6-amaliy mashg’ulot. Yorugʻlikning qutblanishi. Malyus qonuni. Bryuster qonuni


Download 487.23 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi487.23 Kb.
#1539500
  1   2
Bog'liq
6-amaliy mashg\'ulot


6-amaliy mashg’ulot. Yorugʻlikning qutblanishi.
Malyus qonuni. Bryuster qonuni.

  1. Y orug‘lik dielektrikdan qaytganda qaytgan nurning to‘la qutblanish sharti (Bryuster qonuni):


bu yerda αB – tushish (Bryuster) burchagi, n – nisbiy sindirish ko‘rsatkichi;

  1. Berilgan sirtning qaytarish koeffitsienti:


bu yerda n0 – yorug‘lik tarqalayotgan muhitning sindirish ko‘rsatkichi, n – sirtidan yorug‘lik qaytayotgan muhitning sindirish ko‘rsatkichi.

  1. Polyarizator va analizatordan o‘tgan yorug‘lik intensivligi (Malyus qonuni):


bu yerda I0 – analizatorga tushuvchi qutblangan yorug‘lik intensivligi, I – analizatordan o‘tgan yorug‘lik intensivligi, φ – polyarizator va analizator bosh tekisliklari orasidagi burchak.




  1. Optik aktiv moddalarning qutblanish tekisligini burish burchagi quyidagilarga bog‘liq:




bu yerda α –burish doimiysi, l - yorug‘likning modda ichida o‘tgan yo‘li;

  • Suyuqliklarda


bu yerda - solishtirma burish doimiysi, - suyuqlik zichligi;

  • Eritmalar uchun:


bu yerda C – optik aktiv moddaning eritmadagi massaviy konsentratsiyasi.

  1. Yorug‘likning qutblanish darajasi:


bu yerda Imax va Imin– analizator o‘tkazadigan qisman qutblangan yorug‘likning maksimal va minimal intensivliklari.


  1. Havoda tarqalayotgan yorug‘lik dastasi suyuqlik sirtiga 540 burchak ostida tushadi. Agar qaytgan yorug‘lik to‘la qutblangan bo‘lsa, dastaning sinish burchagi aniqlansin?

  2. Suv sirtidan qaytgan quyosh nurlari to‘la qutblangan bo‘lishi uchun Quyosh gorizontdan qanday burchak balandlikda turgan bo‘lsihi kerak (n=1,33)?


  3. Yorug‘likning havodan osh tuzi kristaliga tushishidagi Bryuster burchagi 570. Bu kristalldagi yorug‘lik tezligi aniqlansin.

  4. Yorug‘lik dastasining suyuqlik bilan havo chegarasidagi to‘la qaytishning chegaraviy burchagi 430. Nurning havodan shu suyuqlik sirtiga tushishi uchun Bryuster burchagi qanday bo‘lishi lozimligi aniqlansin.

  5. Tabiiy yorug‘lik dastasi shisha (n=1,6) prizmaga tushadi (11-rasm). Agar qaytgan dasta maksimal qutblangan bo‘lsa, prizmaning ikki qirrali burchagi aniqlansin.





Download 487.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling