6-amliy mashg’ulot Integratsiya


Download 55.89 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi55.89 Kb.
#160376
Bog'liq
IAKT 6


6-amliy mashg’ulot


Integratsiya

Tanlangan( lokustli)

Kompleks

Minimal xarajatdek ko’rinadi

Eng kam daromad

Rivojlantirish harjlarining oshishi

Ish samaradorligi past

Korxona faoliyatining haqiqiy manzarasini ko‘rishning deyarli imkonisiz

boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta’minlash, tahlil qilish va strategik rejalashtirish

ko‘plab yo‘nalishlarni avtomatlashtirish

asosiy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta’minlash.

ishlab chiqarishni qismlarga ajratishning eng past bosqichidan yuqori boshqaruv darajasigacha egallashga imkon beradi.
Topshiriq №1. “Integratsiya” terminiga klaster tuzish.

Topshiriq №2. “Integratsiya” terminiga sinkveyn tuzish.

Integratsiya

Kompleks, lokustli

Rejalashtirish, tahlillash, rivojlantirish

Turli sohalarni avtomatlashtirish tizimi

Avtomatlashtiruv


Topshiriq №3. Axborot komplekslarini integratsiya qilish mavzusiga oid keys tuzing va yechimini ishlab chiqing.

Holat: Korxona ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida integratsiyalash jarayonini boshladi va bu yo’lda integratsiyaning lokustli yo’nalishini tanladi. Maqsad kam xarajat qilib yuqori daromad olishga erishish. Bu usul korxona rahbariga yoqdi, chunki lokustli usul integratsiyani korxonaga bosqichma-bosqich joriy qilar edi va kam harajat qilish mumkindek ko’rinardi. Shu bilan bir qatorda korxona daromadi hozirgi vaqtda kam bo’lganligi sababli kompleks usuldan foydalanish imkonsiz edi. Korxona dastlabki integratsiyalash jarayonini boshladi va sinov holatida dastlab integratsiyani korxona ishlab chiqarishining kichik sohalariga tatbiq qildi.

Muammo: Dastlab ishlab chiqarish past darajada bo’lsa ham rivojlandi, ammo bu uzoq vaqt sarf qilgani uchun korxona raqobatchilaridan ortda qola boshladi va katta sohalarga integratsiyani joriy qilishda ko’plab muammolar yuzaga keldi, korxona xarajatlari dastlab kamaygan bo’lsa endilikda yanayam ortib ketdi.Korxona iqtisodiy holati regressiv holatga tushdi. Korxona bu holatni to’xtatish uchun yangi choralar ko’rmoqchi.

Yechim: Hozirgi vaqtda korxona avvolo integratsiyaning lokustli usulidan vos kechishi kerak va qolgan tarmoqlarni kompleks usulda integratiyalashga o’tishi kerak.Bu usulni qo’llash uchun hozirgi vaqtda korxona byudjeti yangi xarajatlarni qoplay olmasligidan kelib chiqib, korxona rahbariga banklardan imtiyozli kreditlar olish taklif qilinadi yoki yirik investorni jalb qilish kerak. Ammo ushbu holatda har qanday investor ham korxonaga sarmoya kiritavermaydi, shu sababli kredit masalasini tanlash tavsiya qilinadi.Bu usul hozirgi vaqtda foydali hisoblanadi, chunki korxona imtiyozli kredit olishga erishsa, kredit hech qanday foizlarsiz beriladi va dastlabki 6 oy muddatga kreditni kechiktirish imtiyozini beradi. Natijada korxona dastlabki 1 oy ichida barcha sohani integratsiyalaydi, 2-oyda ishlar sekin asta o’z joyiga tusha boshlaydi, keyingi oylarda esa rivojlanishlar boshlanadi. ( Albatta bu yechimlar faqat nazariy bo’lib, amaliyotda sinab ko’rilmagan, shu sababli amalyotda o’z samarasini berishiga kafolat berilmaydi. Biroq biznes bu tavakkalchilik demakdir. )



Topshiriq №4. Savollarga javob bering:

1. Integratsiya nima?

Integratsiya ( lot. Integratio-tiklash, to’ldirish; integer- butun ) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik holatini hamda shun-day holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha. Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni.

2. Axborot majmuasi nima?



Axborot-bu biron bir voqea-hodisa haqidagi aniq faktlarga asoslangan ma’lumotdir.Axborot majmuasi esa bir turdagi yoki bir necha turdagi axborotlar jamlangan tizim yoki joy.
Download 55.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling