6. Amaliy mfshg’ulot. Yog’och materiallari. Xodalar, taxta materiallar va fanerlar. Duradgorlik plitalari. Yog’och payraxali plitalar. Yog’ochlarda uchraydigan nuqsonlar. Ishdan maqsad
Download 392 Kb.
|
6 amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonning yog’och ashyolari
Bitumli pastalar tarkibi (% da) asosan antiseptiklovchi ftorli natriy (30–50), torf kukuni (5–75), markasi III yoki IV bo’lgan neft bitumi 30 gacha) va ko’k rangli neft moyi (30 gacha) qorishmasidan tashkil topgan. Bitumli pastani tayyorlash uchun 160–180°S gacha bitum eritmasiga ko’k neft moyi, keyin ftorli natriy bilan torf kukuni qo’shib asta-sekin qorishtiriladi. Bitumli pasta yog’och sirtiga sovuq holatda surtiladi.
Yog’ochni o’tdan himoya qilishda konstruktsiyaga qoplangan kigiz ustidan loy suvash, shimdirilgan kigiz ustidan tunuka qoplash lozim. Bular himoya qatlami vazifasini o’taydi. Binoning yog’och qismlarini o’tga chidamli bo’yoq bilan bo’yashdan maqsad shuki, bo’yoq qatlami yonganda, zich parda hosil bo’lib, yog’ochga havo o’tkazmaydi. Silikat bo’yoqlar (suyuq shisha asosida ishlanadigan) shunday qatlam hosil qiladi. Biroq, silikat bo’yoqlardagi kislorod, yomg’ir va gazlar ta’siriga uncha bardosh berolmaydi, mo’rt va chidamsiz bo’ladi. O’tga chidamli faol modda antipiren deb ataladi. Qiziganda yonmaydigan ammiak gazini hosil qiluvchi ammoniy fosfat va erigandan keyin yog’och sirtida himoya parda hosil qiladigan fosfat kislotalar shunday antipirenlar jumlasidandir. O’zbekistonning yog’och ashyolari Hozircha O’rta Osiyoda o’rmonlar juda kam bo’lib daraxt o’stirish va o’rmonzorlar barpo qilish muhim ahamiyatga egadir. Har yili O’rta Osiyoga Sibirdan 7 mln m3. dan ko’p yog’och keltiriladi. Yog’och ashyolar tayyorlanadigan joylarning nihoyatda uzoqligi natijasida yog’och ortish, tushirish va transport xarajatlariga katta mablag’ sarflanadi. Faqat transport xarajatlarining o’zigina qayta ishlash narxining 21 %ini tashkil qiladi. Yog’och yetishtirish va daraxtlarning mahsuldorligini oshirish masalalarini hal qilishda teraklar, cho’l va o’rmonlarda archalarni ko’paytirish juda muhimdir. Respublikamiz hududining 5-6 %inigina o’rmon xo’jaliklari tashkil etgan. Vaholanki, bu xo’jaliklardan olinadigan yog’ochlarning hammasini sifatli Qurilish materiallari sifatida ishlatish mumkin emas. O’zbekiston hududida tabiiy o’rmon va ko’chat qilib ekilgan sun’iy maydonlar bor. Tabiiy o’rmonlar davlat o’rmon fondiga kiradi va ular uch guruhga bo’linadi: tog’, to’qay va cho’lu dashtdagi o’rmonlar. Asosan, tog’ o’rmonlari respublikaning CHotqol, Turkiston, Zarafshon va G’uzor tog’ etaklariga joylashgan. Bu maydonlarda archa ko’p tarqalgan. Qurilish materiallari sifatida mahalliy ehtiyojlar uchun ko’chat qilib ekilgan sun’iy o’rmonlar, ariq yoki kanal qirg’oqlariga ekilgan terak, akas, gladichiy va tollargina ishlatiladi xolos. Download 392 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling