6. Chervyakli uzatmalarni mustahkamlikka hisoblash


Chervyakli uzatmalarni eguvchi kuchlanish bo‘yicha hisoblash


Download 71.24 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi71.24 Kb.
#1044074
1   2
16.2 Chervyakli uzatmalarni eguvchi kuchlanish bo‘yicha hisoblash
Eguvchi kuchlanish bo‘yicha faqat chervyakli g‘ildirak tishlarigina hisoblanadi, chunki chervyak po‘latdan tayyorlanganligi uchun o‘ramlarining mustahkamligi g‘ildirakning mustahkamligidan katta.
Chervyakli g‘ildirak egilishga mustaxkamligini qiya tishli silindrsimon uzatmalarda hisoblanadi, lekin chervyakli g‘ildirak tish asosining ko‘ndalang kesimi qiya tishli silindrik g‘ildiraklarnikidan farq qiladi. Tish kesimining shakli g‘ildirak kesimining eni bo‘yicha bir xil bo‘lmaydi. Bundan tashqari, tish asosini to‘g‘ri chiziq bo‘yicha emas, balki yoyi bo‘yicha joylashgan bo‘ladi. SHuning uchun hisoblash ishlarida chervyak g‘ildirak tishlarini mustahkamligi qiya tishli g‘ildirak tishlarining mustahkamligidan 2040% yuqori bo‘ladi.
Chervyakli uzatmalar uchun , qabul qilsak, g‘ildirak tishlarining xavfli kesimidagi egilishdagi kuchlanishning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
(16.6)
bu erda: -g‘ildirakdagi aylanma kuch, N;
-g‘ildirakning eni, mm;
-normal kesimning moduli;
-yuklanish koeffitsienti;
-tish shaklining koeffitsienti, qiymati jadvaldan g‘ildirak tishlar soning ''keltirilgan'' qiymatiga nisbatan tanlanadi:
YUklanish koeffitsienti. Chervyakli uzatmada yuklanish koeffitsienti, bu qo‘shimcha dinamik kuchlarni hisobga oluvchi koeffitsientlar ko‘paytmasi teng, ya’ni
Chervyakning tayanchlar orasidagi masofa nisbatan kattaligi tufayli ish jarayonida kuchlar ta’sirida deformatsiyalanadi, natijada kuchlanishlarni to‘planishi sodir bo‘ladi. Kuchlanishni to‘planish koeffitsientining nazariy qiymatni, uzatma g‘ildiraklar ish jarayonida o‘zaro moslashmaydi deb qabul qilsak, qiymat quyidagicha aniqlanadi:
(16.7)
bu erda: Q - chervyakning deformatsiyalanish koeffitsienti qiymati jadvaldan q, z ga nisbatan tanlanadi.
16.3 Uzatmani qizishini tekshirish, sovitish va moylash
Uzatmada ish jarayonida mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanib uzatmani qizitadi. Agarda uzatma etarli darajada sovitilmasa, u qizib tezda ishdan chiqish mumkin.
Uzatma har sekundda hosil bo‘lgan issiqlik miqdori quyidagicha aniqlanadi:
(16.10)
bu erda: - uzatilayotgan kuvvat,
- uzatmaning f.i.k.
Tabiiy holda uzatmada hosil bo‘ladigan issiqlikning bir qismi yopiq uzatma qutisini tashqarisidan olib ketiladigan issiqlik miqdori quyidagicha aniqlanadi:

bu erda: A-havo bilan sovutiladigan yuza qiymati, bu qiymat o‘qlararo masofaga nisbati jadvaldan olinadi:
t1 - yopiq uzatma ichinig yoki moyning temperaturasi;
-issiq chiqarish koeffitsienti Vt/m2, rad.
SHamollatib turilmaydigan yopiq xonalarda =1318 Vt/m2, rad.
t0 - moyning teperaturasi.
ning qiymati foydalanilgan moyning turiga bog‘liq. YOpiq uzatmalarga mo‘ljallangan moylar uchun . Samolyot moylari uchun .
Uzatmani qizib ketmasligi uchun shart bajarilishi kerak. Aks holda uzatma su’niy ravishda sovutish kerak. Bunga chervyak valiga sovutgich o‘rnatish, ichida to‘xtovsiz sovuq suv oqib turadigan bir necha bor bukilgan turbani moy ichiga joylashishi yoki moyni maxsus xoladilniklarda sovutish yo‘llari bilan erishish mumkin.
Uzatma g‘ildiraklarni, ya’ni chervyakli g‘ildiraklar moyga cho‘ktirish yo‘li bilan yog‘lash mumkin. Bunda chervyak o‘rami chervyakli g‘ildiraklarini tishi butun balandligi bo‘yicha moyga cho‘ktirish kerak. Sekin harakatlanuvchi uzatmlar uchun esa chervyakli g‘ildirak diametrini 1/3 balandligi bo‘yicha cho‘ktirish mumkin.
Uzatma har bir uzatilayotgan quvvat uchun 0,35...0,7l moy quyish tavsiya etiladi.
Tezligi >12 m/s bo‘lgan uzatmalarda sirkulyasiya yo‘li bilan moylash tavsiya etiladi, bunda moy ilashish chizig‘iga va podshipnikka tozalanib quyiladi.
Download 71.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling