6-Laboratoriya ishi Mavzu: Tuzlarning gidrolizi Ishning maqsadi


Download 18.87 Kb.
Sana23.10.2023
Hajmi18.87 Kb.
#1716484
Bog'liq
6-Laboratoriya ishi (1)


6-Laboratoriya ishi
Mavzu:Tuzlarning gidrolizi
Ishning maqsadi: Suvning ionlari ko’paytmasi vodorod ko’rsatkich, indikatorlar tushunchalari bilan tanishish, xar xil tuzlarning gidrolizi va gidrolizlanish darajasiga ta’sir etuvchi faktorlar bilan tajribada tanishib chiqish.
Reaktivlar: Natriy xlorid (NaCI) rangsiz eritma, Na2CO3 natriy karbonat tuzi rangsiz eritmasi, H2O-distillangan suv, shakar, AICI3-alyuminiy xlorid(rangsiz eritma), natriy atsetat CH3COONa (rangsiz eritma), indikator- fenolftalein (rangsiz eritma), lakmus eritmasi (siyox rang erima), ZnCI2-rux xlorid tuzi (rangsiz eritma), FeC13-temir xlorid (qizg’ish qo’ng’ir rangli eritma), vismut nitrat tuzi Vi(NO3)3 pushti rangli eritma, rangsiz eritma.
Asbob uskunalar:Menzurka, stakanlar, shisha tayoqcha, probirka, spirt lampasi.
Tajriba -1.
Gidroliz jarayonida muxit pH ning o’zgarishi.
To’rta probirka olib, ulardan biriga 2-3 ml 0,5 n NaCl ikkinchisiga 2-3 ml 0,5 n Na2CO3, uchinchisiga 2-3 ml 0,5 n Al2(SO4)3 yoki AlCl3 eritmalaridan va to’rtinchisiga taqqoslash uchun 2-3 ml disstirlangan suv quying.
Probirkalarning xar qaysiga 1 ml lakmusning neytral eritmasidan qo’shib, yaxshilab chayqatib arashatiring. Suv solingan probirkadagi lakmus rangining o’zgarishiga qarab xar bir tuz eritmasining reaktsiya muhitini aniqlang.
Tekshirilgan tuzlarning qaysilari gidrolizlanadi? Gidrolizlanish reaktsiyalarining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing xamda qaysi tipdagi gidrolizlanishlar sodir bo’lishini ayting.
Tajriba -2.
Ikki tuzning birgalikdagi gidrolizi
(qaytmas gidroliz).
Probirkaga 2-3 ml dan 0,5 n Al2(SO4)3yoki AlCl3 bilan Na2CO3 eritmalaridan quying va unga 1-2 tomchi lakmus eritmasidan tomizing. Probirkani chayqatib aralashtiring. Qanday gaz ajraladi vaqanday moda cho’kmaga tushadi?
Gidrolizlanish reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Nima uchun alyuminiy karbonat xosil bo’lmaydi?
Tajriba 3.
Gidrolizlanish darajasiga temperaturaning ta’siri.
a) probirkaga 2-3 ml 0,5 n natriy atsetat CH3COONa eritmasidan quying, unga 1-2 tomchi fenolftolein eritmasidan tomizing. Proobirkani chayqatib aralashtiring va eritma rangiga e’tibor bering. Probirkani eritma qaynaguncha qizdiring va eritma rangining o’zgarishini kuzating.
Gidrolizlanish reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Temperatura ta’sirida eritma rangini o’zgarish sababini tushuntiring.
b) probirkaga 2 ml 0,5 n FeCl3 eritmasidan quying va eritma qaynagunicha probirkani qizdiring. Nima kuzatiladi? Temir (III) – xlorid tuzi gidrolizining bosqichli tenglamalarini molekulyar va ionli ko’rinishlarida yozing. Temperatura oshganda gidrolizlanish muvozanati qaysi tomonga siljiydi.
v) probirkaga 3-4 ml 0,5 n ZnCl2 eritmasidan quying va indikator yordamida eritma muxitini aniqlang. Eritmaga kichkina rux bo’lakchasini solib, eritma qaynagunicha probirkani qizdiring. Qanday gaz ajraladi va nima uchun? Bunda qizdirish qanday rol o’ynaydi ?
Tajriba -4.
Gidrolizlanish darajasiga kontsentratsiyasining ta’siri.
a) probirkaga 2 ml 0,5 n vismut nitrat Vi(NO3)3 tuzi eritmasidan quying va unga disstirlangan suv qo’shib, eritmani 3-4 marta suyultiring. CHo’kmada Vi(OH)2NO3 asosli tuzi xosil bo’lishini kuzating va eritmani suyultirishning gidrolizlanishiga ta’sirini izoxlang. Gidrolizlanish reaktsiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini tuzing.
b) probirkada xosil bo’lgan cho’kmaga 1 tomchi konts. nitrat kislota eritmasidan tomizing. Nima kuzatiladi?
Reaktsiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Gidrolizlanishga vodorod ionlari qanday ta’sir etadi?
Nazorat savollar.
1. Gidrolizlanish nima ?
2. Qaytar va qaytmas gidroliz.
3. Tuzlarning gidroliziga oid misollar.
4. Gidroliz jarayonida muhitning o’zgarishi.
5. Birga gidrolizlanish nima?
6. Quyidagi tuzlarni gidrolizlanish reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
K2S , Mg(CN)2, Al(NO3)3 , Cr2(SO4)3 , CuCl2, NaBr, (NH4)2S.
7. Gidroliz darajasi deganda nimani tushunasiz va nimaga bog`liq bo`ladi.
Download 18.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling