1. Optoelektron o‘zgartkichlar haqida umumiy ma’lumotlar.
Optoelektron o‘zgartkichlarning asosiy elementlari quyidagilar:
- nur qabul qilgich (NQQ);
- ѐrug‘lik o‘tkazgich (YOO‘);
- ѐrug‘lik ekranlari (YOE);
- o‘lchash sxemasi va boshqalar.
CHBO‘ uchun optoelektron asboblarda ѐrug‘lik o‘tkazgich sifatida kovak (ichi teshik) ѐrug‘lik o‘tkazgichlar keng qo‘llaniladi. Nur manbai va nur qabul qilgichlar jamlangan holda ham, sochilgan holda ham bo‘lishi mumkin. Ularni birgalikda ishlashi CHBO‘ uchun turli xil konstruksiyadagi optoelektron asboblarni olish imkonini beradi.
2. CHBO‘ uchun optoelektron o‘zgartkichlar.
1 – rasmda chiziqli siljishlar uchun optoelektron o‘zgartkichning tuzilish
prinsipi keltirilgan.
1,a – rasmdagi o‘zgartkich konstruksiyasida nur manbai 3 X o‘qi bo‘ylab
harakatlanib, nur qabul qilgichlar 2 ’ va 2” ni ѐritilganligini o‘zgartiradi.
Ushbu nur qabul qilgichlar differensial o‘lchash sxemasiga ulangan.
1-rasm. CHiziqli siljishlar uchun.
1-rasm. Burchakli siljishlar uchun.
2 – rasmda burchakli siljishlarni o‘lchash uchun optoelektron asbobning konstruksiyasi keltirilgan. U quyidagi elementlar:
- ѐysimon kovak ѐrug‘lik o‘tkazgich 1;
- nur manbalari 2’ va 2”;
- nur qabul qilgichlar 3’ va 3”;
- qo‘zg‘aluvchan tashqi kovak ѐrug‘lik o‘tkazgich 4 va yuk 5 lardan tashkil topgan.
YUk 5 magnit aloqa 6 orqali qo‘zg‘aluvchan ѐrug‘lik o‘tkazgich 4 ni harakatlantiradi.
3-rasm. Suyuqlikli optoelektron siljish o‘zgartkichi.
4-rasm. Ekranli optoelektron siljish o‘zgartkichi (OSO‘).
3. Suyuqlik satxining chiziqli siljishida optoelektron o‘zgartkichlar.
3–rasmdagi kabi optoelektron asboblar suyuqlik satxini o‘lchashda keng qo‘llaniladi.
3,a–rasmda suyuqlik kovak yorug‘lik o‘tkazgich 1 ning ichida joylashgan va suyuqlik satxi Xkir o‘zgarganda nur qabul qilgich 3 ni yoritilganligi ham o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |