6 lаbоrаtоriya ishi elektrolitik eritmalar. Tuzlarning gidrolizi. Ishning maqsadi


Tajriba 2.Kuchsiz elektrolitlar dissotsiatsiyalanishida ionlar


Download 412.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi412.45 Kb.
#1614242
1   2   3   4
 
Tajriba 2.Kuchsiz elektrolitlar dissotsiatsiyalanishida ionlar 
muvozanatining siljishi. 
a) Probirkaga 2-3 ml 0,1N CH
3
COOH eritmasidan quying va unga 1-2 
tomchi metiloranj eritmasidan tomizing. Kislotali muhitda metiloranj qanday rang 
xosil qiladi ? O’sha probirkaga tahminan 1 g CH
3
COONa tuzi kristallidan soling 
va yaxshilab aralashtiring. Nima uchun eritmaning rangi o’zgaradi ? Kuchsiz 
elektrolitlar eritmasi ustiga bir xil ioni bo’lgan elektrolit qo’shilganda ionlar
muvozanatining siljish sababini tushuntiring. 
b) Probirkaga 0,1 N li NH
4
OH eritmasidan 5-6 ml quying va unga 2-3 
tomchi fenolftalien eritmasidan qo’shib chayqating. Eritmani ikkita probirkaga 
bo’ling. Probirkalardagi eritmalardan biriga taxminan 0,5 g NH
4
Cl tuzi kristallidan 
solib aralashtiring va eritma rangining o’zgarish sababini tushuntiring.
 
Tajriba 3. Elektrolitlarni kimyoviy aktivligini solishtirish. 
A) Ikkita probirkaga bir xil kattalikdagi marmar bo’lakchasini soling, birinchi 
probirkaga 1-2 ml 2 N sirka kislotasining eritmasini va ikkinchi probirkaga xudi 
shu xajmda 2 N xlorid kislotasidan quying. Qaysi probirkada gaz shiddatliroq 
ajralib chiqadi. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamasini, reaksiyalarni 
tezligining matematik tenglasini yozing. Shu reaksiya tezligi qaysi ionlarning 
konsentratsiyasiga bog’lik? 
V) Probirkaga 5 ml 1 N HCI eritmasidan quying va ustiga bir bo’lak rux soling. 
Vodorodning bir tekis ajralishini kuzating. Probirkaga 0.5 g CH
3
COONa 
kristallidan solib aralashtiring. Ruxning erish tezligi o’zgaradimi? Yangi hid 
paydo bo’lganini ko’ring va reaksiya tenglamalarini yozing. 
 
Tajriba 4. Ion almashinish reaksiyalaring yo’nalishi. 
a) Uchta probirka olib birinchisiga 1 ml 0,5 N FeCI
3
, ikkinchisiga 1 ml
0,5 N Na
2
SiO
3
, uchinchisiga 1 ml 0,5 N H
2
SO
4
eritmasidan qo’ying. Birinchi 
probirkaga 2 N NaOH, ikkinchisiga- 2 N HCI, uchinchisiga- BaCl
2
eritmasidan 
quying. Nima kuzatiladi, cho’kmaga qanday moddalar tushadi? Molekulyar va 
ionli tenglamalarini yozing. 
b) Probirkaga 1-2 ml 0,5 N Na
2
CO
3
eritmasidan va bir necha tomchi 0,5 N 
H
2
SO

eritmasidan quying. Nima kuzatiladi? Molekulyar va ion tenglamalarini 
yozing.
v) Probirkaga 1-2 ml 0,5 N NH
4
CI eritmasidan quyib 1-2 ml 2 N
NaOH eritmasidan qo’shing va uni alangada qaynaguncha qizdiring. So’ng 
ehtiyotlik bilan ajralib chiqaetgan gazni xidlab qo’ring va xaqiqatdan NH
3
gazi
ekanligini aniqlang. Molekulyar va ion tenglamalarini yozing.

Download 412.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling