Отображение линии в соответствии с весами
– chiziq
yo‘g‘onligining tasvirlanish tugmasi LM yordamida yoqiladi (yoki o‘chiriladi).
Eslatma:
Ekranda chiziqning yo‘g‘onligi nihoyatda qalin bo‘lib tasvirlansa ham
uning chizmasini printer yoki plotter orqali qog‘ozga chiqarilganda 0.80mm ga teng
bo‘lib chiqadi;
Albatta, holatlar qatoridagi ushbu
«Быстрые свойства» - tezkor xususiyat
buyrug‘ining tugmasi o‘chirilgan bo‘lishi shart.
3 – misol.
[CD] kesmaning rangi Зеленый – yashil, chiziqning turi осевая2 va qalinligi
0,30mm qilib o‘zgartirilsin. (2 – chizmaga qarang!).
Ushbu misol quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
1.
[CD] kesma bo‘sh
kursor bilan LM yordamida belgilanadi.
2.
«Свойства»
panelining chap qismidagi ushbu
tugma LM bilan belgilangandan so‘ng, uning
ro‘yxatidan Зеленый so‘zi LM bilan belgilanadi.
3.
«Свойства»
panelining o‘rta qismidagi ushbu
tugma LM bilan belgilangandan so‘ng, uning
ro‘yxatidan осевая2 so‘zi LM bilan belgilanadi.
4.
«Свойства»
panelining o‘ng qismidagi ushbu
tugma LM bilan belgilangandan so‘ng, uning
ro‘yxatidan 0.30mm bandi LM bilan belgilanadi va Esc tugma bosiladi.
4 – misol.
[EF] kesmaning rangi Синий – ko‘k, chiziqning turi невидемая2 va qalinligi 0,35mm
qilib o‘zgartirilsin. (2 va 3 – chizmalarga qarang!). Misol mustaqil bajarilsin.
3 – chizma.
5 – misol.
[KL] kesmaning rangi Белый – oq, chiziqning turi Continuous va qalinligi 0,30mm
qilib o‘zgartirilsin. (2 va 4 – chizmalarga qarang!). Misol mustaqil bajarilsin.
4 – chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: |