6-Amaliyot. Optik o’zgartkichlari konstruksiyalari va ularni loyihalash. Optoelektronika
Download 104.07 Kb.
|
6-Амалиёт Ўлч.асб. констр.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstruksiyaning ishonchliligi
- Funksional va iqtisodiy samaradorlik tamoyili
- Psixofiziologik
Asboblarni konstruksiyalash - KH dagi maxsulotlarning shakli, o‘lchami va tarkibi, unga kiruvchi qism va tugunlar, ishlatiladigan materiallar, tarkibiy maxsulotlar, ular orasidagi aloqa va qismlarning o‘zaro joylanishi, tayyorlash texnologiyasiga ko‘rsatmalarni qidirish, topish va aks ettirish jarayonidir. Bularning xammasi maxsulot tayyorlashdagi mexnat sig‘imini kamaytirish talab qiladigan tavsif bo‘yicha birlamchi o‘zgartgichlar va asboblar ishlab chiqarilishida aks ettiriladi.
Konstruksiyaning ishonchliligi - bu berilgan rejimda, ishlatish sharoitida, texnik xizmat ko‘rsatishda, ta’mirlashda, saqlash va tarqatish vaqtida talab qilingan funksiyalarni bajarish qobiliyatini xarakterlovchi, barcha parametrlarni o‘rnatilgan vaqt chegarasida saqlash xususiyatidir. Funksional va iqtisodiy samaradorlik tamoyili mahsulotning yuqori funksional va iqtisodiy samaradorligiga erishishni nazarda tutadi. Antropometrik talablar - bu strukturaning o‘lchamlari qurilma bilan ishlash va uni ta’mirlashda korpusning o‘lchamlariga va operatorning ish yuritadigan holatiga mos kelishini ta’minlash uchun konstruksiyalash. Psixofiziologik talablar – bu mahsulotning insonning fiziologik xususiyatlariga muvofiqligi, mahsulot bilan eng qulay ish sharoitlarini ta’minlash uchun hissiy organlari va ruhiyatining o‘ziga xos xususiyatlariga mos keladigan talablar. Estetik talablar: strukturaning ko‘rinadigan elementlari uyg‘un munosabatda bo‘lishi kerak, umumiy fikrga bo‘ysunishi va bir xil uslubda hal qilinishi kerak. Model - bu asl nusxani qandaydir yo‘l orqali tasvirlash va ta’riflashdan iborat bo‘lib, asl nusha hodisa bo‘yicha ma’lum bir gipoteza va aniq bir taxminlarga ko‘ra uni a’lo darajada o‘rganish, tadqiq qilish, uning xossalarini tavsiflash uchun asl nushani almashtirishga imkon beradi. Agar modelda jami kirayotgan har bir parametrlari bir xil ma’noli chiquvchi parametrga ajratishga imkon bersa, bu – determinallashgan model, aks holda determinallashmagan deyiladi. Agar modelda taqdim etilayotgan tizim funksional bo‘lsa (masalan, tenglama), bu – funksional model deyiladi. Agar model qandaydir to‘plam, uning elementlari va ular orasidagi munosabatlardan iborat bo‘lsa, bu – nazariy to‘plamli model deyiladi. Agar model pridekatlar, mantiq funksiyalari va munosabatlardan iborat bo‘lsa, bu – mantiqiy model deyiladi. Agar model elementlari (o‘yinning obyekt va subyektlari) orasida qandaydir o‘yinli vaziyatlarni amalga oshirsa, bu – o‘yinli model deyiladi. Agar model model osti tarkibiy elementlari va ular orasidagi mantikiy munosabatlari to‘g‘risidagi axborotlardan iborat bo‘lsa, bu – mantiqiy axborot modeli deyiladi. Agar modelning funksional ta’riflanishi qandaydir algoritm yoki algoritmlar majmualari bilan tasvirlangan bo‘lsa, bu – algoritmli model deyiladi. Agar model graflar yoki graflar orasidagi munosabatlardan iborat bo‘lsa, bu – grafli model deyiladi. Bu model konstruksiyalashda eng ko‘p qo‘llaniladigan model xisoblanadi. Agar model ierarxik (daraxtsimon) tuzulishdan iborat bo‘lsa, bu – ierarxik (daraxtsimon) model deyiladi. Masalan, o‘lchash asboblarining biror belgilar bo‘yicha tasniflanishini shu model orqali ifodalash mumkin. Agar model, modellashtirilayotgan tizimda munosabatlar va aloqalarni vizuallashtirish imkoniyatini bersa (xususan dinamikada), bu – vizual model deyiladi. Agar model material jihatdan asli nusxasiga ega bo‘lsa, bu – aslidan olingan model deyiladi. Agar model geometrik shakllar va ular orasidagi munosabatlardan iborat bo‘lsa, bu – geometrik model deyiladi. Masalan, asbob maketi qurilayotgan asbobning asl geometrik modeli. Aylanaga ichki chizilgan ko‘pburchak aylananing kompyuter ekranidagi vizual geometrik modelni beradi. Agar modelning obyektini bir nechta yoki barcha parametrlarini variatsiyalash, sinash va o‘rganish orqali qurilgan bo‘lsa, bu – imitatsiya (yasama) model deyiladi. Download 104.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling