6. Amaliy mfshg’ulot. Yog’och materiallari. Xodalar, taxta materiallar va fanerlar. Duradgorlik plitalari. Yog’och payraxali plitalar. Yog’ochlarda uchraydigan nuqsonlar. Ishdan maqsad
Download 392 Kb.
|
6 amaliy mashgulot
CHaspaklar (5-rasm) devor suvog’i bilan eshik kesakisining bir-biriga tutashgan joyini berkitib turish uchun, shuningdek, yog’och uylarda deraza hamda eshik o’rinlariga shakl berish uchun ishlatiladi. CHaspaklar taxtalarning uzunligi bo’ylab maxsus randa bilan yo’nib tayyorlanadi. Galtelь va plintuslar polning devor bilan tutashgan joyini berkitib turadi. Zina panjarasining yuqorigi tomoniga har xil kesimli tutqichlar mahkamlanadi (6-rasm).
4-расм. Шпунтли тахталар.
Yog’och ashyolar juda ko’p bo’lgan joylarda yog’och taxtalardan imorat tomlarini yopishda ham foydalaniladi. Buning uchun bo’yi 50–70 sm, eni 8–15 sm va qalishshgi 0,3 sm keladigan plastinkalar hamda gont tayyorlanadi. Ular uchun qattiqligi o’rtacha bo’lgan yog’och ishlatiladi. Suvoqchilikda ishlatiladigan rezgi taxta qalinligi 2–3 mm, eni 30 mm. ga yaqin va uzunligi 1,5–2 mm keladigan reykadir. Fanerlar yupqa yogoch qatlamlari tolalarini bir-biriga tik qo’yib, yelim bilan yopishtirib tayyorlanadi. Bu qatlamlar yuqori sifatli, tanasi to’g’ri bo’lgan qayin, zirk daraxti, terak hamda qarag’aydan ishlanadi. Maxsus dastgohlarning keng va juda o’tkir pichog’i yordamida aylanib turuvchi xaridan yupqa qatlam – faner shponi shilinadi (6-rasm). Fanerning o’lchamlari: 72,5x183 sm, qalinligi 0,15–1,2 sm bo’ladi. Faner tayyorlashda ishlatiladigan yelim xossalariga qarab, u suvga chidamsiz va suvga chidamli xillarga bo’linadi. Suvga chidam lisi qayin daraxtining shponidan tayyorlanadi, bunday fanerning shponlari maxsus sintetik smolalardan (formalьdegid, karbamid va h.k.) olingan yelimlar bilan yopishtiriladi va 7, 9 hamda 11 qatlam bo’ladi. Oqqayin yog’ochidan shilingan shponlarni bakelit yelimi bilan yopishtirib fanerlar olinadi. Ularni tayyorlashda yelimning qanday smoladan ishlanganligiga ko’ra BFS (spirtda eruvchan smolalardan), BFV-1 (spirtda va suvda eruvchan smolalardan) va BFV-2 (suvda eruvchan smolalardan) singari markalarga bo’linadi. Bakelit bilan yopishtirilgan faner juda mustahkam, zararli muhitga chidamli bo’ladi. Fanerlarni o’zaro yopishtirib, yelimlangan konstruktiv elementlar tayyorlanadi. Parket – turli yog’ochdan tayyorlangan, uzunligi 15–50 sm, eni 3,5–9 sm va qalinligi 1,2; 1,7; 2,0 sm keladigan taxtacha. Uning ariqchali, shpuntli, falьtsli va qiya qirrali (7rasm) turlari ishlab chiqariladi. Endilikda donali parket taxtachalarning qalinligi 1,5 sm, uzushshgi 15 dan 40 sm. gacha, eni 3 dan 6 sm. gacha bo’lgan ariqchali va egatli turlari ishlab chiqariladi. Qurilishda ignabargli daraxt yog’ochidan tayyorlangan parket shitlar ko’p qo’llaniladi. Ularning o’lchami 100x100 sm. dan 140x140 sm. gacha bo’lishi mumkin. Parket shit kesimi 4,4x9,4 sm. li bruschalardan yig’iladi, qalinligi 3–3,5 sm. li shpunt brusga bir tekis yotqiziladi va unga bargli yog’ochning qattiq turidan tayyorlangan parket taxtachalar ma’lum shaklda suvga chidamli yelim bilan yopishtirilib pol qilinadi.
Hozirgi parket shit o’rniga boshqa yirikroq elementlar: eni 15 sm va uzunligi 300 sm. gacha bo’lgan parket taxtalar va qattiq qog’ozga yopishtirilgan yig’ma mozaika parketlari ishlatilmoqda. Bunday polbop elementlarning kattaligi 40 dan 60 sm. gacha bo’ladi. Ikkilamchi yog’ochlardan qalinligi 2,6–5 sm. gacha bo’lgan duradgorlik plitalari ishlanadi (4.31-rasm). Bunday plita mayda reykalarni bir-biriga yopishtirib tayyorlanadi. Yuqorida aytib o’tilgan yarim fabrikat va buyumlardan tashqari zavodda tayyorlangan yog’och konstruktsiyalardan ham qurilishda keng foydalaniladi. Qurilishga yog’och konstruktsiyalar tayyor yoki qurilish maydonining o’zida yishladigan holda ham keltiriladi. Yopma va qavatlararo konstruktsiyalar sifatida kesimi to’g’ri to’rtburchak, shuningdek, T shaklida yelimlangan to’sinlar, yig’ma qoliplar qurilishda ko’plab ishlatiladi. Bunday konstruktsiyalarni tayyorlashda yelim sifatida suv ta’siriga chidamli bo’lgan kazeinli tsement, suvga chidamli fenolformalьdegidlar ishlatiladi. Download 392 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling