6-bob. Oltin metallurgiyasi


Download 1.89 Mb.
bet11/22
Sana23.04.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1391684
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
oltinmetallurgiyasi

6.4-jadval.
Avtomatik shlyo’zlarning texnik harakteristikasi

Parametrlar

SHА-1М

34-КS

346-КS

Yuzaning o'lchami, mm:
uzunligi, kengligi

1800 х900



1800х 1800



1800 х1800



Yuzaning umumiy maydoni, m2

8

16

16

Yuzalar soni

5

5

5

Shlyuzda boyitishda yuzaning qiyalik burchagi, gradus

9х45



9х45



4х12х45

Boyitiluvchi mahsulotning yirikligi, mm




0,3 gаchа




Elektrodvigatel quvvati, kVt

1,7

1,7

0,4

Gabarit o'lchamlari, mm: uzunligi, kengigi, balandligi

1650х 1345 х3320

2840х 2250х 3320

2810х 2205 х3540

Og’irligi, t

2,5

2,28

1,41

Chuqur to'ldiriluvchi shlyuzlar qalinligi 40-50 mm li taxtadan to’g’ri burchak kesimli qilib tayyorlangan tarnovchadan iborat. Shlyuzlarning o’zunligi 150-180 m, kengligi 0,9-1,8 m, chuqurligi (balandligi) esa 0,75 dan -9 m gacha bo'ladi. Shlyuzning qiyalik burchagi 2-3°. Shlyuz tubiga trafaret to'shaladi. Ko'pincha, trafaretlar orasida cho'kuvchi mayda og’ir minerallarni ushlab qolish uchun butun shlyuz tubi bo'ylab trafaret ostidan junli mato joylashtiriladi.


Mayda zarrachali mahsulotni boyitish uchun sayoz to'ldiriluvchi shlyuzlardan foydalaniladi. Bunday shlyuzlar tubiga kigiz, dag'al tukli movut, karderoy, velvet kabi qoplamalar to'shaladi.
Shlyuzlarning solishtirma ishlab chiqarish quvvati mahsulotning yirikligi, boyitmaning chiqishi va junli qoplamaning turiga qarab 2 dan 30 t/m2 sutkani tashkil qiladi.
Shlyuzlarda boyitishga sarflanadigan suvning hajmi mayda mahsulotni boyitishda va qiyalik burchagi katta bo'lganda sarflanadigan suv miqdori har 1 m3 ruda uchun 3-10 m3, 200-300 mm yiriklikdagi rudani boyitishda esa 1 m3 ruda uchun 100 m3 gacha suv sarflanadi.
Og’ir muhitda boyitish jarayoni nazariyasi - og’ir muhitda boyitish jarayoni zarrachalar aralashmasini zichligi bo’yicha gravitatsiya yoki markazdan qochma maydonda ajratishga asoslangan bo’lib, muhitning zichligi ajratilayotgan zarrachalar zichliklari oralig’ida bo’lishi kerak. Zichligi muhit zchiligidan kichik bo’lgan minerallar muhit yuzasiga suzib chiqadi, og’irlari esa cho’kadi. Og’ir muhit sifatida og’ir organik suyuqliklar, og’ir tuzlarning suvli eritmalari va og’ir aralashmalar – ya'ni og’ir minerallarning o’ta mayda zarrachalarining suv bilan aralashmasi qo’llanilishi mumkin.
Tuzlar aralashmasi va og’ir organik suyuqliklar narxining qimmatligi va ish faoliyatini qayta tiklashning qiyinligi tufayli sanoatda qo’llanilmaydi. Og’ir aralashmalarda boyitish keng qo’llaniladi. Aralashmaning barqarorligi uning asosiy xususiyatlaridan bo’lib, boyitish jarayonida mineral zarralarning ajralish tozaligiga ta'sir qiladi. Aralashmaning barqarorligi deganda vaqt birligida qatlam bo’yicha berilgan zichligini saqlab turish qobiliyati tushuniladi. Aralashmaning barqarorligi qattiq zarrachalarning cho’kish tezligi bilan aniqlanadi va og’ir suyuqlikning zarrachalari o’lchamiga, haroratiga va uning zichligiga bog’liq. Aralashmaning barqarorligiga og’ir suyuqlikning tarkibini to’g’ri tanlash, aralashmani mexanik aralashtirish va unga normallashtiruvchi moddalar qo’shish orqali erishiladi. Aralashmaning barqarorligini oshirish uchun unga tuproq, juda mayda zarrachali og’irlatgichlar, yoki suyuq shisha, oltingugurt alyuminatlar (0,001-0,5%) qo'shiladi. Aralashmaning qovushqoqligiga ta'sir etuvchi omillar – og’ir muhit zarrachalarining o’lchami (qumoqlilik tarkibi) va ularning aralashmadagi hajmiy kontsentratsiyasi. Og’ir muhit zarrachalarining o’lchami qancha katta bo’lsa, uning qovushqoqligi shuncha kamayadi.
Og’ir muhit aralashmasini tayyorlash quyidagicha olib boriladi: aralashma zarrachalarini maydalash, yanchish, tasniflash va maxsus aralashtirgichda suv bilan aralashtirish hamda og’ir muhitda saralash uskunasiga yuborish.
Og’ir muhit aralashmasini uzoq muddat ishlatish uning tarkibini boyitilayotgan mahsulot zarrachalari bilan ifloslanishiga olib keladi. Aralashmaning dastlabki xususiyatini tiklash uchun regenerats Regeneratsiya jarayonida aralashmani boyitish mahsulotlaridan ajratiladi va zarrachalar yuzasidan aralashmani yuvib tushuriladi. Agar og’ir muhit aralashmasi magnit xususiyatiga ega bo’lsa, boyitish stolida yoki flotatsiya mashinasida tozalanadi.
Foydali qazilmalarni moddiy tarkibining har xilligi va aralashmaning fizika-mexanik xossalari, yuqori sifatli ajralishga ega bo’lish zaruriyati va boshqa omillar ko’p turdagi og’ir muhit saralagichlarini yaratishga sabab bo’ldi. Ular quyidagi asosiy belgilari bilan farqlanadi:
1) qo’llaniladigan og’ir muhit aralashmasi bilan: suv aralashmali va havo aralashmali;
2) minerallarning ajralish sharoiti bilan: statik va markazdan qochma;
3) og’ir fraktsiyani bo’shatish usuli bilan: gidravlik va mexanik;
4) ajraladigan boyitish mahsulotlari soni bilan: ikki mahsulotli va uch mahsulotli.
Yirik donador (o’lchami 6 mm dan katta) mahsulotlarni boyitishda statik sharoitda ajratish asosida ishlaydigan saralagichlar qo’llaniladi. Mayda donador (o’lchami 6 – 1mm) mahsulotlarni boyitishda dinamik sharoitda ajratish asosida ishlaydigan saralagichlar – siklon va sentrifugalar qo’llaniladi. Mahsulotlarni spiral orqali bo’shatadigan barabanli saralagich rangli va qora metall rudalarini va nometall foydali qazilmalarni boyitishda qo’llaniladi. Saralagichning barabani tashqi joylashgan roliklarda turadi va yurituvchi yordamida bir daqiqada 3; 4 va 6 marta tezlikda aylanadi. Barabanga yon tomonda joylashgan qopqoqlarning biri orqali aralashma yuklanadi. Bosh mahsulot yuklanadigan va yengil zarralar bo’shatiladigan tomon tuynugi diametri og’ir fraktsiya bo’shatiladigan tomon tuynugi diametridan katta bo’ladi.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling