Test 11-sinflarga


Download 23.77 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi23.77 Kb.
#1578220
Bog'liq
11-sinf


TEST 11-SINFLARGA
1. 120 kPa bosimdagi 3 l kislorod va “x” kPa bosimdagi 6 l neon 15 l hajmli idishga to’ldirildi. Idishdagi bosim 84 kPa bo’lib qoldi. Neon bosimi qanday bo’lgan ? A) 130 B) 140 C) 150 D) 160
2. 3 M li CuSO4 eritmasi elektroliz qilinanda eritma massasi 138 g ga kamaydi va 22,4 l (n.sh) vodorod ajraldi. Dastlabki eritma hajmini aniqlang. (ml) A) 400 B) 500 C) 600 D) 800
3. 700 g KOH eritmasi orqali 20 A tok 77200 sekund davomida o’tkazilganda hosil bo’lgan eritmada pH=1 , ρ=1,39 g/ml bo’ldi. Boshlang’ich eritma foizini aniqlang. A) 0,32 B) 0,12 C) 0,16 D) 0,2
4. Suvosti kemasidan ajralib chiqqan 1,5 litrli havo pufagi 170 metr yuqorilagandan keyin suv yuzasiga chiqdi. Havo pufagining oxirgi hajmini aniqlang. (Yuzada bosim 1 atm. Dengiz tubiga har bir metr tushganda bosim 10132,5 Pa ga ortadi deb olinsin) A) 27 B) 25,5 C) 26,67 D) 25,17
5. Massa ulushlari teng bo’lgan bo’lgan vodorod va etandan iborat 41,57 l aralashmaning 47˚C, 256 kPa bosimdagi massasini (g) aniqlang. A) 12 B) 21 C) 18 D) 15
6. 40°С dagi 2,4 mol/l∙min tezlikda borayotgan reaksiyada 20°C da 80 sekunddan keyin 1,2 mol modda miqdori necha marta kamayadi. Reaksiyaning tempratura koeffissenti ikkiga teng. V=0,5 l A) 4 B) 3 C) 2,5 D) 1,5
7. 12 % magniy sulfat bor eritmadagi mis (II) sulfatning massasi 14 g. Eritmadagi S:O massa nisbati 0,23:4,06 bo’lsa, mis tuzi massa ulushini aniqlang. A) 10 B) 7 C) 8 D) 6
8. Noma’lum hajmli idishga 4 mol CO2 va 5 mol H2 solindi va 12 sekunddan keyin (CO2+H2→CO+H2O reaksiya bo’yicha) muvozanat qaror topdi. (K=4,5) Reaksiyaning o’rtacha tezligi 3 mol/l·min bo’lsa, idish hajmini (l) aniqlang. A) 5 B) 8 C) 10 D) 16
9. A+B↔C+D sistemada boshlang’ich moddalar, 4 M dan olindi. Bunda A moddaning 50 % miqdori sarflangandan keyin muvozanat qaror topdi. Xuddi shunday sharoitda boshlang’ich moddalar 3 va 5 M dan olinsa, A moddaning qancha qismi (%) sarflanganda muvozanat qaror topadi ? A) 50,00 B) 62,5 C) 43,75 D) 61,25
10. 20 % li eritmaga 50 g suv qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmaga necha gramm 32 % li eritma qo’shilganda 500 g 24 % li eritma hosil bo’ladi ? A) 50 B) 200 C) 250 D) 300
11. KCl va MgCl2 dan iborat 0,4 mol aralashmadagi xlorid ionini to'la cho'ktirish uchun kumush nitratning 0,4 M li eritmasldan 1,25 l sarflansa, boshlang'ich aralashmadagi tuzlarning mol nisbatini aniqlang.
A) 2:3 B) 2:1 C) 3:2 D) 3:1
12. 65 g H2S04·0,4S03 tarkibli oleumga vodorod atomlari soni kislorod atomlari sonidan 1,25 marta ko'p bo'lgunicha suv qo'shildi. Qo'shilgan suv massasini aniqlang. A) 54 B) 119 C) 65 D) 69,6
13. 100% li sulfat kislotada erigan sulfat angidridning 20 % li eritmasini hosil qilish uchun 400 g 91 % li sulfat kislotada eritilgan sulfat angidridning qanday massasi oleum hosil qilishga sarflanadi ? A) 160 B) 140 C) 300 D) 700
14. 38 dona seziy atomining hajmi 4,418·10-21 sm3 bo’lsa, seziy atomining zichligini (g/sm3) aniqlang. A) 1,81 B) 1,9 C) 1,86 D) 1,77
15. 1204 dona magniy atomlari massasiga teng bo’lgan kalsiy atomlari sonini ko’rsating? A) 602 B) 301 C) 722 D) 831
16. Dengiz suvining bir tomchisida 50 mlrd ga yaqin oltin atomlari bor. Dengiz suvining 25 tomchisini 1 g deb hisoblasak, qanday massadagi (tonna) dengiz suvida 1 mg oltin bor ? A) 1,22 B) 3,66 C) 2,44 D) 4,88
17. Noma’lum gazning x litr hajmining shu gaz x gramm massasiga mol nisbati 1:0,35 bo’lsa, Shu gazning 2,24 l hajmi egallaydigan massaga teng massadagi metan hajmini aniqlang. (barcha o’lchamlar normal sharoitda) A) 8,96 B) 2,24 C) 3,36 D) 4,48
18. 2:3 mol nisbatdagi metan va karbonat angidrid aralashmasidagi karbonat angidrid neytronlari metan neytronlaridan 162,54·1022 taga ko’p. Metan hajmini (l) aniqlang. A) 2,24 B) 1,6 C) 3,36 D) 6,6
19. X2SO4 ning 17,04 g massasida 520,128·1022 dona neytron bo’ladi. X ning neytronlari protonlaridan bittaga ko’pligi ma’lum bo’lsa, uning 0,35 moli necha gramm bo’ladi ? A) 38,5 B) 49,7 C) 60,9 D) 75,2
20. Hozirgi davrda 118 ta element borligi ma’lum bo’lsa, shulardan nechtasi kvant sonlari n=5; l=0; m=0; s=+1/2 bo’lgan elektronga ega ? A) 81 +B) 80. C) 79 D) 78
21. Noma’lum elementning ikki izotopi bo’lib, ularning massasi bir-biridan 5 m.a.b ga farq qiladi. Ularning birinchisida 40 % neytron, ikkinchisida esa 32 % elektron bo’lsa, noma’lum elementni aniqlang. A) xrom B) marganes +C) magniy D) temir
22. Litiy oksid suvda eritilganda hosil bo’lgan ishqor massasi boshlang’ich oksid massasidan 1,44 marta ko’p bo’lsa, reaksiya unumi qanchaga (%) teng. A) 80 B) 88 C) 90 D) 96
23. Inert gazning hajmiy ulushi 20 % bo’lgan inert gaz va kislorod aralashmasi orqali elektr uchquni o’tkazilgach kislorodning 75 % qismi ozonga aylanib o’rtacha molyar massa qiymati 8,4 birlikka ortdi. Inert gazni aniqlang. A) neon B) argon C) radon D) ksenon
24. Metan va ozon-kislorod aralashmasi to’la yonishi uchun 1:1,6 hajmiy nisbatda aralashtirish kerak bo’lsa, ozon-kislorod aralashmasining o’rtacha molyar massasini hisoblang. A) 38,4 B) 40,0 C) 41,6 D) 43,2
25. Uchta bir xil idish bo’lib, kislorod va X gaz bilan to’lgan idish massasi 37 g, uglerod dioksid va Y gaz bilan to’lgan idish massasi 35,4 g, X va Y gaz bilan to’lgan idish massasi 36,2 g bo’lsa, Y va X gazlarni aniqlang. (gazlar idishda teng miqdorda bo’lib, Mr(X)-Mr(Y)=20) A) N2 va O3 B) CO2 va SO2 C) C2H2 va NO2 D) Ne va Ar
26. Teng hajmda olingan CO va O2 aralashmasi reaksiyaga kirishtirilganda idishdagi bosim 20 foizga kamaydi. CO ning necha foizi sarflanganligini toping. A) 20 B) 40 C) 60 D) 80
27. Azot va kislorod aralashmasidagi azot elektronlari soni kislorod elektronlari sonidan 3,5 marta ko’p bo’lsa, aralashmaning o’rtacha molyar massasini ko’rsating. A) 28,8 B) 29,2 C) 29,0 D) 31,2
28. Vodorodning massa ulushi 9,804 % bo’lgan to’yingan bir atomli kislota va murakkab efirlar sonini aniqlang. +A) 4+9 B) 5+9 C) 4+8 D) 5+10
29. Massasi 20 kg bo’lgan 20 % li atsetaldegidni ikki bosqichda (reaksiya unumi 80% dan) olish uchun kerak bo’ladigan, tarkibida 20 % qo’shimcha moddalar tutuvchi kalsiy karbid massasini aniqlang. (kg) A) 9,088 B) 7,27 +C) 11,36 D) 14,2
30. Bir atomli to’yingan spirt tarkibidagi uglerodning massa ulushi kislorodning massa ulushidan 70 % ga ko’p bo’lsa, shu spirt tarkibidagi vodorodning massa ulushini aniqlang. +A) 14,00 B) 13,97 C) 13,95 D) 14,018
31. Fenolning bromli hosilasidagi bromning massa ulushi 63,492 % bo’lsa, ushbu hosila nechta izomerlarga ega ekanligini aniqlang. A) 3 B) 4 C) 5 +D) 6
32. Noma’lum uglevodorod katalizator bilan qizdirilganda 100 g toluol va 6,5 g vodorod hosil bo’ldi. Noma’lum uglevodorodni ko’rsating. A) C7H10 B) C7H12 C) C7H14 . D) C7H16
33. Siklobutan va ozon-kislorod aralashmasi to’liq reaksiyaga kirishishi uchun ular 1:5 nisbatda olindi. Ozon-kislorod aralashmasining o’rtacha molyar massasini toping. A) 36,8 +B) 38,4 C) 39,6 D) 40,0
34. Alkadiyenni to’la yoqish uchun undan massasi 3,2 marta ko’p bo’lgan kislorod sarflandi. Ushbu alkadiyenning ikkinchi uglerod atomi oksidlanish darajasini aniqlang. A) -1 B) -2 C) -3 +D) 0
35. Noma’lum uglevodorod sharoitga qarab 160 g yoki 320 g bromni biriktiradi. Tetrabromidning dibromidga massa nisbati 1,748 bo’lsa, noma’lum uglevodorodni aniqlang. 1) CH2CHCHCH2 ; 2) CH2CHCH2CH2CHCH2 3) CH3CH2CHCH2 ; 4) CH3CCH A) 2 B) 3, 4 C) 1, 2 +D) 1
36. Etin, eten, propin, propadiyendan iborat 1 mol aralashma yondirilganda 118,8 g karbonat angidrid hosil bo’ldi. Xuddi shunday aralashma bromli suvdan o’tkazilganda 288 g bromni biriktirgan va yana shuncha aralashma kumush oksidning ammiakdagi eritmasi bilan ta’sirlashganda 68,1 g portlovchi modda hosil bo’lgan bo’lsa, boshlang’ich aralashmadagi propadiyenning hajmiy ulushini aniqlang. A) 0,1 B) 0,5 C) 0,4 +D) 0,2
37. Propan va atsetilendan iborat aralashma bromli suv bor idish orqali o’tkazilganda idish massasi 1,3 g ga ortdi. Xuddi shunday boshlang’ich aralashma yondirilganda 14 l (n.sh) karbonat angidrid ajraldi. Boshlang’ich aralashmadagi propanning massa ulushini aniqlang. A) 22,16 +B) 85,6 C) 77,84 D) 14,4
38. Hajmiy nisbati 1:5:3 bo’lgan noma’lum alkin, kislorod va azotdan iborat aralashma portlatilgandan keyin hosil bo’lgan bitta murakkab va ikkita oddiy moddadan iborat aralashmaning o’rtacha molyar massasi 33,6 bo’ldi. Alkinni aniqlang. A) C2H2 B) C5H8 C) C3H4 D) C4H6
39. Miqdori 0,3 mol bo’lgan noma’lum organik modda kaliy permanganatning kislotali eritmasi bilan ta’sirlashishi natijasida 20,16 l (n.sh) karbonat angidrid, 181,2 g MnSO4 , 104,4 g K2SO4 va suv hosil bo’ldi. Uglevodorodni aniqlang. A) C2H4 B) C3H4 C) C3H6 +D) C3H8
40. Alken va mo’l miqdordagi vodoroddan iborat 17,92 l (n.sh) aralashma 200˚C da platina katalizatori ustidan o’tkazilganda 80 % unum bilan 12,544 l gacha kamaydi. Boshlang’ich alken to’la yutilgunicha bromli suv orqali o’tkazilganda idish massasi 8,4 g ga ortdi. Alkenni aniqlang. +A) C2H4 B) C5H10 C) C3H6 D) C4H8
41. Alkenning Vagner reaksiyasi bo’yicha oksidlanishidan hosil bo’lgan modda tarkibidagi vodorodning massa ulushi suv tarkibidagi vodorodning massa ulushiga teng. Ushbu alkenning 0,2 molidagi orbitallar sonini aniqlang. +A) 28,896·1023 B) 24,08·1023 C) 43,34·1023 D) 12,04·1024
42. Hajmi 2 ml bo’lgan alken va 10 ml kisloroddan iborat aralashma portlatilib suv bug’lari kondensatsiyalangach aralashma hajmi 7 ml ni tashkil qildi. Alkenni aniqlang. A) C2H4 B) C5H10 C) C3H6 D) C4H8
43. Alkan tarkibidagi C-H bog’lari C-C bog’lari sonidan 2,5 marta ko’p, birlamchi uglerod atomlari soni to’rtlamchi uglerod atomlaridan besh marta ko’p bo’lsa, ushbu alkandagi ikkilamchi uglerod atomlari sonini aniqlang. A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
44. Hajmi 16,8 l bo’lgan metanning quyosh nuri ishtirokida xlorlanishidan hosil bo’lgan hosil bo’lgan aralashmani neytrallash uchun 160 ml (ρ=1,25 g/ml) 21 % li kaliy gidroksid eritmasi sarflandi. Xlor bilan almashingan vodorod atomlari sonini aniqlang. A) 6,02·1023 B) 12,04·1023 C) 112,875·1021 D) 4,515·1023
45. Hajmi 13,44 l bo’lgan etanning quyosh nuri ishtirokida xlorlanishidan hosil bo’lgan hosil bo’lgan aralashmani neytrallash uchun 240 ml (ρ=1,25 g/ml) 44,8 % li kaliy gidroksid eritmasi sarflandi. Xlor bilan almashinmagan vodorod atomlari sonini aniqlang. A) 14,448·1023 +B) 7,224·1023 C) 18,06·1023 D) 3,24·1023
46. Etan va kisloroddan iborat 1000 ml aralashma portlatilgandan keyin suv bug’lari kondensatsiyalangach aralashma hajmi 500 ml gacha kamaydi. Boshlang’ich aralashmadagi alkanning hajmiy ulushini aniqlang. A) 0,1 B) 0,2 C) 0,3 D) 0,4
47. Stexiometrik nisbatda olingan alkan va kislorod aralashmasi portlatilgandan keyin hosil bo’lgan aralashma hajmi boshlang’ich aralashma hajmiga teng bo’ldi. Alkanni aniqlang. A) C2H6 B) CH4 C) C3H8 D) C4H10
48. Massasi 100 g bo’lgan piridinni 200˚C tempratura va 500 kPa bosimda gidrogenlash uchun kerak bo’ladigan vodorod hajmini (l) aniqlang. A) 10 B) 20 +C) 30 D) 40
49. Massasi 237,6 g bo’lgan polisaxaridning to’liq gidrolizi natijasida 270 g bo’lgan monosaxarid hosil bo’ldi. Polisaxarid molekulalari soni 1,204•1020 dona bo’lsa, monosaxaridni aniqlang. +A) C5H10O5 B) C5H10O4 C) C6H12O6 D) C6H12O5
50. Molekulyar massasi 59940 bo’lgan oqsilning 120 g miqdori gidrolizga uchraganda 140 g turli xil aminokislotalar aralashmasi olindi. Oqsil tarkibida nechta aminokislota qoldig’i bo’lgan ? A) 557 +B) 556 C) 555 D) 554
51. Metan va etilamin aralashmasi xlorid kislota eritmasi orqali o’tkazilganda aralashma hajmi 40 % ga kamaydi. Boshlang’ich aralashmadagi metan massa ulushini (%) aniqlang. A) 40 B) 60 +C) 34 D) 66
Download 23.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling