6-laboratoriya ishi
Mavzu: Ishqoriy metallar mavzusini o'qitishga oid tajribalarni o'rganish
Ishning madsadi: Ularning tabiatda tarqalishi. Fizik va kimyoviy xossalari. Ularning birikmalari. Natriyning suv bilan o`zaro ta'siri. Kaliyning suv bilan o`zaro ta'siri. Tajribalar bajarish, xulosa yozish. Alyuminiy uning tabiatda tarqalishi. Fizik va kimyoviy xossalari. Alyuminiy va uning birikmalari alyuminiyning suv, xlorid kislota, sulfat kislota, nitrat kislotalari bilan o`zaro ta'siri. Tajribalar bajarish, xulosa yozish.
Ishqoriy va ishqoriy-er metallari
1-tajriba. Birikmalarning alanganing rangini bo`yashi. Ishqoriy va ishqoriy er metallarini aniqlashning o`ziga xos sifat reaktsiyalaridan biri ular birikmalarining alanganing rangini bo`yashidir.
To`rtta probirka olib, birinchisiga natriy xlorid, ikkinchisiga kaliy xlorid, uchinchisiga kal`tsiy xlorid va to`rtinisiga strontsiy eritmasidan 10 ml dan qo`ying.
Temir simni xlorid kislotaga botirib, so`ng alangada qizdiring. Simni natriy xlorid eritmasiga botirib olib, alangaga tuting. Alanga qanaqa rangga bo`yalayapti? Xuddi shu usul bilan kaliy, kal`tsiy va strontsiy tuzlari eritmalarining alanganing rangini bo`yashini tekshirib ko`ring.
2-tajriba. Natriy va kaliy tuzlarining gidrolizi. Qo`yidagi tuzlar eritmalari muщitining xususiyatlarini kislota-asosli indikator yordamida tekshiring: Natriy (kaliy) xlorid, natriy (kaliy) sul`fat, natriy (kaliy) karbonat, natriy (kaliy) fosfat. Kuzatish natijalarini izohlang. Reaktsiya tenglamalarini keltiring.
3-tajriba. Kal`tsiy karbonat va kal`tsiy gidrokarbonatning eruvchanligini taqqoslash. Kal`tsiy gidroksid eritmasi (1 ml ga yaqin) bor probirka orqali eritma loyqalangunga qadar uglerod (IV)-oksidi o`tkazing. Kuzatganlaringizni izohlab bering. So`ngra probirka orqali tiniq eritma hosil bo`lgunga qadar yana karbonat angidrid gazi o`tkazing. Eritmaning tiniqlanish sabablarini tushuntiring. Reaktsiya tenglamalarini tuzing. Hosil qilingan eritmani keyingi tajribani o`tkazish uchun saqlab qo`ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |