6. Hayitov H. A. Literary influence and artistic image //Экономика и социум. 2019. №. С
Download 29.8 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq192-193
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKKAZIONALIZMLARNING BADIIY ASAR TAHLILI VA TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI Yоriyeva Zarifa Hamroyevna BuxDU 1-bosqich magistranti Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
192 6. Hayitov H. A. Literary influence and artistic image //Экономика и социум. – 2019. – №. 8. – С. 11-14. 7. Saidova M. Educate students by solving textual problems //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. – 2019. – Т. 7. – №. 8. Ergashovna S. G. Modern Lesson Forms in Mathematics in Primary Schools //European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). – 2022. – Т. 14. – С. 106-109. 9. Дустова Д. С., Каримова Д. Э. Формирование у младших школьников текстовых умений на уроках русского yaзыка //innovation in the modern education system. – С. 69 10. Xudoyberdiyeva N. O., O‘roqova G. Folklorda makon va zamonning o‘ziga xos talqini //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 468-474. 11. https://hozir.org/swot-tahlil-nima.html 12. https://www.mindtools.com/pages/article/newTMC_05.htm 13. 4-sinf o‘qish darsligi, S. Matchonov, A. Shojalilov, X. G‘ulomova, Sh. Sariyev, Z.Dolimov, Toshkent “Yangiyul poligraph service” 2020. OKKAZIONALIZMLARNING BADIIY ASAR TAHLILI VA TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI Yоriyeva Zarifa Hamroyevna BuxDU 1-bosqich magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada okkazional – tasodifiy so‘zlarning badiiy asarlar taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati, badiiy matn tahlilida bevosita ehtiyoj sifatidagi vazifasi ilmiy-nazariy tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Dekart, insoniyat olami, tasodifiy atama, so‘z yasalishi, lug‘at, leksika, polisemiya, neologizm, bodaparast, butparast, olovpari, leksema, mantiq va hokazo. Hozirgi kunda tillar tez rivojlanmoqda, fan-texnika va madaniyatning turli sohalarida yuzaga kelayotgan yangi tushunchalarni ifodalovchi yangi-yangi so‘zlar bilan to‘xtovsiz boyimoqda. Ba’zan birinchi marta uchragan notanish so‘zning ma’nosi aniqlab, tushunib olinmasa yoki ayni bir so‘z o‘quvchi va yozuvchi tomonidan turlicha tushunilsa, anglashilmovchilik kelib chiqadi. “So‘zlarning ma’nosini tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini anglashilmovchiliklarining yarmidan xolos qilasiz”, degan edi buyuk faylasuf Dekart. Tilda yangidan yuzaga kelayotgan so‘zlargina emas, balki azaldan mavjud bo‘lgan so‘zlar ham birinchi marta uchraganda o‘quvchi uchun “yangi”dir. Shu mulohazalarni inobatga olib, badiiy asarlarning taraqqiyoti va tahlilida okkazionalizmlarning muhim o‘rni mavjud deb hisoblaymiz. M. Mirtojiyev “O‘zbek tilida polisemiya” qo‘llanmasida barcha turkiy tillardagi kabi o‘zbek tilida ham ko‘chma ma’nolarni hosil qilish jarayonini ikkiga: sodda jarayon va elliptik jarayonga bo‘lgan holda ko‘chma ma’nolarni hosil qiluvchi hodisalar sifatida metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik va tobeliklarni keltiradi. Bu hodisalarni elliptik jarayon natijasida sodir bo‘lishini aytadi. Xulosa sifatida esa ko‘chma ma’no hosil bo‘lishidagi elliptik jarayon o‘ziga xos murakkablikka ega bo‘lib, ko‘p hollarda polisemantik so‘zlarni vujudga keltirmaydigan, kontekstual holatgagina xos, okkazional ma’nolarni hosil qilishini ta’kidlab o‘tadi. Bundan ko‘rinadiki, ko‘chma ma’nolarni hosil qiluvchi metafora, sinekdoxa hodisalar ham okkazional ma’noni vujudga keltiradi. Lekin okkazional ma’noga ega so‘zlar semantik okkazionalizm bo‘lganligi uchun ham bu hodisalar matndagina okkazional ma’no hosil qilishi kerak. Fikrimizning dalili sifatida badiiy matnlarga murojaat qilamiz: Misol tariqasida Hannoluzoda Ali Afandining “Ahmad” nomiga yozgan muammosiga marojaat qilamiz: Shavqi visolingla, ey durri noyob, Xush dil o‘ldi domani ahbob. “Durri noyob”, “xush dil”, “domani ahbob” so‘zlari badiiy bo‘lgan nazmda tasodifiy so‘zlar hisoblanib, okkazionalizmlar sanaladi. Okkazional so‘zlar badiiy nazm va nasr taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi: 1.So‘zlarni takror qo‘llash va g‘alizlikning oldini oladi. 2. Badiiy asarni tiniq va ravon o‘qilishini ta’minlaydi. 3. Kitobxon uchun o‘zbek tili leksikasida mavjud bo‘lmagan so‘zlar orqali lug‘aviy boylikni oshiradi. 4. Badiiy asarda ohangrabolik, estetik zavq, nutqiy shaffoflik uchun xizmat qiladi. Okkazional ma’no va okkazional so‘z individual shaxs tomonidan yaratilishi, intim tushunchalarni, estetik fikr-mulohazalarni yaxshiroq va aniqroq yetkazib berishi, aynan kontekstdagina, ya’ni matn tarkibida mavjudligi kabi xususiyatlari bilan o‘xshash bo‘lsada, lug‘at tarkibidan joy olganligi, yasalish 193 tizimi, uzual qatlamga o‘tish o‘tmasligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. M. Mirtojiyev okkazional ma’noni uzual ma’noga o‘tmasligini qat’iy ta’kidlaydi. Bizningcha, okkazional ma’no uzual ma’noga o‘tmaydi, okkazional so‘z esa uzual so‘zga o‘tadi va leksik qatlam tarkibiga kiradi. Misol uchun Anvar Obidjon uslubiga xos bo‘lgan “Do‘mbirobod”, “G‘irbonobod” so‘zlari hozirgi kunda umumtil leksikasiga o‘tgan bo‘lib, biz bu so‘zlardan onomastikada ko‘cha va mahallalarni nomlashda ham foydalanib kelmoqdamiz. Okkazional so‘zning barqaror so‘zga o‘tishiga G‘afur G‘ulomning 1956-yilda nashr etilgan to‘plamida birinchi marta qo‘llangan “do‘stparvar” so‘zi 1964-yili “Sovet O‘zbekistoni” gazetasida qayta qo‘llanilgan va til birligi sifatida lug‘at tarkibidan o‘rin olgan. Okkazionalizmlarning yaratilishiga bir necha omillar sabab bo‘ladi. Murakkab tasvirni to‘liq ifodalaydigan so‘z topish istagi, so‘z imkoniyatlarini maksimal darajada ifodalashga intilish, yangi, noodatiy, kutilmagan ifodalar tasviri. Okkazionalizmlar bilan muallif mavzuga bo‘lgan munosabatini ta’kidlamoqchi, uning hususiyati va bahosini bermoqchi bo‘ladi. Badiiy adabiyot, ayniqsa, she’riyat- nazm, badiiy okkazionalizmlarni yaratadigan maydon hisoblanadi. Bu maydondagi har bir ijodkor o‘z his- tuyg‘ulari, maqsadi va fikr- mulohazalarini bir-biridan jimjimali va betakror so‘zlar bilan to‘ydirib boradi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ijodkorlarning badiiy-estetik tasavvuri va gumanistik xayolot dunyosini mahsulini kitobxonga etkazishga samarali va sermahsul vosita hisoblangan okkazionalizmlar asarning badiiy-estetik qimmatini oshirish bilan bir qatorda yozuvchining so‘z qo‘llash bilan bog‘liq mahoratini, his-tuyg‘u, tushunchani ifodalashdagi qobiliyatini belgilovchi, ijodkor va o‘quvchi, ya’ni axborotni uzatuvchi hamda axborotni qabul qiluvchi shaxs o‘rtasida anglanishi, tushunilishi biroz murakkab bo‘lgan voqeliklarni yanada yaxshiroq va o‘zgacha nafosat bilan mukammal tarzda etkazishda ma’naviy ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Download 29.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling