6 lаbоrаtоriya ishi elektrolitik eritmalar. Tuzlarning gidrolizi. Ishning maqsadi
Tajriba 8. Gidrolizlanish darajasiga temperaturaning ta’siri
Download 412.45 Kb. Pdf ko'rish
|
Tajriba 8. Gidrolizlanish darajasiga temperaturaning ta’siri. a) probirkaga 2-3 ml 0,5 n natriy atsetat SN 3 SOONa eritmasidan quying, unga 1-2 tomchi fenolftolein eritmasidan tomizing. Proobirkani chayqatib aralashtiring va eritma rangiga e’tibor bering. Probirkani eritma qaynaguncha qizdiring va eritma rangining o’zgarishini kuzating. Gidrolizlanish reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Temperatura ta’sirida eritma rangini o’zgarish Cababini tushuntiring. b) probirkaga 2 ml 0,5 n FeCl 3 eritmasidan quying va eritma qaynagunicha probirkani qizdiring. Nima kuzatiladi? Temir (III) – xlorid tuzi gidrolizining bosqichli tenglamalarini molekulyar va ionli ko’rinishlarida yozing. Temperatura oshganda gidrolizlanish muvozanati qaysi tomonga siljiydi. v) probirkaga 3-4 ml 0,5 n ZnCl 2 eritmasidan quying va indikator yordamida eritma muxitini aniqlang. Eritmaga kichkina rux bo’lakchasini solib, eritma qaynagunicha probirkani qizdiring. qanday gaz ajraladi va nima uchun? Bunda qizdirish qanday rol o’ynaydi Nazorat savollar: 1.Quyidagi elektrolitlarning bosqichli dissotsiyalanish tenglamalarini yozing: a) natriy gidrosulfat, b) kalsiy gidrokarbonat, v) magniy gidrosulfat, g) ammoniy digidrofosfat, d) bariy gidroksid , e) sulfid kislota, j) xrom (III) gidroksid , z) arsenat kislota. 2. Elektrolitning: a) har 100 ta molekulasidan 30 molekulasi, b) har 60 ta molekulasidan 12 ta molekulasi ionlarga ajralgan bo’lsa, dissotsiatsiyalanish darajasi necha protsentga teng bo’ladi? J: a) 30%, b) 20%. 3. Elektrolitik dissotsiatsiyalanish darajasi 70% ga teng. Erigan moddaning har 20 molekulasidan nechtasi ionlarga dissotsiyalangan bo’ladi? J: 14 molekula 4. 500 gr suvda 5,35 gr KJO 3 eritilishidan xosil bo’lgan eritmaning osmotik bosimi 17,5 0 C da 2,18kPa ga teng. Eritmadagi KJO 3 ning izotonik koeffitsientini va shartli dissotsialanish darajasini toping.J: i =1,83; =0,83. 5. 300 gr suvda 33,2 gr Ba(NO 3 ) 2 eritilishidan xosil bo’lgan eritma 100,466 0 C da qaynaydi. Ba(NO 3 ) 2 ning izotonik koeffitsienti va shartli dissotsiatsiyalanish darajasini toping.J: i =2,12; =0,56. 6. Quyidagi tuzlar gidrolizlanish reaksiyalarining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing: a)K 2 S b) Mg(CN) 2 v) Al(NO 3 ) 3 g) Cr 2 (SO 4 ) 3 d) CuCl 2 e) NaBr j) (NH 4 )S z) (NH 4 ) 3 PO 4 Bu tuzlar eritmalarining muhiti qanday bo’ladi ? 7.Gidrolizlanish natijasida a) nordon tuz, b) asosli tuz xosil bo’ladigan reaksiyalarga misollar keltiring va ularning ionli tenglamalarini yozing. 8. a) Al 2 (SO 3 ) 3 bilan Na 2 S b) Sr 2 (SO 4 ) 3 bilan K 2 CO 3 ; v) FeCl 3 bilan Na 2 CO 3 g) CrCl 3 bilan ( NH 4 ) 2 S eritmalari o’zaro aralashtirilsa metall gidroksidlarining cho’kmasi xosil bo’lib, gidrolizlanish ohirigacha boradi. Birgalikda gidrolizlanish reaksiyalarining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. 9. a) Pb(CH 3 COO) 2 bilan Na 2 CO 3 eritmalari o’zaro aralashtirilsa gidroliz natijasida (PbOH) 2 CO 3 PbCO 3 cho’kmasi ; b) FeCl 3 bilan CH 3 COONa eritmalari o’zaro aralashtirilsa FeOH(CH 3 COO) 2 cho’kmasi xosil bo’ladi. Birgalikda gidrolizlanish reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini tuzing. 10. 0,02 N Na 2 CO 3 tuzining eritmasini 1 bosqichini P H ni toping. Topshiriq: O’tkazilgan tajribalar uchun hisobot yozing. Download 412.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling