. Inson Huquqlari bu insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning koʻpchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar normalari yoki halqaro konventsiyalar orqali tan olingan.Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy avqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida berilgan Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar muhim maqsadga, ya’ni, hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha g‘oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgan.Ushbu prinsip hayotga joriy etilishi tufayli mamlakatimizda xalqchil va demokratik davlat hokimiyati tizimi shakllandi. Sud hokimiyati, jumladan, uning markaziy bo‘g‘ini – Konstitutsiyaviy sud davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i sifatida qaror topdi. Konstitutsiyaviy sud ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning Asosiy qonunimizga mosligini aniqlash, Konstitutsiya va qonunlarning normalariga sharh berish, qonunchilik tashabbusini amalga oshirish vakolatlari vositasida hokimiyat tarmoqlari bo‘linishi prinsipini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida izchil faoliyat yuritayotir.Konferensiyada O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini izchil va tizimli ravishda amalga oshirishda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining ta’minlanayotgani davlat va jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishda muhim omil bo‘layotgani alohida qayd etildi.Mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikricha, konstitutsiyaviy odil sudlov – demokratik davlatchilikning muhim belgisidir. Konstitutsiyaviy odil sudlov konstitutsiyaviy nazoratning oliy shakli bo‘lib, zamonaviy demokratik davlatchilikning alohida talabi, zarur instituti hisoblanadi. Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda qonuniylik muhitini yaratish inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning ishonchli garovidir.Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Chang Jong Kimning fikricha, konstitutsiyaviy nazorat organlarining vakolatlarini kengaytirish, institutsional va vazifalarga doir mustaqilligini mustahkamlashga ko‘plab davlatlarda e’tibor qaratilmoqda. Ushbu idoralarning qarorlarini ijro etish bo‘yicha aniq mexanizmlarni joriy etish vositasida konstitutsiyaviy nazorat idoralarining hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish tendensiyasi kuzatilmoqda.– O‘zbekistonda sud-huquq tizimi har tomonlama puxta o‘ylangan va xalqaro standartlarning eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan tizimli institut sifatida shakllangan, – deydi Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Mixail Kleandrov. – Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashgani, hakamlik sudlari tarmog‘i shakllangani ishlarni sifatli va samarali ko‘rib chiqishga xizmat qilmoqda. Konstitutsiyaviy sud qonun hujjatlarining Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘rish orqali har bir hokimiyat tarmog‘ining o‘z vakolati doirasida ish yuritayotgani, ularning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinganiga baho beradi. Bularning barchasi huquqiy davlatning muhim sharti hisoblangan qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.Malayziya Apellatsiya sudi raisi Tan Sri Raus Sharifning ta’kidlashicha, konstitutsiyaviy nazoratning samaradorligini ta’minlashda konstitutsiyaviy nazorat obyektlarini va ularni ko‘rib chiqish chegaralarini aniq belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda me’yorlarning sud nazorati har tomonlama qamrab olinishini ta’minlash dolzarb hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmagan biron-bir normativ-huquqiy hujjat sud nazoratidan chetda qolib ketmasligi, sud organlarining nazorat vakolatlari takrorlanmasligi lozim.– O‘zbekiston bag‘rikeng diyor sifatida jahonga tanilgan, – deydi Pokiston Oliy sudi sudyasi Qozi Fayoz Iso. – Inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar pirovardida bu mamlakatning gullab-yashnashiga yo‘l ochayotganiga guvoh bo‘ldik. Darhaqiqat, qayerda hokimiyat tarmoqlari zimmasiga qo‘yilgan vazifalar to‘laqonli ado etilsa, o‘sha yerda rivojlanish, taraqqiyot bo‘ladi. Bunda sudyalar zimmasiga ham alohida mas’uliyat yuklanadi.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy tizimni modernizatsiya etish jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi alohida o‘rin tutmoqda. Huquqiy tizimni, demokratik qadriyatlarni muhofaza qilishda, ularni xalqimiz turmush tarziga singdirishda e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotir. Kelgusida Konstitutsiyaviy sud faoliyatining yanada takomillashtirilishi sudlov jarayonlarining modernizatsiya qilinishi va demokratlashuviga, konstitutsiyaviy odil sudlovning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarining samarali va o‘z vaqtida himoyalanishini mustahkamlashga qaratilishi lozim.– O‘zbekistonda hokimiyatning har uchala tarmog‘i o‘ziga xos mukammal shakllantirilgan, – deydi Tailand Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Tvekiat Menakanist. – Ular o‘z vazifalarini qonunda belgilangan asosda hamda fuqarolar manfaati yo‘lida o‘zaro hamkorlikda olib borayotgani mamlakatda barqarorlik, farovonlik qaror topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.Konferensiyada Konstitutsiyaviy sudning hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini tatbiq etish va inson huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati, konstitutsiyaviy odil sudlovning dolzarb masalalari, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Xalqaro anjuman yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar qabul qilindi. Inson huquqlari masalasi davlatning nafaqat ichki masalasi balki xalqaro ahamiyatga ham egadir. Inson huquqlarini ta’minlashda xalqaro tashkilotlar, ular tomonidan qabul qilingan hujjatlar alohida rol o‘ynaydi.Lekin, har bir shaxs, inson, asosan, biror-bir mamlakat hududida yashaydi va ko'pincha ma’lum mamlakatning fuqarosi hisoblanadi. Shuning uchun alohida shaxslar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda davlat markaziy o'rinda turadi.Davlat buning uchun, eng avvalo, insonlarning huquqini ta’minlovchi huquq tizimini yaratadi. Ya’ni inson huquqlarini ta’minlovchi huquq tizimi milliy huquq tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.Mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlovchi milliy huquq tizimida 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi alohida o‘rin tutadi.Konstitutsiyada inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari mustahkamlanadi, ularni ta’minlash yo'llari belgilanadi. Konstitutsiya insonlarga tegishli barcha huquqlarni qayd qila olmaydi, faqat inson uchun eng zarur hayotiy huquq va erkinliklarni mustahkamlab qo‘yadi. Konstitutsiyamiz ishlab chiqilayotgan vaqtda inson huquqlari b o 'y ic h a xalqaro ahamiyatga ega asosiy hujjatlar: «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida»gi xalqaro pakt, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida»gi xalqaro pakt va unga qo'shimcha (fakultativ) Protokollarning qoidalaridan keng foydalanildi. Bundan tashqari, inson huquqlariga taalluqli xalqaro hujjatlar: «Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida»gi Konvensiya, «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiya va boshqa hujjatlarga qo‘shilish bilan mamlakatimiz o‘z zimmasiga shu hujjatlar ko‘rsatmalarini bajarish va hujjat qoidalarini milliy qonunchiligimizga singdirish majburiyatini oldi.



Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling