6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash


Download 0.6 Mb.
bet1/29
Sana23.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1716881
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Metallarresiklingi6-bob


6-BOB. rangli METALL PARCHALARI VA CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASH
6.1. Alyuminiy va mis parchalari va chiqindilarining tasnifi va sinfi
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan alyu- miniyning hammasi metall chiqindilarini qayta ishlovchi korxonasining mahsu-loti hisoblanadi. Asosiy xom ashyosini alyuminiy qirindilari, simlar, samolyot, dvigatel, asbob - uskuna detallari tashkil qiladi.

6.1-rasm. Alyuminiy qotishmasi
Alyuminiyli chiqindilar mashina, dvigatel, samolyot, asbob-uskuna qismlardan iborat. Chiqindi alyuminiy xom ashyosining asosiy qismini prokat va listdan har-xil asboblar yasashdan, sim yasashdan hosil bo‘lgan chiqindilar hosil qiladi. Alyuminiyli chiqindilar mashina, dvigatel, samolyot, asbob-uskuna qismlardan iborat. Chiqindi alyuminiy xom ashyosining asosiy qismini prokat va listdan har-xil asboblar yasashdan, sim yasashdan hosil bo‘lgan chiqindilar hosil qiladi. Bundan tashqari hamma alyuminiyli temir-tersaklarni 40 foizini tashkil qiladigan qirindilar juda ko‘p tayyorlanadi. Bular alyuminiy va ularni qotishmalariga mexanik ishlov berganda hosil bo‘ladi.Davlat standartiga muvofiq alyuminiy temir-tersaklari va ularning chiqindilarining sinflanishining birinchi guruhiga -legirlanmagan alyuminiy temir-tersaklari va chiqindilari, ikkinchi guruhga - tarkibida magniy miqdori past bo‘lgan (0,8 foizgacha) deformatsiyalangan qotishmalarining temir-tersaklari va chiqindilari, uchinchi guruhga - tarkibida magniy miqdori yuqori bo‘lgan (1,8 foizgacha) deformatsiyalangan qoltishmalarning temir-tersaklari va chiqindilari, to‘rtinchi guruhga - tarkibida mis miqdori past bo‘lgan (1,5 foizgacha) quyma qotishma chiqindilari, beshinchi guruhga - tarkibida mis miqdori yuqori bo‘lgan quyma alyuminiyli qotishmalari, oltinchi guruhga - magniy miqdori yuqori bo‘lgan (6,8 foizgacha) alyuminiyli deformatsiyalangan qotishmalari, ettinchi guruhga - magniy miqdori yuqori bo‘lgan (13 foizgacha) alyuminiyli quyma qotishmalar, sakkizinchi guruhga - ruh miqdori yuqori bo‘lgan (7,0 foizdan ko‘p bo‘lmagan) deformatsiyalangan qotishmalarning chiqindilari, to‘qqizinchi guruhga - rux miqdori yuqori bo‘lgan (12 foizgacha) alyuminiyli quyma qotishmalari, o‘ninchi guruhga - I-IX guruhlarning talablariga javob bermaydigan past sifatli temir-tersak va chiqindilar kiradi.
Quyidagi 6.1-jadvalda Davlat standarti bo‘yicha alyuminiy metalli va qotishmalarining termir-tersak va chiqindilarini sinfi keltirilgan.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling