6-laboratoriya ishi Mavzu: union, intersect va minus buyruqlari va ulardan so’rov yaratishda foydalanish. Ishdan maqsad


Download 461 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi461 Kb.
#1362722
Bog'liq
Laboratory 6 MBBT


6-laboratoriya ishi
Mavzu: UNION, INTERSECT va MINUS buyruqlari va ulardan so’rov yaratishda foydalanish.
Ishdan maqsad: Ushbu laboratoriya ishini bajarish jarayonida talabalarda jadvallarni birlashtirish, ularning kesishmasini olish kabi relyatsion hisoblash amallarini bajarish ko’nikmasi hosil bo’ladi.
Nazariy qism
UNION ifodasi bir yoki bir necha SQL so‘rovlar nitijasini birlashtirishga imkon beradi. Misol: Londonga joylashgan xamma sotuvchilar va buyurtmachilarni bitta jadvalda chiqaring.

SELECT SNum, SName FROM Salepeople WHERE City = 'London'
UNION
SELECT CNum, CName FROM Customers WHERE City = 'London';

Ikki yoki undan ortiq jadvallar jamlanganda ularning chiqish ustunlari jamlash uchun o‘zaro muvofiq bo‘lishi kerak. Bu shuni bildiradiki, xar bir so‘rov bir xil sondagi ustunlarni ko‘rsatib, bu ustunlar mos tartibda kelishi va xar biriga mos tiplarga ega bo‘lishi kerakyu Sonli maydonlar bir xil tipga va kattalikka ega bo‘lishi kerak. Simvolli maydonlar bir xil sondagi simvollarga ega bo‘lishi kerak. Moslik ta’minlovchi yana bir shart bo‘sh (NULL) qiymatlar jamlanma ixtiyoriy ustunida man etilgan bo‘lishi kerak. Bu qiymatlar boshqa jamlovchi so‘rovlarda xam man etilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari siz ostki so‘rovlarda UNION operatoridan, xamda jamlovchi so‘rov SELECT operatorida agregat funksiyalardan foydalanishingiz mumkin emas. Siz individual so‘rovlardagi kabi natijani tartiblash uchun ORDER BY operatoridan foydalanishingiz mumkin.

INTERSECT – bu operator ikki jadvalni taqqoslab ikkisida ham mavjud bo’lgan elementni chop etadi. Masalan A to’plamda 1, 2 va 3 ; B da esa 3, 4 va 5 bo’lsin. U holda:
SELECT * FROM A
INTERSECT
SELECT * FROM B
buyrug’ining natijasida 3 soni chop etiladi.

MINUS – birinchi jadvalda mavjud va ikkinchisida yo’q bo’lgan elementlarni chiqaradi. Yuqoridagi ifodada intersect o’rniga minus operatorini yozsak, natijada ekranga 1 va 2 soni chiqariladi.
Ishni bajarish tartibi

  1. Bizda boshlanishiga 2 ta TEAM1 va TEAM2 degan jadvallar mavjud. Avval ularni ko’zdan kechiramiz:



  1. Dastlab UNION operatorini ishlatamiz:


Ko’rdikki, UNIONda qiymatlari bir hil bo’lgan ustunlar bir marta yozildi (ID). UNION ALL dan foydalansak ular takror yozildi.

  1. INTERSECT yordamida ikki jadval kesishmasini topamiz:



  1. MINUS orqali TEAM1 jadvalda bor, TEAM2da yo’q ma’lumotlarni ko’ramiz:



  1. Endi TEAM2 da bor TEAM1 da yo’q ma’lumotlarni chiqaramiz:



Xulosa
Yuqorida sintaksisi bilan tanishganimiz union, intersect va minus operatorlari agar biz keyinchalik ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan dastur qilishni rejalashtiradigan bo’lsak bu bilimlar juda muhimdir. Chunki, istalgan ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi dasturchi jadvallar kesishmasi, birlashmasi kabi amaliy masalalarga juda ko’p duch keladi.
Download 461 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling