6-Amaliyot Raqamli tolali optik uzatish tizimlarining liniya kodlarini tadqiq etish
Download 269.59 Kb.
|
6 amaliyot OAT 2019 2020y Raqamli tolali optik uzatish tizimlarining
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg’ulotning mazmuni
- 3. Amaliy mashg’ulotga topshiriq
- 4. Amaliy mashg’ulotni bajarish tartibi
6-Amaliyot Raqamli tolali optik uzatish tizimlarining liniya kodlarini tadqiq etish Amaliy mashg’ulotning maqsadi Raqamli liniya kodlariga bo‘lgan talablarni o‘rganish, ularning sinflanishi va shakllanishi bilan tanishish, 1B2B sinfidagi kodlarining vaqt bo‘yicha diagrammalari va shakllanishi bilan amaliy tanishishdan iborat. Amaliy mashg’ulotning mazmuni 2.1. 5.1-rasmda ko‘rsatilgan uzatuvchi - qabul qiluvchining umumiy tuzilish sxemasi va shu sxemaning funksional tugunlarini vazifasi bilan tanishish. 2.2. Raqamli TOUT (tolali optik uzatish tizim) larining liniya kodlarini o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning sinflarini va shakllanishini o‘rganish. 2.3. BI-L kodining signallarini qo‘llashni va kodlanish algoritmini o‘rganish 2.4. 1B2B sinfidagi optik liniya kodlarining vaqt bo‘yicha shakllanish diagrammalari grafiklarini olish, shakllanish algoritmlarini va xususiyatlarini o‘rganish. 3. Amaliy mashg’ulotga topshiriq 3.1. [1] adabiyotning 275-294 sahifalarini, [2] adabiyotning 112-121 sahifalarini o‘rganish; 3.2. Hisobot uchun tayyorlangan sahifada, o‘qituvchi bergan raqamli aralashmalar uchun NRZ kodining BI-L kodiga vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rsatish; 3.3. O‘qituvchi bergan raqamli aralashmalar uchun, berilgan kodlash algoritmi bo‘yicha (5.2 va 5.3-rasm) 1B2B sinfidagi har qanday kod uchun vaqt bo‘yicha ketma-ketlikni ko‘rsatish va raqamli optik liniya kodlarining o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning afzalliklari va kamchiliklarini o‘rganish. 4. Amaliy mashg’ulotni bajarish tartibi 4.1. Virtual amaliy mashg’ulotning ishchi oynasidagi mundarija sahifasiga kiritish. 4.2. Sichqonchaning o‘ng tomoni bilan mundarijadagi 1-tugmani bosish, «Optik tolali uzatish tizimlari haqidagi ma’lumotlar» sahifasiga kirish va asosiy tushunchalarni o‘zlashtirish. Asosiy sahifaga qaytish uchun «Mundarija» tugmasini bosish. 4.3. Sichqonchaning o‘ng tomoni bilan mundarijadagi 2-tugmani bosish, optik liniya kodlarining turlarini o‘rganish xamda shu sahifadagi «rasmlar» tugmasini bosib, NRZ kodidan BI-L kodiga o‘zgarishning vaqt bo‘yicha diagrammasini chizish. 4.4. «Ortga» tugmasini, so‘ng «mundarija» tugmalarini bosib, virtual amaliy mashg’ulotning ishchi oynasidagi mundarija sahifasiga qaytish. 4.5. Mundarija sahifasidagi 3-tugmani bosish, optik uzatgichning tuzilish sxemasini o‘rganish va sxemani chizish. 4.6. Sichqonchaning o‘ng tomoni bilan sxemadagi «Koder» blokini bosish va virtual amaliy mashg’ulotni bajarish sahifasigi kirish. So‘ng quyidagilar bajariladi: 4.6.1. «Kirish signali» paneliga boshlang‘ich sakkiz razryadli kodli kombinatsiyani kiritish va «Qabul qilish» tugmasini bosish. 4.6.2. «Kod turini tanlang» panelidan kod turini tanlash va «Kodlash» tugmasini bosish. 4.6.3. Bunda boshlang‘ich sakkiz razryadli kodli kombinatsiyalar raqamli liniya kodlariga o‘zgaradi. Boshlang‘ich kodli kombinatsiyalar va optik liniya kodlarining vaqt diagrammalarini xamda kodlash algoritmlarini chizib olish. 4.6.4. «Kod turini tanlang» panelidan boshqa liniya kodlarini ham tanlab, 4.6.1. banddan 4.6.3. gacha bandlarni takrorlash. 4.7. «Mundarija» tugmasini bosib, virtual ish mundarija sahifasiga qaytish. 4.8. Mundarija sahifasida 4-tugmani bosib, «Test savollari» sahifasiga kirish va test savollariga javob berish. Download 269.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling