6 lаbоrаtоriya ishi elektrolitik eritmalar. Tuzlarning gidrolizi. Ishning maqsadi
Download 412.45 Kb. Pdf ko'rish
|
6 - LАBОRАTОRIYA ISHI Elektrolitik eritmalar.Tuzlarning gidrolizi. Ishning maqsadi: elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasining asosiy qoidalarini o’zlaщtirish va elektrolit eritmalarida boradigan jaryonlarni o’rganish. Kerakli reaktivlar va jihozlar: H 2 O-distillangan suv, shakar, NaCl-natriy xlorid(oq kristall modda), sirka kislotasi CH 3 COOH (kontsentrlangan rangsiz eritma), natriy atsetat CH 3 COONa (oq kristall modda), NH 4 OH-ammoniy gidroksid (rangsiz eritma), indikator- fenolftalein (rangsiz eritma), marmar bo’lakchasi CaCO 3 , HCl xlorid kislota(rangsiz eritma), FeCl 3 -temir (III) xlorid (qizg’ish qo’ng’ir rangli eritma), Na 2 SiO 3 tuzi (rangsiz eritma), sulfat kislota eritmasi H 2 SO 4 rangsiz eritma, 2 N li KOH rangsiz eritma, BaCl 2 bariy xlorid tuzi ransiz eritma, Na 2 CO 3 natriy karbonat tuzi rangsiz eritmasi, qo’rg’oshin nitrat tuzi Pb(NO 3 ) 2 rangsiz eritma, natriy yodid tuzi NaI rangsiz eritma. Elektr o’tkazuvchanlikni o’lchovchi asbob, menzurka, stakanlar, shisha tayoqcha, elektrodlar, probirka. Tajriba 1. Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini aniqlash. Elektr o’tkazuvchanlikni o’lchovchi asbob Tajriba rasmda tasvirlangan abobda bajariladi. Asbob stakandan(1), ketma- ket ulangan elektrodlardan (3) , elektrodga ulangan izolyatsiyalangan simdan (4), elektr lampochkadan (5), ebonit qopqoqdan (2) va stakan hamda lampa o’rnatilgan dastgohdan (6) iborat. a) Stakanga 40-50 ml distillangan suv quyib, asbobni tok manbai bilan vilka (7) orqali ulang. Lampochka yonadimi? Endi suvga ozgina shakar soling va aralashtirib , lampochka yonishini kuzating. Keyin suvga ozgina osh tuzi kristallidan soling va lampochka yonganini kuzating. Bu holda eritma elektr tokini o’tkazadimi? sababini tushuntiring. Tajribadan so’ng asbobni tok manbaidan uzib, elektrodlarni distillangan suv chayqab qo’ying. b) Bu tajribada ko’rsatilgan asbobga 40-50 ml kontsentrlangan sirka kislota(CH 3 COOH) eritmasidan quying va unga elektrodlarni tushuring. Asbobni tok manbaiga ulang. Lampochka yonadimi ? Sirka kislotaga asta sekin distilangan suv qo’shib, uni suyultira boshlang. Nima kuzatiladi ? Nima uchun sirka kislotaning elektr o’tkazuvchanligi suyuqltirish bilan o’zgaradi ? Download 412.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling