6-laboratoriya ishi. Gaz alangasida payvandlash uchun jihozlarni o’rganish


Download 332.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.03.2023
Hajmi332.32 Kb.
#1310584
Bog'liq
EPT 6-lab.8-sems.2021 dekabr



6-laboratoriya ishi.
Gaz alangasida payvandlash uchun jihozlarni o’rganish
Ishdan maqsad:
Atsetilen generatorlarining konstruktsiyalarini xarakterli tomonlarini ularga xizmat 
ko’rsatishni va ishlash printsiplarini o’rganish.
Umumiy ma’lumotlar
Atsetilen generatori deb gazsimon atsetilen hosil qilish uchun kalsiy karbidini suv bilan 
parchalashga mo’ljallangan apparatga aytiladi. 
Generator kalsiy karbididan foydali foydalanish koeffitsientining yuqori bo’lishini 
ta’minlashi zarur. Foydali foydalanish koeffitsienti deb amalda hosil qilingan atsetilen hajmi va 
uning solingan barcha karbiddan olish mumkin bo’lgan hajm V
t
ga nisbati aytiladi: 
п
ф
V
V


Hozirgi generatorlarning foydali foydalanish koeffitsienti — 0,85 dan 0,98 gacha bo’ladi. 
Reaktsiya zonasidagi suv va so’ndirilgan ohak harorati 80°C dan, hosil bo’ladigan gazniki 
esa 115°C dan oshmasligi kerak. Tarmoqqa yoki gorelka shlangiga keladigan atsetilenning harorati 
atrofdagi muќitnikidan k¢’i bilan 10—15°S ortiš b¢lishi mumkin. Atsetilen bilan t¢lђazilgan gaz 
sig’imlaridagi ortiqcha bosim 15 kPa dan ortiq bo’lmasligi lozim. Ko’chma generatorlardan atrof-
muhit harorati -25...+400C bo’lganda foydalanish zarur. 
GOST 5190-78 ga ko’ra atsetilen generatorlari quyidagi tarzda klassifikatsiyalanadi: 
1) Ish unumi buyicha: 0,5; 0,75; 1,25; 2,5; 3; 5; 10; 20; 40; 80; 160 va 320 m3/soat atsetilen; 
2) Tuzilishi bo’yicha: ko’chma va statsionar generatorlar. Ko’chma generatorlar ish 
unumi 3 m3/soat gacha tayyorlanadi
3) Ishlab chiqiladigan atsetilenning bosimiga buyicha:
- past bosimli — 10 kPa gacha
- O’rtacha bosimli — 10 dan 70 kPa gacha hamda 70 – 150 kPa gacha. 
4) Kaltsiy karbidining suv bilan tahsirlashish usuliga bo’yicha: 
- "karbid suvga" (KV);
- "suv karbidga" (VK);
- "suvni siqib chiqarish" (VV); 
- kombinatsiyalangan - "suv karbidga" va "suvni siqib chiqarish" (VK va VV) 
Qo’llaniladigan jihozlar va materiallar 
1. ANV-1,25, GVR-1,25, AS’-1,25 yoki ASV-1,25 Atsetilen generatorlari 
2. Kaltsiy karbidi – 3-4 kg 
3. Suv 
Ishni bajarish tartibi 
1. Atsetilen generetorlarining klassifikatsiyasini, konstruktsiyasi va tuzulishini o’rganish, 
xar bir tur generatorlarini ekspluatatsiya qilish instruktsiyalari bilan tanishib chiqish.
2. Generatorlar va saqlagich tambalarni texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda ishlatishni 
o’rganish.
3. O’quv generatorlarini ishlatishga yuklash va bo’shatishni bajarish 
Hisobotning tuzulishi 
1. Ishdan maqsad 
2. o’rganilayotgan bir tur atsetilen generaotrining sxemasi va uning texnik xarakteristikasi.


3. Ishning xulosasi.
Nazorat savollari 
1. Atsetilen generatorlarining qo’llanilishi nimadan iborat? 
2. Atsetilen generatorlari qanday jixatlariga ko’ra klassifikatsiyalanadi? 
3. Saqlagich tambalar nima uchun xizmat qiladi? 
4. Kaltsiy karbidiga suv uzatilishi qanday rostlanadi va suv bilan kaltsiy karbidini kontakt 
vaqti qancha?

Download 332.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling