6-Amaliyot ishi Mavzu: otda xotira bilan ishlash Ishdan maqsad


Download 1.47 Mb.
Sana09.05.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1447295
Bog'liq
Axmedov Maxmudjon 6-amaliyot ishi


6-Amaliyot ishi
Mavzu: OTda xotira bilan ishlash
Ishdan maqsad: Kompyuterning qattiq diskini (HDD) taqsimlashni o`rganish
Nazariy qism
HDD (Hard Disk Driver) ya`ni qattiq disk (vinchestor) ni to`g`ri taqsimlash kompyuterda ishlashda juda katta qulayliklar yaratib beradi. Qattiq diskni bo`laklarga ajratish asosan kompyuter OT dan chiqib ketganda ham foydalanuvchining kerakli ma`lumotlari saqlanib qolishi uchun zarurdir. Operatsion tizim yuklanadigan diskni operatsion tizim o`rnatilgandan keyingi xolati deyarli yarmi bo`sh xolatda yaratishimiz lozim. Sababi kompyuterda OT o`rnatilgandan keyin o`zining standart dasturlaridan boshqa hech qanaqa dastur o`rnatilmagan bo`ladi. Foydalanuvchi o`ziga kerak bo`ladigan barcha dasturlarni o`rnata boshlaydi va bu dasturlar OT o`rnatilgan diskka yuklana boshlaydi. Foydalanuvchi tomonidan yaratigan barcha kerakli fayllar, kataloglar boshqa diskda saqlanishi kerak.
Windows OT ining standart dasturi orqali disk ajratishni ko`ramiz. Buning uchun quyidagi rasmlarda ko`rsatilgan ketma-ketliklarni barajsak kifoya:







HDD ni taqsimlovchi dasturlardan biri bu “Acronic Dsk Director” dasturidir.
Hozir Windows XP OTda ushbu dasturda qanday qilib disk yaratishni ko`rib chiqamiz:

  • Avval dasturni o`ratib ishga tushirib olamiz;

  • Dastur ishga tushgandan keyin HDD da ilgari yaratilgan disklar (OT o`rnatilganda ochilgan disklar) chiqib turadi;



  • Keyin agarda HDD da (Vinchestorda) yaratilganlardan tashqari yana bo`sh joy bo`lsa, to`g`ridan to`g`ri o`shanga murojaat qilib ochamiz, agarda bo`sh xotira bo`lmasa, bo`sh xotirasi ko`proq bo`lgan diskdan alohida qilib disk ajratib olamiz. Buning uchun:

  • Ko`p bo`sh xotirali diskning ustiga bosib, chap yondagi funksiyalardan yoki ustidagi belgilardan “Разделить том” ya`ni diskdan ajratib olish ni bosamiz.

  • Maxsimum xotiradan katta bo`lmagan kerakli xotirani, formatini (NTFS yoki FAT32), va yangi disk nomini yozib OK ni bosamiz:



  • Shuningdek bu dasturda ikki diskni birlashtirish, diskga yangi nom qo`yish, diskni formatlash, diskni o`chirish buyruqlarini ham quyidagi rasmda belgilab ko`rsatilgan tugmachalar bilan amalga oshirishimiz mumkin;

  • Oxirgi ishimiz bu jaroyonni boshlashdir. Buning uchun yani disk xotirasi, nomi, formati ko`rsatilgandan keyin X (chiqish) tugasini bosamiz va jaroyonga ruxsat beramiz.



  • Shu joyida kompyuter qayta yuklanadi va biz istagandek xotiraga ega bo`lgan disklarni yaratib beradi;

  • Shu tariqa biz OT ni qayta o`rnatmasdan ham qattq diskni ya`ni HDD ni o`zimiz istagandek taqsimlashimiz mumkin.

Topshiriq: Kompyuterning qattiq diskini (HDD) taqsimlash.
Nazorat uchun savollar:

  1. Xotira turlari?

  2. Xotirani boshqarish turlari?

  3. Xotirani boshqarish dasturlari?

Flesh xotirani 2 ta xotiraga ajratish.








2-xotira sozlash










Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling