6-laboratoriya ishi mavzu: Ta’lim jarayonida pedagogning mediakompetentligi intervyu taqdimoti Ishdan maqsad
Download 26.49 Kb.
|
6-Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Pusk» — «Progrаmmi» — «Microsoft PowerPoint»
- Анимация
- Maxsus effektlarni o‘rnatish.
- “Ta’lim jarayonida pedagogning mediakompetentligi”
- 2-Topshiriq. Taqdimot bo’yicha intervyu tayyorlash. Laboratoriya ishi hisoboti
6-LABORATORIYA ISHI Mavzu: Ta’lim jarayonida pedagogning mediakompetentligi intervyu taqdimoti Ishdan maqsad: Ta’lim jarayonida taqdimot yaratishning imkoniyatlarini o’rganish, qo’shimcha effektlar berish, animatsiyalar o’rnatishdan iborat. Nazariy qism PowerPoint dasturini ishga tushirish. Bu dastirni ishga tushirishni WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quyidagi buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi: «Pusk» — «Progrаmmi» — «Microsoft PowerPoint» eslatma: yuqoridagi buyruqlarni bajarish sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi; Masalalar paneli→ PowerPoint belgisi yoki Пуск→Выполнить PowerPoint→ОК; Ishchi stol→ Kontekst menyu→ Создать→презентация PowerPoint. Yangi taqdimotni yaratishda PowerPoint dasturining asosiy oynasidagi Gorizontal menyuning «Главная»—«Создать слайд» (Yaratish) buyruqlari ketma-ket bajariladi. Bu buyruqlar bajarilganda quyidagi oyna paydo bo‘ladi va istalgan maket tanlab olinadi. Slaydga rasmlar, jadval, diagramma, turli figuralar, filmlar, ovozlar o‘rnatish mumkin. Bularning barchasi Vstаvkа menyusida joylashgan. Turli taqdimotlarining tasvir ranglari ya’ni, rang turi, harflar ko‘rinishi va taqdimotning boshqa atributlarini aniqlash uchun PowerPointning Конструктор shablonini tanlashingiz mumkin. Maxsus effektlarni o‘rnatish deganda namoyishlarni bir slayddan boshqa slaydga o‘tish tezliklari ketma-ketligi tushuniladi. Bu funksiyani bajarish uchun PowerPoint dasturining «Анимация» menyusida amalga oshiriladi. Rasm qo‘yish. Taqdimotga rasm qo‘yish yoki rasmni boshqa taqdimotdan olib qo‘yish mumkin. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi: Rasm qo‘yish uchun: Rasmni qo‘yish kerak bo‘lgan slayd ko‘rinishi tanlanadi. tugmachasi bosiladi va kerakli rasm tanlab olinadi. Shu darchadan kerakli rasmni tanlab «Вставить» tugmachasi bosilgandan so‘ng yaratilayotgan Prezentatsiyada rasm paydo bo‘ladi. Maxsus effektlarni o‘rnatish. Maxsus effektlarni o‘rnatish deganda namoyishlarni bir slayddan boshqa slaydga o’tish tezliklari ketma-ketligi tushuniladi. Bu funksiyani bajarish uchun PowerPoint dasturining «Переходы» menyusiga murojaat qilinadi. Shu tanlagan o‘tish effekti va uning parametrlarini barcha slaydlar uchun birday bo‘lishini xoxlasangiz Применить ко всем tugmasini tanlang. Tayyor bo’lgan taqdimotni slayd-shou ko’rinishida ko’rish uchun rasmda ko’rsatilgan piktogramma bosiladi. Slayd-shouni Слайд-шоу menyusi yordamida boshqarishimiz mumkin. Bundan tashqari klaviaturadan F5 tugmasini bosish yordamida taqdimodni boshidan slayd-shouga o’tiladi. Joriy slayddan slayd-shouga o’tish uchun F5 tugmachalar kombinatsiyasi bosiladi. Taqdimotni saqlash. Standart uskunalar panelidagi saqlash (piktogrammasi) tugmasi bosiladi yoki gorizontal menyudan «Файл»—«Сохранитъ» (Saqlash) buyruqlari beriladi. Shunda quyidagi muloqot darchasi hosil buladi va unda ketma-ket quyidagilar amalga oshiriladi. 1-Topshiriq. PowerPointni ishga tushiring. PowerPointda standart shablonlardan foydalanib taqdimot yarating. Taqdimot mavzusi: “Ta’lim jarayonida pedagogning mediakompetentligi” Taqdimotga fon, slaydlarni o’tishini ta’minlang. Slaydga rasm, shakl, SmartArt shakllaridan qo’ying va taxrirlang. Taqdimotni namoyish eting. Taqdimodga nom qo’yib saqlang. 2-Topshiriq. Taqdimot bo’yicha intervyu tayyorlash. Laboratoriya ishi hisoboti: 1. Ish stolida o’z familiyangiz va guruh nomi bilan papka oching. 2. Papka ichida – MS Power Point da “ism_laboratoriya_6” nomi bilan fayl (hisobot) yarating. 3.Bajarilgan topshiriqlarni elektron manzilingiz(e-mail)ga yuboring va saqlang. Nazarot savollar: PowerPoint dasturini ishga tushirish bir nechta usullari? PowerPoint dasturida slaydlarga grafikli obyektlarni qo’shish qanday amalga oshiriladi? Slaydlarga animatsiya va perexod o’rnatishni tushuntirib bering. Taqdimotni qanday usulda saqlanadi? Download 26.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling