6-b sinf Darsning mavzusi: Har XIL maxrajli kasrlarni taqqoslash


Download 0.68 Mb.
bet1/3
Sana17.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1097881
  1   2   3
Bog'liq
6-sinf Har xil maxrajli kasrlarni taqqoslash .


Sana: 21.09.2022
Sinf: 6-B sinf
Darsning mavzusi: Har xil maxrajli kasrlarni taqqoslash .
Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy:

O’quvchilarni har xil maxrajli kasrlar bilan tanishtirish,ularni qanday taqqoslash kerakligi haqida ma’lumot berib ularda ko’nikma hosil qilish: FK1

  1. tarbiyaviy:

O’quvchilarni o’z maqsadlariga erishish ruhida tarbiyalash,bir-biriga o’zaro hurmat,jamoa bo’lib ishlash,o’zaro yordam va beriladigan vazifalarni bajarishda ma’suliyat sezish ko’nikmalarini tarkib topdirish;TK3

  1. rivojlantiruvchi maqsad:

O`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish,o’rganilgan bilimlarni amalda qo’llash qobilyatlarini shakllantirishga sharoit yaratish;FK2
Dars turi: Yangi bilim berish,aralash,o’yinlar.
Dars qo’llanilgan metodlar: Baholash ; Kichik guruhlarda ishlash;Namoyish;
Savol javob;
Darsning jixozi: Darslik,chizmalar,tarqatmalar,nootbuk.
Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)

  2. Tayanch bilimlarni faollashtirish. ( xotirani sinash 12 daqiqa)

  3. Yangi bilimlarni o’rganish. (10 daqiqa)

  4. O’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash (15 daqiqa)

  5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa)

  6. Darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.(2 daqiqa)




Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
1.Salomlashish;
2.Davomatni aniqlash;
3.O’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish;
4.Dars davomida bizga kerakli texnik vositalarni ko’zdan kechirish, namoyish etiladigan slaydlarni darsga tayyor holga keltirish.
Tashkiliy qism mobaynida “Baholash “ metodini yonlariga qo’yib o’zlarini baholab borishlarini aytamiz. Biz o’quvchilar bilan har darsimizda foydalanamiz.Bu metod o’quvchilarni vaqtdan yutib baholash imkoniyatini beradi.Har bir o’quvchi qaysi dars bo’lishidan qat’iy nazar foydalansa bo’ladi.Ozgina ta’rif berib o’tib ketaman.Meni o’quvchilarim o’zlari uchun har biri o’zi yasab olgan.
O’quvchilar qo’llaridagi bu qog’oz ochiladi ichida oq qog’oz bor.Almashtirib boshqa fan uchun ham foydalansa bo’ladi. Har bir shakl ustidan darsda qatnashishi davomida o’zini baholab boradi.Masalan,darsga kelgani uchun 1-shakliga 1 ball,uyga vazifasi bo’lsa 2-shaklga 2 ball, o’tilgan mavzu yuzasidan savollarga javoblar uchun yana vahakazo ball qo’yib boradi.Oxirida ballari nechiga borgan bo’lsa,o’quvchini ana o’sha baho bilan baholaymiz.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling