12, 13 - lаborаtоriya mashg‘ulotlari
Mavzu: Saxaroza gidroliziga oid tajribalar bajarish. Polisaxaridlar.
Kraxmal, unga xos sifat reaksiyalarga oid tajribalar bajarish.
Ishning maqsadi: Uglevodlar. Uglevodlarga xos reaksiyalarni o‘rganish.
Kerakli asbob va reaktivlar: Probirkalar, shisha stakanlar, pipetka,
spirt
lampasi, mеtаll shtativ, filtr qog‘oz,
shisha plastinkalar, metall qoshiqcha,
qisqich,chinni hovoncha, gaz o‘tkazgichli tiqin va naylar, suv hammomi, distillangan
suv,
glyukoza, timol, - naftol, kontsentrlangan sulfat kislota (rangsiz eritma),
kontsentrlangan xlorid kislota, sirka kislota, o’yuvchi natriy, ko’k lakmus qog’oz, mis
(II)- sulfat, kumush nitrat, glyukoza, fruktoza, saxaroza, laktoza, arabinoza, ksiloza,
riboza yoki dezoksiriboza,
rezorsin, mochevina,
kobalt sulfat, kraxmal, Lyugol
eritmasi, Shveyser reaktivi (mis-ammiakli eritma), ammiak.
1 - tajriba. Kumush oksidning qaytarilishi
Ikkita toza probirkaga kumush oksidning ammiakdagi eritmasidan 3-4 ml dan
quyiladi va ularning biriga glyukozaning 1 % li eritmasidan 2 ml,
ikkinchisiga
fruktozaning 1% li eritmasidan 2 ml qo’shiladi. Probirkalar 70-80
0
C haroratli suv
hammomida 5-10 minut mobaynida saqlanadi. Birinchi
probirkaning devorida
kumush ko’zgu hosil bo’ladi:
CH
2
OH-(CHOH)
4
-CHO+2[Ag(NH
3
)
2
{OH CH
2
OH-(CHOH)
4
-COOH+ 2Ag +
+NH
4
OH+3NH
3
Glyukon kislota
2 - tajriba. Fruktozaning xossalarini o’rganish. Fruktozaning mochevina bilan
reaksiyasi
Chinni kosachaga ozroq (0,5-1 g)
mochevina kukuni, 5-6 tomchi
kontsentrlangan xlorid kislota va 2-3 tomchi fruktozaning 2% li eritmasi solinadi.
Mochevina erib ketguncha chayqatiladi va kosacha qaynab turgan suv
hammomiga
qo’yiladi. 10-15 minutdan keyin feruza (moviy) rang hosil bo’ladi.