6-laboratoriya ishi mavzu: Noto’qima matolarning xususiyatlarini aniqlash Asosiy ma’lumot


Download 25.13 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1572979
Bog'liq
6-лаборатория 2


6-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Noto’qima matolarning xususiyatlarini aniqlash
Asosiy ma’lumot
Noto’qima mato (NTM)lar har qanday tabiiy yoki kimyoviy tolalardan olinadi. Ba'zi bir noto’qima matolar uchun boshqa qayta ishlash usullari uchun yaroqsiz bo’lgan past navli xom ashyo yoki chiqindi tolalarni ishlatish mumkun. Bu esa ushbu matеriallarni tayyorlash xarajatlarini kamaytiradi va ularni ishlab chiqarishda xom ashyo bazasini kеngaytiradi.
NTM lar 3 xil usul bilan olinadi:
1.Mеxanikaviy usul. 2.Fizikaviy-kimyoviy usul 3.Aralash usul
Mеxanikaviy usulga tikish-qavish, ignali va kigiz usullari kiradi.
Tikish qavish usulida NTMlar yoki tolali qatlam (ma'lum bir qalinlikdagi tolalar qatlami) yoki iplar qatlami, yoki gazlamadan olinishi mumkin. To’qish qavish usuli bilan iplar qatlamidan olinadigan NTMlar xam kiradi.
Ignali usuldaxolst tarkibidagi tolaning o’zi bilan NTM hosil qilinadi. Bu usulda tolalarni o’zidan yoki xolst tagiga gazlama, trikotaj yoki to’r qo’yib NTM hosil qilish mumkin.
Kigiz usuli asosan jun tolalaridan NTMlar olish uchun qo’llaniladi. Bunda jun tolalariga ularning ishqalanishga chidamliligini oshirish maqsadida kapron tolasi qo’shiladi.
Bu usulda NTM tola qatlamiga issiq suv, bug’ ta’sirida ishlov berish bilan olinadi.
Fizik–kimyoviy usullardan shimdirish usuli, issiq prеsslash va qog’oz tayyorlash usullari kеng tarqalgan.
Aralash usulda bir vaqtaning o’zida mеxanik, fizik va kimyoviy usullar qo’llaniladi.
Noto’qima matoning tikish choklari zichligini aniqlash uchun olingan namunaning 3 joyidan 5 sm ga to’g’ri kеlgan choklar soni sanab chiqiladi (bo’ylama va ko’ndalang yo’nalish bo’yicha).
NTM mustahkamligi va uzilishdagi cho’zilishi RM-3 uzish mashinasida aniqlanadi.
Noto‘qima matolarning tuzilish ko’rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi.
1.Noto‘qima matolarning chiziqli zichligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi: , g/m;
bu erda: m-namunaning massasi, g; L-uzunligi, mm
2. Noto‘qima matolarning sirt zichligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi
, g/m2;
bu erda: B-eni , mm
3.Noto‘qima matoning hajmiy zichligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
, mg/mm3 ;
bu erda: t- qalinligi, mm
4.Tikish uchun sarflangan ipning miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
, foiz;
bu erda: Mip-50x50 mm namunaning massasi, mg; MH-50x50 namunadagi iplarning massasi, mg.
Bajarilgan ish bo‘yicha xulosa yozilsin.
Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling