6-laboratoriya


Download 42.2 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi42.2 Kb.
#1572349
Bog'liq
6-lab


6-laboratoriya
R otatsion hisoblagich (1-rasm). ko‘p miqdordagi gaz hajmini o‘lchashga mo‘ljallangan. Bu asbobda o‘lchov 8 raqami ko‘rinishidagi ikkita rotor I yordamida bajariladi. Bu rotorlar g‘ilof 2 ichida aylanadi. Hisoblagichga gaz to‘rli filtrning kirish tarmog‘i orqali keladi. Rotorlar hisoblagich kirishi va chiqishidagi bosimlar farqi hisobiga aylanadi. Rotorlardan biri asbobdan o‘tgan gaz hajmini ko‘rsatuvchi hisoblash mexanizmi bilan bog‘langan. Hisoblagichning o‘lchash hajmi g‘ilof devori va rotorlar orasidagi kamera orqali aniqlanadi.
Rotatsion hisoblagichlar 40...40 000 m3/soat sarfni o‘lchashga mo‘ljallab chiqariladi. Ish bosimlari: 0,1: 0,6: 1,6 va 6,4 mPA. Shartli o‘tish diametrlari 50...1200 mm. Asboblarning aniqlik синфи 1 va 1,5. Hisoblagich o‘rnatilishdagi bosim yo‘qotilishi 35...40 mm suv ust. dan oshmaydi.
Suyuqlik miqdorini o‘lchaydigan tezlik hisoblagichlari harakatdagi oqimning o‘rtacha tezligini o‘lchash prinsipiga asoslangan.
Suyuqlik miqdori oqim harakati tezligi bilan quyidagi nisbat orqali bog‘langan:
Q=vo‘rt·S (1)
bu yerda, Q — hajmiy sarf m3/s; vo‘pt — oqimning o‘rtacha tezligi, m/s; S — oqimning ko‘ndalang kesim yuzi, m2.
Oqim yo‘liga o‘rnatilgan parraklarning aylanish soniga qarab asbobdan o‘tgan suyuqlik mikdorini aniqlash mumkin. Parraklar ailanishining tezligi oqim tezligiga mutanosibdir:
n=K·vo‘rt (2)
bu yerda, п - parraklarning aylanish soni, 1/s; К — asbobning geometrik hajmiga bog‘liq bo‘lgan doymiysi, m-1.
Agar (20.2) tenglamani nazarda tutsak:
(3)
Download 42.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling