6-Laboratoriya ishi Yo‘l poyini barpo qilishda ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash Ishdan maqsad


Download 310.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi310.19 Kb.
#1554703
  1   2
Bog'liq
6-laboratoriya



6-Laboratoriya ishi 
Yo‘l poyini barpo qilishda ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini aniqlash 
 
Ishdan maqsad: Amaldagi me’yoriy xujjatlarga asosan yo‘l poyini qurishda 
ruhsat etilgan og‘ish qiymatlarini o‘rganish. 
5.1. rasm. Yo‘l poiyni barpo qilishda sifat nazorati olib boriladigan asosiy
ko‘rsatkichlar 
 
 
ShNQ 3.06.03-08 ga asosan yo‘l poyini qurishda quyidagilar nazorat qilinadi: 
4.60. Yo‘l poyini qurishda, avval loyihada ko‘rsatilgan kar’erlardagi, 
zahiralardagi, o‘ymalardagi, tabiiy asoslardagi gruntlarning haqiqiy ko‘rsatkichlari 
(zarra kattaligi, loysimon gruntlar plastikligi), hamda holati(namligi, zichligi) 
tekshiriladi. 
Ish bajariladigan joylarda nishabligi 1:3 dan katta qiyaliklar va yonbag‘irlarlar 
mavjud bo‘lsa, qurilish jarayonida yo‘l poyining surilish va cho‘kish xavfi bor-
yo‘qligi nivelir yordamida tekshirib olinishi lozim. 
4.61. Yo‘l poyi qurilishi sifatini texnologik jarayonga muvofiq nazorat 
qilishda quyidagilarni tekshirilishi lozim: 
-yo‘l poyining o‘qi bo‘ylab rejada va balandlikda to‘g‘ri joylashganini; 
- olinadigan gruntni unumdor qatlami qalinligini
- yo‘l poyi asosidagi grunt zichligi;
- ishlatiladigan gruntning namligi; 
- yotqizilayotgan qatlam qalinligi; 


-ko‘tarma qatlamlarida gruntning bir xilligi; 
- ko‘tarma qatlamlaridagi gruntning zichligi; 
- yuza ravonligi; 
- yo‘l poyi ko‘ndalang kesimi (o‘q bilan yo‘l cheti orasidagi masofa
ko‘ndalang nishabligi, yon bag‘ir qiyaligi); 
- zax qochiruvchi quvur va suv qaytaruvchi qurilmalar, qatlamlar, yo‘l yoqasi 
va yonbag‘ir qiyaliklarini mustahkamligining to‘g‘ri bajarilganligi. 
Gruntning nazorat etiladigan geometrik o‘lchamlari va zichligining yo‘l 
qo‘yiladigan loyihadan chetga chiqishlari V- ilova (majburiy)da keltirilgan. 
Qish oylarida tuproq ishlari sifatini jarayonli nazorat qilishda muzlagan 
kesaklar va ularning kattaligi, undan tashqari yuzani qor va muzlardan 
tozalanganligi qo‘shimcha ravishda tekshirilishi zarur. 
4.62. Yo‘l poyining o‘qi, balandligi, ko‘ndalang kesimi, yo‘l yoqasi, suv 
qaytaruvchi va zah qochiruvchi qurilmalar, qatlam qalinligini to‘g‘ri 
joylashtirilganligini, asosan ish jarayonida belgilar o‘rnatilgan joylar yaqinida har 
100 metrdan kam bo‘lmagan masofada (ko‘ndalang kesimda 3 nuqtada) geodezik 
asboblar va jihozlar bilan tekshiriladi. 
Grunt zichligini har texnologik qatlamni yotqizishda yo‘l poyi o‘qida, 
chetidan 1,5-2,0 masofada, qatlam kengligi 20 m dan ortiq bo‘lganda oraliq 
nuqtalarda tekshiriladi. 
Grunt zichligi, bir smenada zichlovchi mashinalar bajaradigan qismda, 
ko‘tarma balandligi 3 m gacha bo‘lganda har 200 m da, ko‘tarma balandligi 3 m 
dan ko‘p bo‘lganda esa ko‘pi bilan har 50 m masofada aniqlanadi. 
Yuqori qatlamning zichligi har 50m dan ko‘p bo‘lmagan masofada 
tekshiriladi. Zichlikni qo‘shimcha ravishda nazorat qilish, quvur atrofini to‘ldirishda
har bir qatlamda, quvurlar ustini yopishda, kar’eruslar va ko‘priklar bilan ulanish 
joylarini qurishda olib boriladi. 
Ustki qatlam zichligi qalinligining 1/3 yoki kamida 8 cm dan kam bo‘lmagan 
qismida tekshirilishi kerak. 


Zichlik koeffitsientining talab qilingan darajadan chetga chiqishi, hamma 
bajarilgan o‘chovlar umumiy sonining 10% dan ko‘p bo‘lmasligi, ammo 0,04 dan 
ortmasligi kerak. 
4.63. Foydalanilayotgan gruntlarning namligi asosan olinayotgan erda 
(zahira, kar’erda) smenada kamida 1 marta va har har yog‘ingarchilikda albatta 
tekshirilishi shart. 
4.64. Gruntning namligi va zichligi GOST 5180 bo‘yicha aniqlanadi. Ish 
jarayonida nazorat qilishda tez aniqlovchi, ekspress qo‘llanma va asbob-
anjomlardan foydalanish mumkin. 
4.65. Gruntning bir hillik xususiyati ko‘z bilan chamalash asosida tekshiriladi. 
Agar gruntning bir hilligi o‘zgarsa, O‘zRST 25100 bo‘yicha uning farqli ko‘rinishi 
va toifasi aniqlanadi. 
4.66.Yo‘l poyi yuzasining ravonligi nivelir bilan ko‘ndalang kesimda, o‘qi va 
ikki chetidagi uch nuqtada kamida har 50 m masofada o‘lchov olish bilan nazorat 
qilinadi. Yo‘l poyining asosi va oralig‘idagi ko‘tarma qatlamlari yuzasida qurilish 
paytida suv to‘planib qoladigan mayda chuqurchalar bo‘lmasligi kerak. 
4.67. Vertikal drenaj uchun ishlatiladigan qumning tuzilishi loyiha talablariga 
javob berishi zahirada smena davomida bir marta aniqlanadi.
Bundan tashqari qurilish-montajishlarini sifatini baholashda o‘lchamlar va 

Download 310.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling