6-laboratoriya mashg’ulotlari. Sanoat korxonalari yoritish qurilmalari montajini tadqiq qilish. Ishdan maqsad


Download 10.8 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi10.8 Kb.
#1782480
Bog'liq
6-L. ETT montaji va ishlatish


6-laboratoriya mashg’ulotlari.
Sanoat korxonalari yoritish qurilmalari montajini tadqiq qilish.
Ishdan maqsad. Korxonalarda yoritish qurilmalarini montaj qilishni o’rganish va montaj holatini tekshirish.
Nazariy ma’lumotlar.
Katta turar joy va sanoat korxonalarining yoritish elektr qurilmalari, magistral va guruh elektr tarmoqlari, turli xil o’rnatiladigan elektr asboblari, yoritish armaturalari (yoritgichlar) va yorug’lik manbalari, shuningdek tutib turuvchi konstruksiyalar va mahkamlovchi detallardan tuzilgan murakkab kompleksdir. qo'llaniladigan sxemalarning va elektr simlarini o’tkazish usullarining, yoritgichlarning konstruksiyalari va yorug’lik manbalarining xilma-xilligi yoritish elektr qurilmalarining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Hozirgi zamon katta quvvatli elektr qurilmalarida avtomatika va teleboshqarishning murakkab qurilmalaridan foydalanilmoqda.
Sanoat korxonalarida yaxshi bajarilgan elektr yoritish mehnat unumdorligini oshirishga, mehnat sharoitlarini yaxshilashga va ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarni kamaytirishga, shuningdek mahsulot sifatini oshirishga va uning narxini pasaytirishga yordam beradi. Jamoat va turar-joy binolarida yaxshi yoritish ish va dam olish uchun qulay sharoit yaratadi.

Normal xonalarda umumiy, mahalliy, ish va avariya vaqtida yoritish yoritgichlari 127 yoki 220V kuchlanishda, xavfli va o’ta xavfli xonalarda 12, 24 yoki 36 V kuchlanishda elektr bilan ta’minlanadi.


Sanoat korxonalarida yoritish qurilmalari radial, magistral yoki radial-magistral sxemalarda bajarilishi mumkin.


  1. Radial



  1. Magistral


s) Radial-magistral

Yoritish qurilmalari elektr ta’minoti qanday sxemada bajarilishida quyidagilar bilan aniqlanadi:



  1. Yoritish uskunasi ishini uzluksizligi bilan;

  2. Texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlar bilan;

  3. Boshqarish qulayligi va eksplutatsiya soddaligi bilan;

  4. Avariyaviy yoritish mustaqil manbaga egaligi bilan.


Ishni bajarish tartibi.

  1. Yoritish sxemasini tuziladi (1-rasm).

  2. Yoritishning sxemasi bo’yicha montaj qilinadi.

  3. Yoritish qurilmalari montaji holati tekshiriladi.


1-rasm. Korxona yoritish tizimi sxemasi
Laboratoriya bo’yicha topshiriqlar.
1. Nazariy ma’lumotlar o’zlashtiriladi.
2. Bajarilgan ish bo’yicha hisobot yoziladi.
3. Hisobot topshiriladi va baholanadi.
Download 10.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling